Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.6K photos
2.45K videos
311 files
7.63K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KATTA_TANAFFUS
#JARAYON

🔰 Noyabr oyining 14-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida kechki ovqat paytida "KATTA TANAFFUS" loyihasi doirasida O‘zbek va jahon klassik asarlar bisotidan kompozitor Rustam Abdullayev hayoti va faoliyati haqida o‘qib berildi.

🎶 Kompozitor, dirijyor tomonidan bastalangan musiqa o‘quvchilarga qo‘yib eshittirildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlovga
#kuz_ilhomlari

NAZM
4-ISHTIROKCHI


Kuz faslim - oltin faslim

Burkanib gul-gun ranga,
Oʻlkamizda kuz fasli.
Shohlarda tillo tanga,
Goʻzallikka boy asli.

Daraxtlar-u maysalar,
Kiyishgan oltin libos.
Zar kiyimga burkanish,
Oltin kuz fasliga mos.

Oʻz oʻrnini shoshilib,
Kuz fasliga berdi yoz.
Ğarq pishti meva-donlar,
Omborlar ham toʻkin soz.

Janub uchar barcha qush,
Xoʻsh-xoʻshlab qanot qoqar.
Qarğalar qilib olqish,
Bizlar keldik, deb boqar.

Tabiat qilib tortiq,
Xazondan toʻshar gilam.
Oʻzgarar butun borliq,
Sukutga choʻkar olam.

: Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o‘quvchisi



Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muqaddasdir_vatan_bayrogʻi

NAZM
1-ISHTIROKCHI


Oʻzbekiston bayrogʻi

Magʻrur turgay qoʻlimda,
Diyorimiz bayrogʻi.
Asragaymiz biz seni,
Oʻzbekiston bayrogʻi.

Jilolansin ranglari
Musaffo koʻm-koʻk osmon
Yam-yashil maysazorlar
Yashnagay borki jahon

Tomirlarda oqqan qon
Qizil rangda namoyon
Oq rang soflik va tinchlik
Baxtiyor barcha inson

Mayin shamol esganda
Hilpira, bizda imkon
Avlodlar qoidadir
Muzaffar OʻZBEKISTON

: Shomuratova Shirinoy,
Ogahiy ijod maktabining 8"B"-sinf oʻquvchisi


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ertalabki_badantarbiya
#Jarayon

🍂 Kuzning ajoyib kunlari! O'quvchilar tetik, ko'tarinki kayfiyatda kunni qarshi oldilar! Ertalabki badantarbiya ularga kuch bag'ishlaydi.

💪 Sog' tanda - sog'lom aql, deb bejiz aytishmagan. Bizning o‘quvchilar dars mashg'ulotlari oldidan bunga alohida e'tibor qaratishadi.

Ertalabki badantarbiya mashg'ulotidan foto lavhalar.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#tanlovga
#kuz_ilhomlari

NAZM
5-ISHTIROKCHI


"KUZGI OQSHOMLAR"

Yurak birdan entikib ketar
Izxorlarim qalblarga yetar.
Qayg'ularim biroz tark etar
Kuzning salqin oqshomlarida.

Mayin yelning sho'xchan ovozi
Qushlar uchar, baland parvozi.
Muhabbat ham ko'ngildan rozi
Kuzning salqin oqshomlarida.

Gul ifori mast qilar o'zga
Tashxis uchun muhtojman so'zga.
Oy shulasi ko'rinar ko'zga
Kuzning salqin oqshomlarida.

Goho yog'ar shivirlab yomg'ir
Bu kuz uchun bitilgan taqdir.
Yomg'ir kuyin kuylagan haqdir
Kuzning salqin oqshomlarida.

Sayr etmoqlik bo'lar muddao
Dardlar ketsin bo'lmay beda'vo.
Tabiat ham berar aks-sado
Kuzning salqin oqshomlarida.

O'z-o'zimni qilaman taftish
Yoz tugadi olmadim olqish.
Ortib ketar ijodga xohish
Kuzning salqin oqshomlarida.

Sabr degan taomim tayyor
Baxtim uchun sabablar bisyor.
Bo'y qizlarga aytilar yor-yor
Kuzning salqin oqshomlarida.

Maftunkordir sarg'aygan xazon
Barglar  ila boshlanar to'zon.
Daraxtlar ham jilmayar shodon
Kuzning salqin oqshomlarida.

Yurak birdan entikib ketar
Umidlar ham samoga yetar.
Yana bir yosh bizni tark etar
Kuzning yangi oqshomlarida

: Ro'zmatova Mohinur,
Ogahiy ijod maktabining 8-"B"sinf o'quvchisi


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Tavfiq" so‘zining maʼnosini bilasizmi?


📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#OAV_biz_haqimizda

🌈"XIVA TONGI" gazetasining 2022-yil 12-noyabrdagi sonida "ISTE'DOD G'UNCHALARI TUHFASI" nomi bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabida bo'lib o'tgan yangi kitoblar taqdimotidagi "Ogahiy izdoshlari" jamoaviy to'plami va yosh iqtidor egasi Dilrabo Yo'ldoshevaning "El aziz, inson aziz" kitobi haqida maqola chop etildi.

🌐Bizni kuzatib boring:

@piima_xorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlovga
#kuz_ilhomlari

NAZM
6-ISHTIROKCHI

🍂🍂🍂🍂🍂🍂

Bahor kurtak ochgan daraxtlar qani,
Qani yoz paytdagi ajib goʻzallik?!
Soʻnggi iddaoni sezgani holda,
Daraxt bargining koʻnglida hadik.

Ogʻir qadamlar-la kirib kelar kuz
Va chizar oʻzining oltin surʼatin.
Eng soʻnggi umidin uzgan yaproqlar
Tavallolar aytib toʻkar jurʼatin.

Misli xayol kabi darbadar shamol,
Toʻzgʻitar kuzakning xazonlarini.
Samoning marjonday oqib koʻzyoshi,
Tindirar zaminning toʻzonlarini.

Shul yoʻsin tabiat bagʻriga kirib,
Hukmini oʻtkazar xazonrez fasli.
Kuz, sen eng ajib va goʻzal toʻkilish,
Sen qalami oʻtkir rassomsan asli.
Sen qalami oʻtkir rassomsan asli.

Ogʻir qadamlar-la kirib kelar kuz...

: Hilola Jumanazarova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi


OGAHIY nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlovga
#kuz_ilhomlari

NAZM
7-ISHTIROKCHI

KUZ


Daraxtlarning shuvullashidan,
Yorishadi, yayrab ketar dil.
Shabadaning mayin esishi,
Orom topar kuzda bu ko‘ngil.

Yaproqlarda o‘ynaydi quyosh,
Yuragimga kuzdir hamohang.
Oltin libos muborak bõlsin,
Barcha yaproq tilladir qarang.

Tuyg‘ularning fasli erur kuz,
Bunda dilga topasan malham.
Dardlaringni aytsang tinglaydi,
Dardkash bo‘lib, tillarang olam.

Menda senga bog‘liqlik bordir,
Sen erursan dardlarim kuzi.
Dilga mudom malham bo‘laver,
Men qizingman. Men kuzning qizi.

✍️: Dilrabo Yo‘ldosheva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇                                              
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|