Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.7K photos
2.45K videos
311 files
7.64K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#kun_tafsiloti
#sport_salomatlik_garovi
#soĝ_tanda_soĝlom_aql

Ogahiy nomidagi ijod maktabida 15-aprel kuni tarbiyachi-pedagoglar Jumaniyazova Go'zal va Sobirova Anaposhsha rahbarligidagi 8-"A" va 8-"B" sinflari o'rtasida sport musobaqalari maktabimizning ochiq sport maydonida bo'lib o'tdi. Unda ishtirokchilar "Estafeta", "Voleybol", "Futbol" kabi sportning bir qancha turlaridan bellashdilar.
Bugungi kun o'quvchilar uchun mazmunli va taassurotlarga boy bo'ldi deyishimiz mumkin. Sport jismoniy va aqliy salomatligimizni rivojlantirishda eng yaxshi ko'makchi hisoblanadi. Bugungi bellashuvlar ham o'quvchilarning bilim olishga bo'lgan ishtiyoqini yanada kuchayatiradi, ya'ni ularning energiyasini oshiradi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ushbu sog'lom raqobat o'quvchilarimiz o'rtasida katta qiziqish uyg'otish bilan bir qatorda, sport o'yinlariga qiziqishlari ortishiga zamin yaratadi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#sport_salomatlik_garovi
#musobaqa_fudbol

🟢 Maktab xodimlarining salomatliklarini mustahkamlash va jamoa bo'lib ishlash ko'nikmalarini oshirish maqsadida muntazam ravishda sport bilan shug'ullanishlari yo'lga qo'yilgan.

⚽️ Shu munosabat bilan joriy yilning 11-mart sanasida Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm hududiy bo‘limi va O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan "
Sport-sog‘lik garovi" shiori ostida o‘tkazilgan fudbol musobaqasida bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabi xodimlari faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

👏 Jamoamizni yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|