Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ustozlar_kuni

1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bugun "Xalqlar do‘stligi" saroyida bayram tadbirlari bo'lib o'tdi. Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi vakillari, Agentlik tizimidagi maktablar o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

🔸Ma'naviy-ma'rifiy tadbir doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ustoz va murabbiylarga tabrigi o‘qib eshittirildi.

⚡️Shuningdek, tadbirdan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o’quvchilarining chiqishlari ham o’rin oldi.

📌Tadbirdan so‘ng, Agentlik vakillari "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bo’lib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yishdi.
#Ustozlar_kuni

Hozirda Germaniyaning Myunxen shahrida xizmat safarida bo'lib turgan Prezident ta'lim muassasalari rahbari Hilola Umarova ZOOM orqali bog‘lanib, Agentlik tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlarni tabrikladi:

- Shu vaqtgacha hammamiz bir tan va bir jon bo‘lib mehnat qildik: quvonarlisi – natijasi ham yomon bo‘lmadi. Albatta, qiyinchiliklar ham bo‘ldi, ammo birdamlik, ahillik, har bir xodimning o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashuvi hammasini yengib o‘tishga yordam beradi. Umid qilaman-ki, biz sizlar bilan shunday - bir jamoa bo'lib ishlashda, xalqimiz ravnaqiga birgalikda hissa qo'shishda davom etamiz. Barchamizga “1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni” muborak bo'lsin.

📌Onlayn yig‘ilishda Agentlik tizimidagi maktab vakillari ham so‘zga chiqib, ustozlarni kasb bayrami samimiy qutlashdi.
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktab
#1_oktabr
#ustozlar_kuni

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi, Ogahiyshunos olima tajribali pedagog Matyoqubova Madina Xabibullayevnaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.


Ko‘p yillik samarali mehnatlari jarayonida 300 dan ortiq ko‘rgazmali qurollar va didaktik materiallar muallifi

➡️ USLUBIY QO‘LLANMALAR:

"Adabiyot fanini o‘qitishda qo‘shimcha materiallardan foydalanish"
"Maktabda Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganish" nomli uslubiy-qo‘llanmalari ta'lim jarayonida tatbiq etilgan.

➡️ ADABIYOTSHUNOSLIKKA OID:
"Ajab ohangu navolar"
"Zehn ziynati" kitoblari chop qilingan.

📄 Ilmiy maqolalari Rossiya, Kanada va bir qator davlatlarda chop qilingan
.

🗣Uning o‘quvchilari qator muvaffaqiyatlarga erishib kelishmoqda. Jumladan:

2021-2022 oʻquv yilida 8-sinf oʻquvchisi Javohir Karimov “Yosh kitobxon” koʻrik- tanlovining respublika  bosqichida 3-oʻrinni egalladi.

2021-yilda 9-sinf oʻquvchisi Ziyoda Safarboyeva Sharqshunoslik instituti tomonidan ta'sis etilgan Ogahiy nomidagi stipendiyasini qoʻlga kiritdi.

2022-yil 10-sinf oʻquvchisi Gulmira Ravshanbekova ona tili va adabiyot fani boʻyicha salohiyati va ijodiy iqtidori sababli Ogahiy nomidagi stipendiyasini qoʻlga kiritdi.

2019-yildan buyon jami 3 nafar tadqiqotchining ilmiy ishiga rahbarlik qilgan.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi
#1_oktabr
#ustozlar_kuni

🏢 Agentligimiz tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi oliy toifali pedagog Polvonova Yulduzxonning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.


"Yaxshi muallim sifatli ta'lim" respublika ko‘rik-tanlovida 3-o‘rinni egallagan;
"Renessans davri: Ilmiy tadqiqot yetakchisi" esdalik nishoni sohibi;
M.Mirzaahmedov bilan hammuallifikda "Ijodiy matematika" o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop qilingan.
M.Mirzaahmedov, X.Umarova, D.Davidova, I.Saibova, M.Komilovlar bilan hammuallifikda 6-sinf o‘quvchilari uchun " Avval matematika" nomli masalalar o‘quv qo‘llanmasi chop qilingan;
"Ismli sonlar" nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi;
Hozirda mustaqil tadqiqotchi sifatida O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini "Blended learning" texnologiyasi asosida pedagogik loyihashtirish (ijod maktablari misolida) mavzusida ilmiy ish olib bormoqda ;


🗣Uning bir qator o‘quvchilari muvaffaqiyatlarga erishib kelishmoqda. Jumladan:

2021-yil matematika bo‘yicha AMC- (American mathematics competition) xaqaro olimpiada
Matnazarova Dinora, Ozodova Hosila va Yusupov Boboxonlar faol qatnashib bronza medali sohibi bo‘ldilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram