Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.51K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Publisistika

Barhayot Ogahiy


Katta tarixga ega boʻlgan Xorazmning Xiva shahrida Ichan qalʼaga yaqin boʻlgan Qiyot qishlogʻida (hozirgi Ogahiy nomli jamoa xoʻjaligi) bugungi kunda koʻplab ishlar olib borilmoqda.
Bu maskan bizlarga tanish 2-Navoiy boʻlmish Ogahiy tugʻilgan makon. Ogahiy 1809- yilning 17-dekabr sanasida tugʻilgan. Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy - XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri boʻlib, Navoiydan keyin eng "koʻp" va "xoʻp" sheʼr bitgan shoirlardandir. Otasi Erniyozbek vafotidan soʻng, Ogahiyni amakisi boʻlmish Munis oʻz tarbiyasiga oladi. Ogahiy, birinchi taʼlimni ham amakisidan oladi. Keyinchalik Xiva madrasalarida tahsil koʻradi. Munis vafotidan soʻng Xiva xoni Olloqulixon (1825- 1842) Ogahiyni miroblik vazifasiga tayinlaydi. U lavozim vazifalari yuzasidan koʻp joylarga boradi. Dehqonlarning, hunarmandlarning ogʻir ahvollariga guvoh boʻladi va Ogahiyga bu hol qattiq taʼsir koʻrsatadi. Uning maktab chogʻlarida bayoz tuzganligi har bir oʻquvchi yuragida katta taassurot uygʻotadi. Ogahiy hayotini oʻrganish jarayonida, uning dunyoga, insonga tuganmas muhabbat, hayotga cheksiz mehr bilan qarashi, ijtimoiy jarayonlarga qattiq qiziqishini bilib olamiz.
Sobiq sovetlar davrida Ogahiy hayoti kam o'rganilgan mavzulardan biri bo'lib, uning adabiy merosiga haqqoniy baho berilmadi. Shu sababli ham Ogahiyning betakror xazinasidan xalqimiz to'liq bahra olish imkoniyatidan mosuvo edi. Bu katta eʼtiborsizliklar natijasida Ogahiy deyarli unutilayozgandi. Shu sababli ham koʻpchilik shoir-yozuvchilar,  jumladan Matnazar Abdulhakim Ogahiy ijodini o'rganish va targ'ib qilishda oʻzlarining beqiyos hissalarini qoʻshdilar.
Buyuk bobomiz yashagan maskan hozirda uy-muzeyga aylangan. Shuningdek, hududda Ogahiy nomidagi ijod  maktabi ham ochildi. Bu maktabda oʻquvchilar uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.


: Rustamova Sabrina,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf oʻquvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ogahiy_bobomiz_213_yoshda
#Publisistika

    IKKINCHI NAVOIY
Ogahiy bobomizning tarixini titkilasak undan buyuk bir hayot kechinmasini topishimiz aniq. Ogahiy bobomiz 1809-yil 17-dekabr kuni tarixga boy Xiva shahri yaqinidagi  Qiyot qishlogʻida mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasasida tahsil oladi. Arab, fors va turk tillarini mukammal darajada oʻrganadi. Xorazmning buyuk adabiyotshunoslari suhbatida ishtirok etadi va oʻz bilimini yanada mustahkamlab oladi va boyitadi. U oʻz davrida mohir shoir, tarixnavis sifatida e'zoz topadi. Ogahiy bobomiz yuksak zehnli, ilmga chanqoq va kamtarin boʻlgani uchun uni hukmdor Olloqulixon amakisi Munisning o'rniga mirob etib tayinlaydi. Uning ''Ustina,, radifli gʻazali oʻz davrining yuksak mahorat bilan yozilgan gʻazallaridan biri edi. Ogahiy bobomiz oʻz gʻazallarining chuqur mazmuniy ifodasini ramziy timsollar orqali aks ettirgan. Ogahiy bobomiz nafaqat  gʻazalnavis, balki mohir tarjimon ham bo'lgan. Uni adabiyotda ijodining ko'lami jihatidan ''Ikkinchi Navoiy,, sifatida qadrlaymiz, e'zozlaymiz. Hozirda Ogahiy bobomiz nomi ostida ijod maktabi barpo etilgan, istiqomat qilgan uyi esa uy muzeyiga aylantirilgan. Xulosa o‘rnida shuni aytishim lozimki, biz yoshlar Ogahiy bobomizga munosib izdosh bo'lib, uning nomini dunyoga tanitishimiz lozim.

: Tòliboyeva Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf òquvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|