#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon
NASR
4-ISHTIROKCHI
Alla bilan hamnafas qo'shiq
(Hikoya)
Vatan himoyachisi bo'lgan Azamat aka nafaqaga chiqganidan keyin faqatgina sevimli nabirasi Azizjon bilan bilan ovinardi. "Danagidan magzi shirin'', deganlaridek nabirasini yer-u ko'kka ishonmay katta qilmoqda. Kelini bilan o'g'li doim erta ketib kech kelardi. Dam olish kunlari o'z ishlari bilan bo'lib o'g'liga vaqt ham ajratmasdilar. Azamat aka har gal nabirasini uxlatish paytida "Bobo, alla aytib bering" deb Azizjon xarxasha qilardi va uni uxlatishi juda qiyin bo'lardi.
– Alla aytishni bilmayman-da, - deb bir amallab uxlatardi. Bir kuni Azizjon qattiq xarxasha qilib uxlash juda qiyin bo'ldi. Nima qilishni bilmagan Azamat aka O'zining bilgan, o'zi uchun ona allasidek qadrli bo'lgan bir qo'shiqni ayta boshladi. Qo'shiqni shunaqangi berilib aytganidan nabirasining uxlab qolganini ham sezmay qoldi. Oradan oylar, kunlar o'taverdi. Azizjon ham o'sha alla o'rnida aytilgan qo'shiq ostida katta bo'lardi.
Kunlarning birida Azamat akaning kelini bilan o'g'li chet elga ketadigan bo'lib qolishdi va Azizjonni ham olib ketishdi. Azizjon uch oy yaxshi yurdi-da , keyin kundan kunga so'lib boraverdi. Oradan bir yildan ko'p vaqt otdi. Lekin Azizjon avvalgidek sho'x bola emas, ko'zlari kulmas, bolalar bilan o'ynamas, hatto hech kim bilan gaplashmay ham qo'ydi. Qancha joylarga, tabiblarga olib bordi. Ammo foydasi bo'lmadi. Ustozlari Azizjonni zehni o'tkir, kattalardek fikrlashini sezib ko'ngilidagilarini topishga urinardi. Lekin hech narsa gapirmasdi. Bir kuni maktabdagi istedodli bolalarni aniqlash uchun tanlov o'tkazildi. Hamma bolalar o'zlari chizgan rasmlarni, sher, qo'shiqlarini aytdi. Mana tanlov so'ngida ko'ksi qo'lida bobosining osha "alla"sini ayta boshladi.Hamma qo'li ko'ksida o'rnidan turdi. Endigina birinchi sinfni tugatayotgan Azizjon bu qo'shig'ida o'zbek farzandi ekanligina namoyon qildi. Mittigina bu bolaning qoshigida bobosiga bolgan sog'inchi-yu, o'z ostonasidan boshlangan vatanga bo'lgan mehri bilan bir qatorda sog'inch azobi ham ezayotganligi sezilib turar edi. Azizjonnng qo'lidagi surat o'xshamagan bo'lsa ham bobosi Azamat aka ekanligi bilinib turardi. Azizjonning bu qo'shigi vatanining tarovatini madh qilayotgan bolsa bir tarafdan shu mittigina yurakchaning ichidagi ulkan ulkan g'am anduhlarni ko'rsatayotgan edi. Chet maktabida hammani hayratda qoldirib o'zligini va asl naslini tanitgan bu bolaning qo'shigi serquyosh O'zbekistonimizning madhiyasi edi...
✍: Botirova Go'zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

RASM CHIZISH
18-ISHTIROKCHI
🌅Muallif: San'atbekova Barchinoy,
Ogahiy ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi

5-ISHTIROKCHI
Noma'lum tuyg‘u
(Hikoya)
''Ota-ona bag'rida ulg'ayish, ularning mehrini har nafasda his qilish, "sen bilan faxrlanaman, sendan umidimiz katta, kabi so'zlarni har kuni eshitish, ular bilan yaxshi yomon hissiyotlarni bo'lishish va eng asosiysi "kimning farzandisan?" savologa otaning ismini aytib g'ururlanish, ota-onaga suyanishdan oliyroq ne'mat bo'lmasa kerak. Biroq bu shirin ne'matdan men ham totib ko'rsaydim...'' deya xayol ila qon yig'laydi Musojon. U yoshlida eshitishida va gapirishida nuqson bilan dunyoga kelgan. Ota-ona farzandi nogironligini bilgan uni mehribonlik uyiga, davlat qaramog'iga topshirishdi.
Na gapira oladi va na eshita oladi. Ammo Musojon ba'zi odamlardan farqli o'laroq mukammal va mustaqil fikirlaydi. U mehribonlik uyida mehrga zor yashar ekan davlatdan, yurtboshidan, tarbiyachilardan mehr ko'rdi. Hamisha ularga suyandi ko'ngillaridan ko'ngil, jonlaridan jon olib yashab keldi. Mana u bugun 19 yoshda. Biroq hali hamon o'sha mungli ko'zlar bir nuqtaga tikilgan, uning ko'zlari tubiga qaragan inson moviy ummonga sho'ng'ib ketadi go'yo. Oxiri va javobi yo'q savollar Musojonni hamisha o'ylashga majbur qiladi-yu har safar shu holat takrorlanishi bilan hayqirib yig'lagisi keladi. Yo'q... Endi u ota-oasini sog'inayotgani yo'q. Chunki o'z farzandidan kechgan bunday ota-ona... Musoning xayolida o'zi barpo etgan va yolg'iz o'zi yashaydigan ichki olami mavjud. Mana u yana bir shunday kunlarning birida o'z hayolotida yolg'iz o'ziga tengishli samoda yolg'iz o'zi qanot chiqarib bulutlar og'ushida uchmoqda go'yo. Uning bu hayollarini Ali akaning yoniga kelib o'tirishi buzub qo'ydi. Ali mehribonlik uyining direktori bir so'z bilan aytganda Muso otam degan mehribon inson. Ali Musoga qo'l harakatlari bilan bir nimalarni so'zlay boshladi:
– Ertaga Toshkenda katta bayram. Xohlasang seni ham o'zim bilan olib ketishim mumkin.
– Nega? – keskin savol ishorasini qildi Muso. Ali uning bu qilig'iga e'tibor bermadi. Muso oxirgi vaqtlarda biroz injiqroq bo'lib qolganini bilganligi va uning yoshida bu hol tabiiy ekanligiga yo'yib qo'ya qoldi.
– Ertaga bayram ekanligini bilasan-ku.
– Buni nima ahamiyati bor? Na madhiya ohangini eshita plaman va na unga jo'r bo'la olaman. Vatan oldidagi shu kichkina burchimni ham amalga oshirolmaydigan darajada loqayd insonman...
Ali aka Musojonni ancha tajavuskor va betoqat injiq bo'lib qolganini sezgach unga hayoti hali oldindaligini bular bari o'tkinchiligini muloyimlik bilan tushuntirsi.Va nihoyat Muso biroz tinchlandi:
– Allohning menga bergan sinovida ham bir hayr bordir-da. degandek barmoqlarini asta behol o'ynatdi. Ali uning bu ishorasini tushunib Musoga ertangi bayram uchun tayyorgarlik ko'rishni aytib jo'nab hetti. Ertasi kuni ertalabdan ular Toshkentga jo'nab ketishdi. Ertalabfan beri Muso qandaydir hayajon ostida. Ba'zan shaharga ketayotganiga suyunsa ba'zida madhiya haqida o'ylab biroz xo'rsinib qo'yardi. Bayram boshlandi. Muso va Ali old qatorlardan joy olishdi. Muso ilk bor bunday katta davrada bo'lishi edi. U odamlarni sukunat ostida kuzatar va nimanidir sezgandek boshini sarak-sarak qilib qo'yardi. Hamma o'rnida gurillab turdi. Madhiya boshlanishiga oz fursat qoldi. Muso shu ondan boshlab yana o'zini yolg'iz his qila boshladi odamlarning qilayotgan hatti harakatlari uning bo'g'ziga tiqilib nafas olishiga halaqit berayotgan edi go'yo. Uni bezovtalanganini sezgan Ali qo'lini uning yelkasiga qo'yib:
– Men sen bilanman, –
dedi. Madhiya har tomondan yangray boshlashi bilan Musoning ko'zlarida dur kabi yaltillab turgan ko' z yoshlari har tomon sochila ketdi. Shunday bir payitda uning quloqlari ostida madhiya jarang sochdi:
Ajdodlar mardona ruhi senga yor,
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon...
Madhiyaning har bir harfi unga aniq va tiniq eshitilardi. Muso madhiya jo'r ohangda uni yig'lab kuyladi. U jo'shqin kuylar ekan qalbida entik hayajon, yuragida titroq va qo'rquv, hayolida sakinat hukumron edi...

6-ISHTIROKCHI
Maqsadga aylangan "madhiya"
(Hikoya)
"Serquyosh,hur o'lkam,
Elga baxt najot..."
Nizomjon madhiyani shu darajada zavq-shavqqa to'lib aytardiki, ko'zlaridagi faxr go'yo atrofga ziyo taratayotgandek edi. Ha, yosh bolacha iftixori uyg'onib ketdi-da, bu darajada tantana bilan kuylardi.
Ikkinchi qavatdan ikki uchta o'quvchining so'lg'in ovozidan boshqa hech narsa eshitilmas edi. O'qituvchi esa o'quvchilarga o'qraygan ko'zlarini nuqtab "ayt'' degandek qilardi. Ustozining yuz bujrayishini yana qayta ko'rishni istamagan ba'zi o'quvchilar sekin oraga qo'shilishib, yana to'xtashardi. Nizomjon hali endigina birinchi sinf edi. Uning hayotidagi har bir narsa mo'jizadek tuyular edi. Hamma narsani – vazifani sidqi dildan bajarar edi. Bu ishlar Nizomjonga o'zgacha bir huzur baxsh etardi. Ha, siz bilgandek bugun juma kuni. Ya'ni O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini aytadigan sharafli kun. Madhiyani zo'rg'a aytayotgan o'quvchilar esa yuqori sinflar edi. Ha,ular har doim shunaqa. Nizomjon qalbiga bir narsani maqsad qilib qo'ygan edi: "Men hali bu sharafli qo'shiqni karatedan birinchi o'rinni olganimda jahon arenalarida aytaman" deya. Lekin u faqat karate emas, nima orqali bo'lsa ham madhiyani boshqa yurtda baland ovozda aytishni juda juda istar edi. Uning maqsadi karatedan buyuk sportchi bo'lish emas, u qo'shiqni qattiq bir iftixor bilan kuylashni xohlar edi, xolos. Yillar o'tib bu maqsadi ro'yobga aylandi. U karate sport turidan mashg'ulotlarda o'zini bor kuchini sarflardi, qattiq va tinimsiz shug'ullanardi. O'ziga-o'zi :
"Nizomjon, hamma narsani boshlanishi qiyin bo'lgan. Bu kunlardan keyin keladigan rohatni,farog'atni, baland minbarlarda o'z yurtingning madhiyasini kuylashni o'yla", deb dalda berardi. Ertaga juda muhim kun. O'zbekiston terma jamoasi ertaga soat sakkizda uchib ketishi kerak edi. Argentinada Nizomjonning karate bo'yicha musobaqasi bo'lib o'tadi. U ertalabdan masjidga borib, xudoga iltijo qildi. Uning yo'lini ochiq qilishini,qalbidagi eng buyuk istakni amalga oshirishida ko'maklashishini juda yolvorib so'radi.
Nihoyat...
Nihoyat u kutgan daqiqalar keldi. Nizomjon ko'zlarida yosh bilan, qalbida faxr, iftixor bilan tez yurib bayrog'ini ushladi va balandlarga ko'tardi, boshini tik tutib o'sha qadrli "serquyosh" ni kuyladi.Uning maqsadiga aylangan bu "madhiya" yana jo'shqin yangrar edi va dillarni xushnud aylardi:
"Oltin bu vodiylar jon o'zbekiston..."
✍: Ro‘zimatova Zarnigor,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon
NASR
6-ISHTIROKCHI
Maqsadga aylangan "madhiya"
(Hikoya)
"Serquyosh,hur o'lkam,
Elga baxt najot..."
Nizomjon madhiyani shu darajada zavq-shavqqa to'lib aytardiki, ko'zlaridagi faxr go'yo atrofga ziyo taratayotgandek edi. Ha, yosh bolacha iftixori uyg'onib ketdi-da, bu darajada tantana bilan kuylardi.
Ikkinchi qavatdan ikki uchta o'quvchining so'lg'in ovozidan boshqa hech narsa eshitilmas edi. O'qituvchi esa o'quvchilarga o'qraygan ko'zlarini nuqtab "ayt'' degandek qilardi. Ustozining yuz bujrayishini yana qayta ko'rishni istamagan ba'zi o'quvchilar sekin oraga qo'shilishib, yana to'xtashardi. Nizomjon hali endigina birinchi sinf edi. Uning hayotidagi har bir narsa mo'jizadek tuyular edi. Hamma narsani – vazifani sidqi dildan bajarar edi. Bu ishlar Nizomjonga o'zgacha bir huzur baxsh etardi. Ha, siz bilgandek bugun juma kuni. Ya'ni O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini aytadigan sharafli kun. Madhiyani zo'rg'a aytayotgan o'quvchilar esa yuqori sinflar edi. Ha,ular har doim shunaqa. Nizomjon qalbiga bir narsani maqsad qilib qo'ygan edi: "Men hali bu sharafli qo'shiqni karatedan birinchi o'rinni olganimda jahon arenalarida aytaman" deya. Lekin u faqat karate emas, nima orqali bo'lsa ham madhiyani boshqa yurtda baland ovozda aytishni juda juda istar edi. Uning maqsadi karatedan buyuk sportchi bo'lish emas, u qo'shiqni qattiq bir iftixor bilan kuylashni xohlar edi, xolos. Yillar o'tib bu maqsadi ro'yobga aylandi. U karate sport turidan mashg'ulotlarda o'zini bor kuchini sarflardi, qattiq va tinimsiz shug'ullanardi. O'ziga-o'zi :
"Nizomjon, hamma narsani boshlanishi qiyin bo'lgan. Bu kunlardan keyin keladigan rohatni,farog'atni, baland minbarlarda o'z yurtingning madhiyasini kuylashni o'yla", deb dalda berardi. Ertaga juda muhim kun. O'zbekiston terma jamoasi ertaga soat sakkizda uchib ketishi kerak edi. Argentinada Nizomjonning karate bo'yicha musobaqasi bo'lib o'tadi. U ertalabdan masjidga borib, xudoga iltijo qildi. Uning yo'lini ochiq qilishini,qalbidagi eng buyuk istakni amalga oshirishida ko'maklashishini juda yolvorib so'radi.
Nihoyat...
Nihoyat u kutgan daqiqalar keldi. Nizomjon ko'zlarida yosh bilan, qalbida faxr, iftixor bilan tez yurib bayrog'ini ushladi va balandlarga ko'tardi, boshini tik tutib o'sha qadrli "serquyosh" ni kuyladi.Uning maqsadiga aylangan bu "madhiya" yana jo'shqin yangrar edi va dillarni xushnud aylardi:
"Oltin bu vodiylar jon o'zbekiston..."
✍: Ro‘zimatova Zarnigor,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon
VIDEO ROLIK
9-ISHTIROKCHI
🎬: Reyimberdiyev Umidbek,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon
VIDEO ROLIK
9-ISHTIROKCHI
🎬: Reyimberdiyev Umidbek,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#tanlovga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon
RASM CHIZISH
19-ISHTIROKCHI
🌅Muallif: Qo'ziboyeva Zebo
Ogahiy ijod maktabining 9-"B"sinf o'quvchisi

#shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon
NAZM
20-ISHTIROKCHI
Madhiyam yangrayver yangrayver mangu,
Faxrisan sen buyuk O‘zbekistonning.
Sen biz uchun bitta muqaddas tuyg‘u,
Qalbidan sen buyuk O‘zbekistonning.
Hur vatan ishonchi arkoni o‘zing,
Har bir misrangda bor ma'noli so‘zing.
Eshitgan odamda hayrat uyg‘otar,
Bu esa sening shuhrating anglatar.
Madhiyam yangrayver yangrayver mangu,
Sen biz uchun bitta muqaddas tuyg‘u.
✍: Sa'dullayeva Sevinchoy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi

7-ISHTIROKCHI
Hurlik madhi
(Hikoya)
Yana bir kun kecha qovushdi. Tun roʻmolini oʻradi. Oy qishloqni oʻzining nurli yoʻrgagiga oʻray boshladi. Noila esa xira sham yorugʻida, derazadan atrofga nazar soladi. Vaqt daryosi oqib boryapti.
- Noila, qizalogʻim. Kech boʻldi. Yur, uxlaymiz endi.
- Yoʻq oyijon. Uyqum kelmayapti, axir.
- Ertaga vaqtli uygʻonishing kerak, qizim.
- Mm. Unda menga ertak aytib berasiz. Kecha ham aytib bermadingiz-ku. Yoʻq demang, iltimos...
Onasi noiloj rozi boʻldi. Qizini xonasi tomon asta yetakladi. Noila esa tinmasdan nimalarnidir gapirayotgandi. Onasini kun boʻyi uyda oʻtirib, juda sogʻingani koʻrinib turardi. Qizini bagʻriga bosgancha , ertakni ayta boshladi:
" - Qadim zamonlarda bir changalzor boʻlgan ekan. U changalzorda yovvoyi hayvonlar va ferma hayvonlari birga "ahil" yashasharkan. "
- Iye, oyi ular qanday qilib birga yashashi mumkin axir ?! Yovvoyi hayvonlar uy hayvonlarini yeb qoʻyishadiku...
- Qizim, sabr bilan eshitsang hammasini bilib olasan.
" - Oʻrmon yaqinida bir jannatmakon bogʻ boʻlardi. U yerda hamma uy hayvonlari ahil-inoq yashashardi. Ferma egasi ularni juda yaxshi koʻrardi. Hayvonlar uni juda yaxshi koʻrishardi. Shaharga yem-xashak olib kelish uchun tushsa, kelguniga qadar hayvonlar uni intizorlik bilan kutib oʻtirishardi. Bogʻning tomorqasida ham bir- biridan mazali, shirali noz- neʼmatlar pishib yotardi. Hayvonlarning hech biri tomorqaga oralamasdi ham. Fermer ularni hech birini bogʻlab boqmasdi. Oʻzlarini emin-erkin qoʻyib qoʻyardi. Fermer hayvonlari bilan vaqtini chogʻ oʻtkazardi. Ularga ashulalar xirgoyi qilib berar, dildan suhbat qurardi. Har xil oʻyinlar oʻylab topib, ular bilan birga oʻynardi...
Bir kuni oʻrmondan bir qancha qonxoʻr boʻri, vaxshiy ayiq va koʻzi och chiqarish kelib, fermerni nobud qilishdi. Bogʻni changalzorga aylantirib, hamma yoqni vayrona qilishdi. 2-3 ta qoʻy-qoʻzini shu kunning oʻzida yostigʻini quritishdi..."
- Voy , qanday vaxshiylik oyijon- dedi, eti seskanib ketgan Noila.
"- Fermadagi hayvonlarning hammasi in-iniga kirib ketishdi. 1-2 kun qoralarini koʻrsatishmadi. Hammasining ichiga iztirob sizdi. Yuragiga gʻulgʻula tushdi. Hamma hayvonlar madordan qolgan, ochlik va qoʻrquv sillasini quritgan edi."
- Oyijon, ular birgalikda Susambilga borishsa boʻlmasmidi?
- Qizalogʻim, ularga qolsa borishardi, lekin ixtiyor oʻzlarida emas edi. Ixtiyor oʻzlarida boʻlsa ham, bu ishga jur'atlari yetmas edi.
- Ammo negaaa?
"- Ayrim fermadagi hayvonlar bunday azob- uqubatga bardosh berolmay, dushman tarafga oʻtgan edi. Qonxoʻr beklarning ham, qoʻrquvdan dir-dir titrayotgan hayvonlarning ham sabr-toqati tugab boʻlgandi. Ular bogʻni vayron qilishdi. Hamma narsalar yeb bitirishdi. Ular oʻzlarining qingʻir maqsadlarini bayon qilishdi. Boʻlmasa ularni bir chekkadan ypq qilishini aytishdi. Irodasi zaif, qoʻrqoq hayvonlar bunga darrov rozi boʻlishdi. Ayrim hayvonlar ularga xizmat qilish evaziga oʻzlarining hayotlarini kafolatlab olishdi. Ammo quyonlar oilasi va bitta kuchukcha ularga qarshi bosh koʻtarib turaverdi. Qanday azobga duchor etmasa ham ular qarshilik qilib turaverdilar.
Kuchukcha quyon oilasini bor jahdi bilan himoya qilishga kirishgandi. Qanday xavf-hatar himoya qilishga urinardi.
Hamma holdan toygan, madordan qolgandi. Ochlik suyak-suyaklaridan ham oʻtib ketgandi. Vahshiylar bu hayvonlarni yesa ham avvalgidek lazzat ololmayotgandilar. Chunki ular ham och , bular ham och. Bularni qoʻyib , yangi manzil qidirishga kirishishgani hamonoq, ularga " oʻrmonning narigi chetida qoʻy-qoʻzilar ikki kundan beri oʻtlab yuribdi, choʻpon ham qoʻlidagi tayogʻi singari ozib-toʻzib ketganini, yoshi ham bir joyga borib qolgani" eshitib , bu vayronani tark etishni oʻylashardi. Lekin ular bu hayvonlarning ochlikdan qiynalayotganini koʻrib, rohatlanishardi. Ularni koʻrib zavq olishardi .

21-ISHTIROKCHI
Nomingni osmonga eltayin...
Qalblarda, yurakda jaranglab,
Ko'nglimga kuy bo'lib singansan.
Sevgimga qo'shilib, qorishib,
Abdulla Orifdan qolgansan.
Burxonov musiqiy kalomin,
O'zingda jo etib yastanib.
Vatanga sarlavha kabi sen,
She'r bo'lib, kuy bo'lib to‘lg‘onib.
She'r kuyning taftida yo'qolib,
Qo'shiqqa aylangan chog‘ida.
Jahonga yuz tutib yulduzlar,
Gul unar o'zbekning bog'ida.
Madhiyam,madhingni madh etib,
Mangulik satrlar bitayin.
Dunyoga ko'rsatib vasfingni,
Nomingni osmonga eltayin.
✍Qo‘ziboyev Dadaxon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon
NAZM
21-ISHTIROKCHI
Nomingni osmonga eltayin...
Qalblarda, yurakda jaranglab,
Ko'nglimga kuy bo'lib singansan.
Sevgimga qo'shilib, qorishib,
Abdulla Orifdan qolgansan.
Burxonov musiqiy kalomin,
O'zingda jo etib yastanib.
Vatanga sarlavha kabi sen,
She'r bo'lib, kuy bo'lib to‘lg‘onib.
She'r kuyning taftida yo'qolib,
Qo'shiqqa aylangan chog‘ida.
Jahonga yuz tutib yulduzlar,
Gul unar o'zbekning bog'ida.
Madhiyam,madhingni madh etib,
Mangulik satrlar bitayin.
Dunyoga ko'rsatib vasfingni,
Nomingni osmonga eltayin.
✍Qo‘ziboyev Dadaxon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Davlat_Madhiyasining_30_yilligi
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon
#Bayram_tadbiri
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan joriy yilning 9-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida "Shuhrating porlasin toki bor jahon" shiori ostida madhiyamizga bag‘ishlangan bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.
🟤 Tadbirni maktab direktori Rasulbek Raximov tabrik so‘zi bilan ochib berdilar. Maktab o‘quvchilari davlatimiz madhiyasini jonli ijro qildilar.
💬 Undan so‘ng ijodkor o‘quvchilar o‘zlarining Vatan, Madhiya, Ona yurtga atalgan she'rlardan o‘qidilar. "O‘zlikni anglash" nomli sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. Tadbir so‘ngida "Shuhrating porlasin toki bor jahon" shiori ostida e'lon qilingan tanlov g‘oliblari diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon
🇺🇿 10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!💐