Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Bahor_ilhomlari
#Ijod_zavqi
Bekat
(hikoya)
U olis safarga otlandi.Yo'lga bir nazar tashladi. Avvaliga yo'lni yayov bosdi. So'ngra bir avtobusga mindi. Avtobus odam bilan liq to'la. Har kim o'z bekatini intizorlik bilan kutardi. U haydovchiga baxt bekatida to'xtashini aytdi. Yo'lda borar ekan, oynadan termulib qolgan edi.
Odamlar birin-ketin bekatlarda tusha boshladilar. Ana insoniylik bekati, mehr bekati, keyin esa muhabbat bekati, undan so'ng oila bekati...
U har bir bekatda to'xtayotganda bekatlarni kuzatar, "Hali keyinroq kelaman, ulguraman", deb qo'yardi o'ziga. Uning bir lahzaga ko'zi ilinibdi. Hozir ochib qarasaki, avtobusda hech kim qolmabdi. U avtobus haydovchisidan:
– Baxt bekati qachon keladi? – deb so'radi.
– Baxt bekatiga borish uchun, – dedi haydovchi, – oldingi bekatlarda – mehr-oqibat, insoniylik va bir qancha bekatlarda to'xtash kerak edi. Endi kech. Biz oxirat bekatiga yetib keldik.
Avtobus so'nggi, yorug' bekat tomon yelib borardi.
✍: Masharipova Asaloy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-" B" sinf o‘quvchisi, "Nasr" to'garagi a'zosi.
Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulaning
👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

Qabrdan xabar
(Fantastik hikoya)
Qirq yoshlar atrofidagi Anna xonimning eri behosdan yo'qolib qoladi. Biroq chamasi ikki oylar o'tganidan keyin uning murdasi qandaydir laboratoriyadan topiladi. Aniqlanishicha, uning organizmiga fanga noma'lum bo'lgan virus yuqib o'lgan ekan. Ekspertlar uni tezda ust boshi bilan birga yerga ko'mib tashlashdi. Bir muddat vaqtlar o'tganidan keyin Anna xonimning telefoniga erining telefonidan smslar kela boshlaydi. Ularda bitta manzil ko'rsatilgan bo'lib qayta-qayta yuborilayotgan edi. Anna bu xabarlardan juda qo'rqib ketadi. Chunki erini ko'mishayotganida telefonini ham ko'mib yuborishgan edilar. Xabarlar narigi dunyodan yuborilayapti deb qo'rqib ketgan Anna xonim, oldin politsiyaning, so'ngra cherkovdagi rohibning huzuriga boradi. Politsiya uning arizasini asosli deb topmay, unga yordam bera olmaydi. Dinni o'ziga peshvo qilib olgan soxta rohib esa unga quyidagi so'zlarni aytdi: "Menimcha eringizni sizga aytadigan qandaydir gaplari bo'lgan, shu gapni aytolmay xali ham ruhi bezovtaga o'xshaydi". Rohibning bu gaplaridan Anna xonim xushidan ketib qoladi. Ko'zlarini ochib qarasa, hamma yoq oppoq. Hamma joyidan ignalar sanchib tashlangan. O'rnidan sal turib qarasa shifoxonada ekan. Birdan uning boshiga bir narsa urilganday telefoni yodiga tushadi. U atrofga qaragancha telefonini izlay ketadi. Bir mahal eshikdan boshiga oq do'ppi kiyib olgan, hamshira qiz kirib keladi. Hamshira undan "nima bo'ldi opa?" deb so'raydi. U "tel... tele...telefonim" deb duduqlangancha telefonini so'ray boshlaydi. Hamshira "mana telefoningiz, shuni qidirayapsizmi?" deb telefonni uzatadi. Anna barmoqlari titragan xolda uni qo'liga olib qarasa erining telefonidan 180 ta sms xabar kelgan ekan. U xabarlarni o'qimasdan oldin qo'li qaltirab telefonini yerga tushirib yuboradi. Keyin telefonini olib tashqariga yugurib ketadi. Hamshira uning ketidan "to'xtang... hali tuzalmagansiz" deya qichqirib qolaveradi. U tashqariga chiqib yon atrofga qaraydi. Birdan uning yoniga bitta sariq taksi mashinasi kelib "opa taksi kerakmi?" deb so'raydi. U "ha, ha" deb tezda mashinaga o'tiradi. Haydovchi taxminan 55 yoshlardagi erkak kishi edi. U "singlim qayerga boramiz?" deb so'raydi. Anna uy manzilini aytadi. Uyiga yetib kelsa uyning eshigi qulflangan ekan. U cho'ntagiga qo'lini tiqib kalitini oladida, eshigining qulfini ochishga harakat qiladi. U qayta-qayta burab ko'radi baribir ochilmaydi. Nima bo'lganini tushunmay turganida, yoniga bitta kampir kelib "qizim, bu uy sotilgan" deb aytadi. Anna "axir bu mening uyim-ku, nega sotiladi?" deb xavotirga tushadi. Kampir "bu uyda ancha yillardan buyon hech kim yashamayotgan edi...qizim" deb aytadi. Boshi qotib qolgan Anna hech narsa deyolmay jim qolaverdi. Keyin kampir undan nariroqqa ketib qoladi. Anna esa kimgadir qo'ng'iroq qila boshlaydi. Lekin operator bu raqam o'chirilgan deb aytadi. U kimga qo'ng'iroq qilsa ham o'chirilgan, o'chirilgan va yana o'chirilgan. Nima qilishini bilmay turgan Annaning telefoniga yana erining raqamidan xabar keladi. Unda bu safar boshqa manzil ko'rsatilgan va shu yerga keling deb aytilgan edi. U noiloj ko'rsatilgan manzilga yo'l oladi. U yerga borib qarasa qandaydir tashlandiq laboratoriyani ko'radi. Uning ichiga kirsa, chiroqlar lipillab yonib turibdi. Birdan uning qulog'iga qandaydir ovoz eshitiladi. Qo'rqayotgan bo'lsada shu ovoz tomonga qarab harakatlana boshlaydi. Yo'lakning oxiriga yaqinlashganida, u yerda qora kamzul kiygan bitta kishi orqasiga qaragancha turardi. U kishi "Anna, kelaver" deb aytadi. Anna titragan ovozda " kimsiz? Ismimni qayerdan bilasiz?" deb so'raydi. Keyin u odam orqasiga qarab "men eringning yaqin do'sti edim" deb aytadi. Anna "eringning deysizmi?" deb so'raydi. U odam esa asta bosh irg'itib qo'yadi. So'ngra Anna uning yoniga sekin yaqinlashadi. Undan "erim bilan qanday tanishsiz?" deb so'raydi.

#BAHOR_ILHOMLARI
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
DARAXT
(Hikoya)
Xushhavo bog'larning birida ajib bir daraxt bo'y cho'zib turardi. U kuchli, tanasi baquvvat, chiroyli edi. Bahorda novdalarini gullar bezardi, ko'rganlar havas bilan o'tib ketardilar. Yoz kunlari uning gavdasi egilib, atrofni soya-salqin qilib turardi. O'tgan-ketganlar uning soyasidan bahramand bo'lar, daraxt ham bundan mag'rurlanar, umuman o'z go'zalligiga maftun bo'lgan edi.
Bir kuni daraxt tanasiga razm soldi: shoxlari uzun, barglari yashil, tanasi yo'g'on. Birdan ko'ziga ildizi ko'rinib ketdi. O'ylab qarasa, uning go'zalligini faqatgina shu tomirlari buzayotgan ekan. Daraxt achchiqlanib tomirlarini qarg'ay boshlabdi.
– Bo'lmaganingiz yaxshi edi! – dedi daraxt jahl bilan. – Agar siz bo'lmaganingizda men bundanam chiroyli, ko'rkam bo'lardim!
Tomirlari bu gaplardan xafa bo'ldi. Lekin na iloj, qayerga ham keta olishardi...
Shunday kunlarning birida ikki kishi yo'ldan o'tib qolishdi. Ular ham shu ko'rkam daraxt soyasida dam olishmoqchi edi, shunda ulardan biri kelayotib daraxtning yerdan chiqib turgan tomiriga qoqilib yiqildi. Sherigi uning ustidan qah-qah otib kuldi. Haligi yiqilgan odam uchun bu o'lganning ustiga tepgan bo'ldi. G'azab ustida o'sha daraxt tomirlarini o'sha zahoti chopib tashladi. Shu bilan hovuri bosilganday bo'ldi. Ketishdi.
Daraxt esa shu kundan quriy boshladi. O'zi ishongan gul va shoxlar ham bir zumda qovjirab qoldi. Endi bu qurigan daraxt oldiga hech kim kelmay qo'ydi.
✍: Masharipova Asaloy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
DARAXT
(Hikoya)
Xushhavo bog'larning birida ajib bir daraxt bo'y cho'zib turardi. U kuchli, tanasi baquvvat, chiroyli edi. Bahorda novdalarini gullar bezardi, ko'rganlar havas bilan o'tib ketardilar. Yoz kunlari uning gavdasi egilib, atrofni soya-salqin qilib turardi. O'tgan-ketganlar uning soyasidan bahramand bo'lar, daraxt ham bundan mag'rurlanar, umuman o'z go'zalligiga maftun bo'lgan edi.
Bir kuni daraxt tanasiga razm soldi: shoxlari uzun, barglari yashil, tanasi yo'g'on. Birdan ko'ziga ildizi ko'rinib ketdi. O'ylab qarasa, uning go'zalligini faqatgina shu tomirlari buzayotgan ekan. Daraxt achchiqlanib tomirlarini qarg'ay boshlabdi.
– Bo'lmaganingiz yaxshi edi! – dedi daraxt jahl bilan. – Agar siz bo'lmaganingizda men bundanam chiroyli, ko'rkam bo'lardim!
Tomirlari bu gaplardan xafa bo'ldi. Lekin na iloj, qayerga ham keta olishardi...
Shunday kunlarning birida ikki kishi yo'ldan o'tib qolishdi. Ular ham shu ko'rkam daraxt soyasida dam olishmoqchi edi, shunda ulardan biri kelayotib daraxtning yerdan chiqib turgan tomiriga qoqilib yiqildi. Sherigi uning ustidan qah-qah otib kuldi. Haligi yiqilgan odam uchun bu o'lganning ustiga tepgan bo'ldi. G'azab ustida o'sha daraxt tomirlarini o'sha zahoti chopib tashladi. Shu bilan hovuri bosilganday bo'ldi. Ketishdi.
Daraxt esa shu kundan quriy boshladi. O'zi ishongan gul va shoxlar ham bir zumda qovjirab qoldi. Endi bu qurigan daraxt oldiga hech kim kelmay qo'ydi.
✍: Masharipova Asaloy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#BAHOR_ILHOMLARI
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
Devordagi surat
(Hikoya )
Buvim men tug'ilmasdan oldin vafot etgan. Buvam ularning ismlarini menga bergan. Buvam buvimning o'limidan qattiq ta'sirlangan, o'zgarib qolgandilar. Ovqat kam yerdilar, kam gapirardilar, uzzukun derazaga tikilib xayolga sho'ng'ib o'tirardilar.
Men juda sho'x edim, yerga ursa ko'kka sapchirdim. Bir sho'xligim tutsa uyni boshimga kiyardim, yarim tungacha tinmay uyni u burchagidan bu burchagiga borib kelardim. Dadam, oyim menga nuqul uyda tartib saqlashni buyurishardi. Lekin quloq solmasdim. Bir kuni shu o'yinqaroqligim sabab bir voqeaga guvoh bo‘lib qoldim...
Yarim tun. Dahlizdan qo'g'irchog'imni o'ynab o'tib ketayotganimda buvamning ovozini eshitdim. Asta xonasi eshigiga quloq tutdim.
– Seni qadring bilinyapti... Meniyam yoningga chaqir...
Buvam kim bilan gaplashyapti ekan? Axir telefon ishlatmasdiku? Hech kim mehmonga ham kelgani yo‘q. Kim bo'lishi mumkin?
Men eshikni tovush chiqarmasdan sekin qiya ochdim... Buvam devordagi buvimning surati bilan gaplashyotgan ekan. Ba'zi odamlar bundan kulishi mumkin. Lekin bu holat menday shaddod qizga ham kulguli tuyilmadi. Rahmim keldi...
Buvam buvimga dadam, oyimning, mening hol-ahvolimizni, hayotimizdagi o'zgarishlarni gapirib berardi. Men haqimda gapirganda, sho'xliklarimni, erkaliklarimni goh yig'lab, goh kulib aytib berardi.
– Nevaramiz xuddi seni o'zing. Senam bolaligingda shunday shaddod eding...
Negadir ko'nglim g'ashlandi, kayfiyatim tushib xonamga jo‘nadim.
O'shanda buvamni oxirgi marotaba ko'rayotgan ekanman...
✍: Mamatsolayeva Gulira'no,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o‘quvchisi

Devor
(Hikoya)
Xolida ayaning uyida bugun baxtli kun! Axir uyga chaqaloq keldi! Xolida aya sevinchi ichiga sig'may eng yaqin – ham ko'ngli, ham uyi – qo'shnisi Nurxon opaga suyunchiladi. Nurxon aya ham ichiga sig'may quvonib ketdi. Uning quvonchi Xolida ayanikidan ortiq bo‘lsa ortiq ediki kam emas edi... Shundan ham bilish mumkin ediki, bu ikki qo‘shni orasidan qil ham o‘tmas edi. O'tmas edi...
Ayni yangi chaqaloqning beshik to'yida nima bo‘ldi-yu, ikki qo‘shni adi-badiga borishdi. Bu urush nimadan chiqdi-yu ikki ahil qo'shnini, qoni qorishgan qarindoshday aziz bo'lgan insonlarni ajralaganiga tushuna olmay qoldi. Hamma hayratdan yoqa ushlab qoldi.
– ...O'zingni nabirang yo'q-da!Shunga og'ir botyaptimi to'y qilyotganim! - dedi Xolida aya.
Nurxon aya bu gapdan bir qalqib tushdi, so'ng odamlarga qaradi. Hamma unga tikilib qolgan edi. Shunda ravshan bo'ldiki, Nurxon aya shu gapgacha bo'lgan barcha haqoratu so'kinchlarni unuta olardi-yu bunisini esa aslo unuta olmasdi!
Qo'shnilar bir biriga ters qarab uylariga kirib ketishdi.
Endi bir vaqtlar oralaridan qil o'tmaydigan qo'shnilarning hovlisi orasiga baland devor tiklandi...
✍: Rahmonberganov Mirjalol,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi

YULDUZ
(Hikoya)
Ra'no har kuni osmonga yulduzlar chiqishi bilan deraza oldiga kelib, ko'kka termulib o'tirardi. Chunki onasi unga "Dadang osmonda, u bizga yulduz ko'rinishida ko'rinadi", degan edi. Shu gapni eshitganidan buyon osmonu falakda yulduzlar charaqlay boshlashi bilan deraza oldida o'tirib olar, yulduzlar orasidan otasini izlardi...
Bugun ham yulduzlar chiqishi bilan deraza oldiga yugurib keldi. Ko'kka termulib o'tirdi. Xonaga onasi kirdi. Ra'noning yoniga o'tirib sochlarini siladi:
– Uxlamaysanmi, qizim?
– Yo'q, dadamni topolmayapman...
– Yaxshilab qarasang topasan. Eng porloq yulduz dadang bo'ladi.
– Hamma yulduzlar porloq-ku!
Oraga sukunat cho'kdi. Ra'no oyisiga ustma-ust savol bera boshladi.
– Oyi, dadam nega bizni tashlab ketgan?
– Dadang Allohga kerak bo'lgan. Shuning uchun yoniga chaqirib olgan.
Ra'no savol beraverdi:
– Biz Allohga kerakmaymizmi? Dadam Allohga nega kerak bo'lgan?
Onasining ko'zi namlandi. Qizini bag'riga bosdi. Ra'no bo'lsa hanuz savollariga javob kutardi...
✍: Azimboyeva Madinabonu,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A"sinf o‘quvchisi

YO‘LDA
(Hikoya)
Bolaligimda qishloqda yashar edik. Qishloq havosi toza. Lekin yo'llari o'nqir-cho'nqir, g'adir-g'udur edi.
Bir kuni onam bilan ketayotganimda notekis yo'lda yiqilib tushdim, oyog'im jarohatlandi. Onam darhol ustimga kelib oyog'imni dastro'moli bilan bog'ladi.
– Oyi, bu yo'llar buncha notekis!
Onam kulib qo'ydi:
– Bu yo'llar hayot kabidir. Uni ravon qilish o'z qo'lingda...
Onamning o'sha gapi quloqlarimga o'rnashib oldi.
✍: Yo'ldosheva Dilrabo,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-B sinf o‘quvchisi

Yomg'ir
Tomchilar ko'rinmas durga o'xshaydi,
Bulutlar bir ulkan tog'ga o'xshaydi.
Baxtim bormi deya yursang so‘roqlab,
Yomg'ir - dard yakuni yo'qqa o'xshaydi.
Tilingni tishlagin, boshingni qashi,
"Holatdan" ko'nglimning keladi g'ashi.
Negadir cho'zilib ketdi tugashi,
Yomg'ir-dard yakuni yo'qqa o'xshaydi.
Bag'rimni bevafo uchun tig'lasam,
Arziydi dod solib to'yib yig'lasam.
Dardimga sherikdek yog'ar, bilmasam,
Yomg'ir-dard yakuni yo'qqa o'xshaydi.
Martning nihoyasi aprelning boshi,
Hamrohim tabiat, borliq yo‘ldoshim.
Qachondir tugaydi ko'zimning yoshi,
Yomg'ir-dard yakuni yo'qqa o'xshaydi.
✍: Ro‘zmatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

#bahor_ilhomlari
#ijod_zavqi
***
Quyosh, sening nurlaring erka,
Bahor, sening taftingni sezdim.
Kuy uyg'onar – egizdir senga,
Vujudimda iliqlik kezdi.
Odamlarning shodligi ortiq,
Bahor, sening mehringdandir bu.
Go‘zal gullar qilding-ku tortiq,
Sening ajib sehringdandir bu.
Gulday qizlar charx urar xandon,
Yigitlarning ko'zlari quvnar.
Bu go'zallik qilar aql lol,
Toza baxtlar qalblarni chulg'ar.
Kamol topar ezgu niyatlar,
Ezgu so'zlar, ezgu amallar.
Bu qadim yurt bahorday totlig'
Uni sevar qutlug‘ odamlar.
✍: Jumanazar Yo‘ldosh,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Nasr" to‘garagi rahbari
Bizning telegram kanalimiz:

Audio
#BAHOR_ILHOMLARI
❗️Quyida siz insonni mulohaza qilishga chorlovchi "Bekat" nomli hikoyaning matn ko'rinishini o‘qishingiz (https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi/23583) va audio shaklini eshitib ko'rishingiz mumkin.
✍: Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi Masharipova Asaloy
🎙: "Nasr" to‘garaki rahbari Jumanazar Yo‘ldosh
😊 Bizni shunday serqirra ustozlarimiz bor.

#Nazm
Bahor kuychisi
Ishq, vafo, sadoqat bòldi shiori,
Ayolga shu boʻlar aslida bezak.
Yolgʻiz tashlab ketsa ham yori,
Uning uchun umr oʻtkazdi beshak.
Fasli bahor kelar, oʻrik gullaydi,
Navbahor tiriklikka baxsh etadi jon.
Zulfiyaxonim intiq qoʻmsaydi,
Yorqin xotirada yashar Olimjon.
Ishq uchun dunyoga keladi inson,
Mehr deb yashamoq, sevilmoq hayot.
Muhabbatdan joʻshib kuyladi har on,
Ardoqlab yashadi ezsa-da hijron.
Yana bahor kelar, yana qor erib,
Fasllar oʻtadi birma-bir, takror.
Yana qalblar sheʼrni qoʻmsaydi bugun
Zulfiyaxonim bilan boshlanar bahor.
✍: Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

BAHORGA ALYOR
Bahor, sening kelganing rostmi?
Boshqachadir tongning sururi.
Zamin uzra taralgan ifor,
Boshqachadir yurak huzuri.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Bo‘lib masrur baxtga belanchak.
Seni intiq kutgan dillarda,
Ko'ngillarda gul ochsin chechak.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Nega ketding buncha hayallab.
Ag‘yorlaring qishmidi, yozmi?
Yo qadringni sezding ataylab.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Og'ir izlar qoldi ortimda.
Unutaylik kelgin barini,
O‘chsin sitam damlar yodimdan.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Yo‘qolmasin dillarning shahdi,
Tugamasin illo hech qachon.
Yashash ishqi, yashamoq zavqi
Bahor, sening kelganing rostmi?
01.03.2023
® Xorun Muso,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi

Izhori dil
Tun. Quyoshdan ayro damlarim,
Sog'inch sathi yo'q dengiz misol.
Sening o'rning bosolmas hech kim,
Na yuluduzlar, na ko'kda hilol.
Nurlaring-la erkala meni,
Toki qalbda alanga yonsin.
Yo'lingni to'smasin bulutlar,
Zulmat shulalaringdan so'nsin.
Tog' ortiga yashirma yuzing,
Ko'ngil gulzorlarin gul-gun et.
Eng avvalo mening qalbimga,
Umid niholini ekib ket.
Nigoh tashlasam unga har tun,
Umid bersin ertanggi kunga.
Sog'inchlarni chekkaga surib,
Sen haqingda so'ylasin menga.
Tun. Quyoshdan ayro damlarim,
Sog'inch davosi yo'q dard misol.
Sening o'rning bosolmas hech kim,
Ketma, har doim men bilan qol.
✍: Karimova Sarvara,
Ogahiy ijod maktabining 8-,,A" sinf o'quvchisi

#Nasr
Uzoq umr ko'rgan kapalak
(Hikoya)
Kapalaklar bir kun umr ko'radi degan gapni hamma eshitgan bo'lsa kerak. Aslida, ular tuxum qo'yganidan keyin bir kun yashashadi. Qurtlik paytlaridan g'umbak yasab, kapalak bo'lgunlariga qadar ham bir muddat hayot kechirishadi. Lekin kapalakka aylanganlaridan keyin lichinka (tuxum) qo'yib, bir kundan keyin o'lishadi. Falakning gardishi bilan bir kapalak buni bilib qoldi. U tuxum qo'yib o'lib ketgandan ko'ra, tuxum qo'ymay bir umr yashaganim yaxshi deb o'yladi. Chindan ham agar biror-bir tashqi ta'sir uning yashashiga to'g'anoq bo'lmasa, u yashayverardi. Shunday qilib u ko'p vaqtlar umr ko'rdi, kundan kunga, oydan oyga kattalashib boraverdi. Shu bilan birga u qarib, holdan toyib ham borayotgan edi. Har kuni yangi, mitti, kapalak qurtchalarining tuxumlarini yorib chiqishlarini ko'rdi. Buni hali hech bir kapalak ko'rmagan edi (chunki ular tuxumni qo'yib o'lib ketishar edida). Har tongda quyoshga qarab, tunda yulduzlar sanab hayot kechiraverdi. Biroq uni vaqt o'rgimchak to'riga o'rab yemoqchidek beayon qaritardi. Bahorda gullar iforiga mast bo'lib yuraverdi. Bu dunyoning gullari uni o'ziga shu darajada rom etib olgandiki, u oldinda qish borligini sezmasdi. Shu tariqa qish yetib keldi. Biroq gullarni qishdan ham qizg'anib sevadigan kapalak, ulardan osonlikcha voz kechib ketishni xohlamasdi. U bazo'r qishdan chiqib yana bahorga yetdi. Lekin qanotlaridan ayrilgan edi. U yana yangi qurtchalarning tuxumdan yorib chiqishlarini, onalarining bir kun bo'lsada baxtli hayot kechirishlarini, eng muhimi, o'zlaridan zurriyod qoldirib ketishayotganini ko'rib hasad qildi. Bir o'zining, bir ularning ahvoliga qarab aziyat chekdi. U bunday umrdan ko'ra o'lim afzal deb o'yladi. Va o'zini o'rgimchakning to'riga tashladi. Ammo uning kattaligidan, semizligidan o'rgimchakning to'rlari ham uzilib ketdi. U " meni hatto ajal ham qabul qilmadi", - deya faryod chekdi. So'ngra o'zini daryoga tashlab parcha-parcha bo'lganicha daryoning ko'piklariga qo'shilib oqib ketdi...
✍: Qo'ziboyev Dadaxon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Nasr
Uzoq umr ko'rgan kapalak
(Hikoya)
Kapalaklar bir kun umr ko'radi degan gapni hamma eshitgan bo'lsa kerak. Aslida, ular tuxum qo'yganidan keyin bir kun yashashadi. Qurtlik paytlaridan g'umbak yasab, kapalak bo'lgunlariga qadar ham bir muddat hayot kechirishadi. Lekin kapalakka aylanganlaridan keyin lichinka (tuxum) qo'yib, bir kundan keyin o'lishadi. Falakning gardishi bilan bir kapalak buni bilib qoldi. U tuxum qo'yib o'lib ketgandan ko'ra, tuxum qo'ymay bir umr yashaganim yaxshi deb o'yladi. Chindan ham agar biror-bir tashqi ta'sir uning yashashiga to'g'anoq bo'lmasa, u yashayverardi. Shunday qilib u ko'p vaqtlar umr ko'rdi, kundan kunga, oydan oyga kattalashib boraverdi. Shu bilan birga u qarib, holdan toyib ham borayotgan edi. Har kuni yangi, mitti, kapalak qurtchalarining tuxumlarini yorib chiqishlarini ko'rdi. Buni hali hech bir kapalak ko'rmagan edi (chunki ular tuxumni qo'yib o'lib ketishar edida). Har tongda quyoshga qarab, tunda yulduzlar sanab hayot kechiraverdi. Biroq uni vaqt o'rgimchak to'riga o'rab yemoqchidek beayon qaritardi. Bahorda gullar iforiga mast bo'lib yuraverdi. Bu dunyoning gullari uni o'ziga shu darajada rom etib olgandiki, u oldinda qish borligini sezmasdi. Shu tariqa qish yetib keldi. Biroq gullarni qishdan ham qizg'anib sevadigan kapalak, ulardan osonlikcha voz kechib ketishni xohlamasdi. U bazo'r qishdan chiqib yana bahorga yetdi. Lekin qanotlaridan ayrilgan edi. U yana yangi qurtchalarning tuxumdan yorib chiqishlarini, onalarining bir kun bo'lsada baxtli hayot kechirishlarini, eng muhimi, o'zlaridan zurriyod qoldirib ketishayotganini ko'rib hasad qildi. Bir o'zining, bir ularning ahvoliga qarab aziyat chekdi. U bunday umrdan ko'ra o'lim afzal deb o'yladi. Va o'zini o'rgimchakning to'riga tashladi. Ammo uning kattaligidan, semizligidan o'rgimchakning to'rlari ham uzilib ketdi. U " meni hatto ajal ham qabul qilmadi", - deya faryod chekdi. So'ngra o'zini daryoga tashlab parcha-parcha bo'lganicha daryoning ko'piklariga qo'shilib oqib ketdi...
✍: Qo'ziboyev Dadaxon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Bahor_ilhomlari
#Nasr
Sukutlar maskani
(Barchasi real voqeaga asoslangan hikoya)
Atrof jim-jit. Osmondan g'ira-shira daraxtlar orasidan tushayotgan quyosh nurlari qabrlar ustini qizdiryapti. Ba'zida "qarrrr" etgan qarg'a ovozini inobatga olmaganda, bu yerni "Sukutlar maskani" desa bo'ladi. Birdan bu sukutni qanaqadir yig'i aralash, chamamda kichkina qizaloqning ovozi, to'g'rirog'i u aytayotgan qo'shig'i buzdi:
-Bobojonim, Buvijonim,
Otajonim, onajonim.
Mana keldim oldingizga,
Azizlarim, jonajonim...
Nazarimda, o'n-o'n besh yoshlar atrofidagi bu qizaloqning qabrlarga bir-bir suykalanib qo'shiq aytishi kishini o'ylar girdobida aylantirib, ruhini bezovtalik iskanjasida qoviradi. "Bu o'zi kimning qizi? Nega yosh holiga qabristonda yuribdi. Ota-onasi yo'qmikan?",-degan savollar menga tinchlik bermasdi. Yoniga borib so'radim.
-Hoy,qizcha, isming nima?
U menga qaragancha bir alfozda o'tirar, qarashlari xuddi katta insonning nigohiga o'xshardi. Shunda u birdan yo'g'on ovozda:
-Ismim Sevinch, nima edi? - deb so'radi. Men ham unga:
-Isming juda chiroyli ekan, kimning qizisan? - deb aytdim. U ham shartta
-Xudoning, - dedi.
Men uning bu gapidan ota-onasi yo'qligini angladim. Lekin u quchoqlab qo'shiq aytayotgan qabrlar soni to'rtta edi. Qo'shig'idan qolgab ikkitasi bobosi va buvisiniki ekanligini tushundim. Biroq uning opasi yoki akasi, qarindosh-urug'lari yo'qmikan deb o'ylanib qoldim. Axir kimdiri bo'lsa, u bu yerda yolg'iz yurarmidi?
Keyinchalik u qizcha haqida barchasini bilib oldim. Uning uyi qabristonga yaqin, hattoki, yonginasida bo'lib, bobosi o'sha qabristonning mullasi, dadasi esa oddiy quruvchi ekan. Bir kuni buvisi vafot etibdi. Uning dog'ida kuygan bobosi ham bir oydan so'ng bu olamni tark etibdi. Bobosi va buvisining mozori qurimasdan ikki oy o'tib onasi ham o'simtaga chalinib qazo qilibdi. Bir yilda uchta yaqinidan ayrilgan bu qizchani taqdir ayamabdi. O'sha yili ajal endi uning dadasini ham olib ketibdi. U aqli sal nosozroq yigirma yasharlik akasi, o'n sakkiz yoshlik opasi va dadasi tirikligida turmush qurgan o'gay onasi, uning ketida kelgan besh yasharlik bolasi bilan qolibdi. Uning murg'ak qalbiga bu to'rtta o'lim nayza sanchib olgan, endi unga hayotdan ma'ni qolmagan edi. Xolbuki, u hali yosh qizaloq bo'lsa... Oradan bir yil o'tib uning opasini erga berishibdi. Akasini ham bir muddatdan keyin uylantirishibdi. Akasining nosog'lom bo'lganligi, opasining erga teggani, o'gay onasi uy ishlari bilan band bo'lishi natijasida uni hech kim esiga ham olmas ekan. Shu tufayli u har kuni qabristonda, to'rtta qabrga suyangancha qo'shiq aytib o'tiraverar ekan.
Yetimlarni hayot erta ulg'aytiradi. Chunki ularning bolaligini ko'taradigan, xatolarini kechiradigan, kimdir xafa qilsa tarafini oladigan ota-onalari bo'lmaydi. Bu qizchaning ham taqdiri shunday edi. Uning ko'zlarida yillar qotirib qo'ygan yosh, lablarida hayot yovuzliklaridan titroq, yuragida og'ir bir firoq yotardi. Men unga nima qilib yordam bera olishimni, u uchun qo'limdan nima kelishini bilmasdim. Qalbimda uning qo'shig'i ich-ichimni tilka pora qilib jaranglardi.
- Bobojonim, Buvijonim,

YO'L
(Hikoya)
Qiz bekatda taksi kutib turardi. Juda shoshilib, sabrsizlik bilan. Shu payt bitta kichkina, sal eskirgan mashina kelib to'xtadi. Qiz uni mensimay turib so'radi:
- Porloq kelajak, sevgi uyiga o'tasizmi?
- Ha, o'qish yo'lidan o'taman singlim.
- Yo'q rahmat o'qish yo'li g'adir-budir.
Mashina ketib qoldi. Undan so'ng yana bir kichik chang bosgan mashina keldi. Qiz undan jirkanib, yuzini ters burib so'radi:

- Ha o'taman singlim kasb-hunar yo'lidan o'taman.
- Yo'q, yo'q, yo'q! Rahmat hunar yo'lida chang ko'p, buni ustiga yo'li o'nqir-cho'nqir.
U yana ko'p kutdi. Shu payt uzoqdan bir mashina ko'rindi. U katta, chiroyli naqshlar berilgan, baland mashina edi. Mashina qizning oldiga kelib to'xtadi. Qiz:
- Porloq kelajak, sevgi uyiga o'tasizmi? - dedi sochlarini to'g'irlay turib.
Shunda yigit kulib dedi.
- O'tiring, to'g'ri o'sha yerga boramiz.
Qiz uyalib yerga qaradi so'ng mashinaga o'tirdi.
Ular tep-tekis yo'ldan, shirin suhbat qurib ketishardi. Qiz juda xursand ,,Endi tekis yo'ldan yurib, osongina baxtimga erishaman" deb o'ylardi xayolida. Birdan oldlaridagi tekis yo'l qiyshiq yo'lga aylanib qoldi, toshlar ko'payib mashina yurmay qoldi. Ular qancha harakat qilishmasin mashina joyidan qo'zg'almadi. Shunda yigit qizni mashinadan tushirib dedi:
- Endi bu yo'ldan borolmaymiz. Kech bo'ldi oldimizda bitta yo'l qoldi. Bu musofirlik yo'li, undan yayov ketamiz.
✍: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Nasr
YO'L
(Hikoya)
Qiz bekatda taksi kutib turardi. Juda shoshilib, sabrsizlik bilan. Shu payt bitta kichkina, sal eskirgan mashina kelib to'xtadi. Qiz uni mensimay turib so'radi:
- Porloq kelajak, sevgi uyiga o'tasizmi?
- Ha, o'qish yo'lidan o'taman singlim.
- Yo'q rahmat o'qish yo'li g'adir-budir.
Mashina ketib qoldi. Undan so'ng yana bir kichik chang bosgan mashina keldi. Qiz undan jirkanib, yuzini ters burib so'radi:
- Porloq kelajak, sevgi uyiga o'tasizmi?
- Ha o'taman singlim kasb-hunar yo'lidan o'taman.
- Yo'q, yo'q, yo'q! Rahmat hunar yo'lida chang ko'p, buni ustiga yo'li o'nqir-cho'nqir.
U yana ko'p kutdi. Shu payt uzoqdan bir mashina ko'rindi. U katta, chiroyli naqshlar berilgan, baland mashina edi. Mashina qizning oldiga kelib to'xtadi. Qiz:
- Porloq kelajak, sevgi uyiga o'tasizmi? - dedi sochlarini to'g'irlay turib.
Shunda yigit kulib dedi.
- O'tiring, to'g'ri o'sha yerga boramiz.
Qiz uyalib yerga qaradi so'ng mashinaga o'tirdi.
Ular tep-tekis yo'ldan, shirin suhbat qurib ketishardi. Qiz juda xursand ,,Endi tekis yo'ldan yurib, osongina baxtimga erishaman" deb o'ylardi xayolida. Birdan oldlaridagi tekis yo'l qiyshiq yo'lga aylanib qoldi, toshlar ko'payib mashina yurmay qoldi. Ular qancha harakat qilishmasin mashina joyidan qo'zg'almadi. Shunda yigit qizni mashinadan tushirib dedi:
- Endi bu yo'ldan borolmaymiz. Kech bo'ldi oldimizda bitta yo'l qoldi. Bu musofirlik yo'li, undan yayov ketamiz.
✍: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
#Bahor_ilhomlari
#Nazm
BAHORGA ALYOR
Bahor, sening kelganing rostmi?
Boshqachadir tongning sururi.
Zamin uzra taralgan ifor,
Boshqachadir yurak huzuri.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Bo‘lib masrur baxtga belanchak.
Seni intiq kutgan dillarda,
Ko'ngillarda gul ochsin chechak.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Nega ketding buncha hayallab.
Ag‘yorlaring qishmidi, yozmi?
Yo qadringni sezding ataylab.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Og'ir izlar qoldi ortimda.
Unutaylik kelgin barini,
O‘chsin sitam damlar yodimdan.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Yo‘qolmasin dillarning shahdi,
Tugamasin illo hech qachon.
Yashash ishqi, yashamoq zavqi
Bahor, sening kelganing rostmi?
® Xorun Muso,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Nazm
BAHORGA ALYOR
Bahor, sening kelganing rostmi?
Boshqachadir tongning sururi.
Zamin uzra taralgan ifor,
Boshqachadir yurak huzuri.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Bo‘lib masrur baxtga belanchak.
Seni intiq kutgan dillarda,
Ko'ngillarda gul ochsin chechak.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Nega ketding buncha hayallab.
Ag‘yorlaring qishmidi, yozmi?
Yo qadringni sezding ataylab.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Og'ir izlar qoldi ortimda.
Unutaylik kelgin barini,
O‘chsin sitam damlar yodimdan.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Yo‘qolmasin dillarning shahdi,
Tugamasin illo hech qachon.
Yashash ishqi, yashamoq zavqi
Bahor, sening kelganing rostmi?
® Xorun Muso,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Bahor_ilhomlari
#Bizning_ijod
Bahorning ilk kuni
muborak bo'lsin
🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸
Bugun o'zgacha kun yuragim sezar,
Kelayotgan gul bahor atrofni bezar.
Nafis bir shabboda olamni kezar.
Bahorning ilk kuni muborak do'stim.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Qizlar lov-lov yonib yurar adrasda.
Qoshlarida o'sma-yu qo'lda guldasta,
Jumla-i jahon ham bezanar asta,
Bahorning ilk kuni muborak bo'lsin
🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺
✍Maxsudbekova Faroxat, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o'quvchisi.
Bizni kuzatishda davom eting
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

🌷☘️BAHOR TAROVATI
Chaman ichra kezardim shodon,
Bogʻ oralab, gulzor oralab.
Qalbda kechdi oʻzgacha tugʻyon,
Chizay buni qogʻoz qoralab.
Goh tegramda chugʻurlar qushlar,
Ulasharlar mayin, shoʼx navo.
Kapalaklar oʻgʻirlar hushim,
Jilvasiga etib mahliyo.
Chor-atrofda muattar ifor,
Dimogʻimni qitiqlar asta.
Ona yerdan taraldi xush boʻy,
Bulut yoshin toʻkkan birpasda.
Kamalakning goʻzal jilosi,
Hayratimni oshirar, ey voh.
Buni qanday chizay, doʻstlarim,
Koʻrib koʻzlar ololmas nigoh.
Bu olamning moʻjizalari,
Nihoyasiz - goʻyoki cheksiz.
Taʼriflarin etolmay bayon
Qalam ojiz, soʻzlar ham ojiz!
✍ Muhabbat Jumaniyazova, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi
Bizni kuzatishda davom eting
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|