#Seminar_trening
#3_kun
#Live
🔰 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida viloyatimizdagi yangidan faoliyat boshlagan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘qituvchilari uchun "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida seminar-treningning 3-kuni boshlandi.
🔻Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘lim boshlig'i S.Abdullayev hududlaridan tashrif buyurgan pedagog ustozlar bilan uchrashib kuzgi ta'til vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashuvchi treninglar maqsad, vazifalari haqida gapirib o‘tdi.
🔴 Seminar-treningda Bog'ot, Hazarasp, Tuproqqal'a tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tarix, ona tili va adabiyot, kimyo, fizika va matematika fanlaridan pedagog o‘qituvchilar qatnashmoqda.
🟢 Ayni damda mentorlar tomonidan pedagog ustozlarga treningni nazariy qismi bo‘lib o‘tmoqda.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

#Fan_olimpiadasi
#3_kun
🔰 Joriy yilning 2-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida STEAM fanlari bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining maktab bosqichini tashkil qilish va o‘tkazish haqida 2023-yil 20-yanvardagi № 2-AF-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida matematika, kimyo, biologiya fanlaridan 7- 11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi
🔻 Ma'lumot o‘rnida fan olimpiadalari 3-fevral sanasigacha bo‘lib o‘tilishi rejalashtirilgan.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦 Telegram| 🟦 Facebook|
🟦 YouTube| 🟦 Instagram|

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Zamonaviy_maktab_liderlar_nigohida
#3_kun
📣Xabaringiz bor, shu kunlarda “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusidagi seminar-treninglar yurtimiz bo'ylab barcha hududlarda tashkil etilmoqda.
🔰Bugun seminar-trening Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham bo'lib o'tmoqda. Unda tumandagi umumta’lim maktablarining direktorlari ishtirok qilmoqdalar.
🌐 Telegram | Facebook

#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#3_kun
Dilimga hamisha bergin hidoyat
Allohim o'zingdan yolg'iz o'tinchim
Iymonimni butun saqlagin faqat.
To'g'ri yo'ldan hech ham adashtirmagin,
Dilimga hamisha bergin hidoyat.
Qalbimga sanchsalar och nayzalarin,
Qilgan yaxshiligin qilsalar minnat.
Shunday payt o'zing bo'l yolg'iz taskinim,
Dilimga hamisha bergin hidoyat.
Ko'ngilning pokligi saodat men-chun,
Har dam pok saqlayin, asli shu niyat.
Shayton vasvasasin yengmog'im uchun
Dilimga hamisha bergin hidoyat.
Bu foniy dunyodir sinovga to'la,
Biz senga bo'laylik munosib ummat.
Sening rizoliging olmog'im uchun
Dilimga hamisha bergin hidoyat...
✍: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|

#Rassomchilik
#3_kun
🌠: Rajabova Bibinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi

Nigohimi tikaman-u, manzil olis....
Oʻnqir-choʻnqir bu yoʻllarning savdosi koʻp.
Yiqilaman... Qoqilaman...
Boʻlmam taslim!
Yengilganga bu dunyoning gʻavgʻosi koʻp!
Orzularim gullab ketgan kurtak otib,
Xazon qilsam, uvollari urar mani.
Tik boqaman bu dunyoning koʻzlariga,
Ruhim - bir togʻ;
Har dam suyab turar mani.
Dilim yorsam zil ketadi ichidan yer,
Barisini koʻmib qoʻydim yuragimga.
Tiladim-u yolgʻiz Haqdan oʻtinchimni,
Sanolarni qoʻshib qoʻydim tilagimga.
Tovonimni tilar boʻldi koʻp tikonlar,
Qalbim shudgor qilar boʻldi soʻzlar zahri.
Men jim boʻldim,
Sukutlarga choʻkdim mudom,
Kimdan qolar boʻldi ekan foniy dahri,
Kimdan qolar ekan oxir foniy dahri!
Nigohimni tikaman-u, manzil olis...
Oʻnqir-choʻnqir bu yoʻllarning savdosi koʻp!
✍: Jumanazarova Hilola,

#Nasr
#3_kun
Yozilmagan qonun.
Kun xayr bilan nurlandi. Qishloq ahli tong yorishmasdanoq o'z yumushlariga sho'ng'ib ketishgandi. Bog'bon ham asta o'z ishiga kirisha boshladi. Bog'chasida gulzor oralab qurigan gullarni asta ajratib olar, ba'zilaring qurigan shoxlarini qirqardi. Ba'zilarini tagini yumshatardi. Gulzor ahli o'zaro shirin suhbat qurishardi . Turfa gullar o'zaro so'zlashar, daraxtlar-u o'simliklar ham ularni suhbatini maroq bilan tinglashardi. Bog'bon ham o'zicha bu suhbatlardan bahramand bo'lib , o'z yumushlarini asta bajarayotgandi. U har kun shu gulzorga , bog'chaga qarardi. Ular orasidan hech chiqgisi kelmasdi.
Daraxtlar o'zaro :
- Hoy , shaftoli. Seni ham pishib qolibsan. Vaqtida terib olishmasa, anavi o'rikni ahvoliga tushasan. Mevalaring , hosiling uvol bo'ladi. Bultur ko'rding-ku, olmavoy qancha hosil qilgandi. Vaqtida terishmadi, unda tashqari hosili ko'pligi uchun shoxlari chiday olmadi. Sinib ketdi.
- Bultur tura tursin, hozir ham bog'bonning tirranchasi dastidan tinchlik yo'q-ku. Shoxlaringa osilaverib tinchlik bermaydi. Uni ko'rsam a'zoyi- badanim junbushga keladi.
- Ey, anovi ahmoq borku. Bog' chekkasida o'sayotgan . U o'sha tirranchasi yaxshi ko'radi. Tirrancha esa nuqul bizga yopishgani yopishgan. Tutni yonidan ham o'tib ketmaydi. Kuzakda yoniga qish uchun o'tin g'amlashga bormasa, umuman unga yaqinlashmaydi. Tut esa u bilan vaqt o'tkazgisi, soyasida dam bergisi keladi.
Shu payt ayvonda shovqin ko'tarib , bog'bonning tirranchasi o'rtoqlari bilan paydo bo'ldi. To'rtalasi bog'ning to'rt tomoniga qarab chopqillab ketishdi. Tirranchaning o'rtoqlaridan biri tutning oldiga bordi va kichkina-kichkina shoxlarida uch-to'rttani yulib olib, o'rtoqlarigayam berdi. Gulzor orasida yurgan bog'bon shovqin solayotgan bolalarni ko'chaga haydadi va o'z ishini davom qildirdi.
Tushlik payti. Jazirama. Hamma yoq lov-lov yonardi. Bog'bon tushlik qilish uchun gulzordan chiqdi.
" - Ey, qarasang-chi. Ayvon labidagi kim ekan. Rosa kelishgan , chiroyli ekan-a?!
- Yo'g'ey, unaqaga o'xshamaydi-ku. Turqiga qara. Sovuqligini.
- Bilmadim. Menga yoqib qoldi. Mag'rurligini. Hech kimni nazariga olmaydi-ku.
- Ey, qo'ysang-chi... "
U hech kimga e'tibor bermasdan kelishgan gulqaychini kuzatardi. Bor o'y-u hayoli unga qaratilgandi. Shu alfozda kech tushdi. Tun hamma yoqqa o'z ko'rpasini yozib ulgurgandi. Barcha shirin uyquda orom olayotgan bir paytda ham u gulqaychini kuzatardi. Shu kech gulning ko'ziga uyqu kelmadi. To sahargacha uni kuzatdi. Oy shu'lasida u yanayam chiroyliroq bo'lib ko'rinardi...
Kechasi ko'ziga uyqu kelmagan gul ertalab kech ochildi. Ko'zini ochgan zahoti , xushbichim gulqaychini izlay boshladi. Kechagi joyidan qaradi . Yo'q. Topolmadi. Bir marta hammayoqni ko'zdan kechirdi. Bir payt quyosh nuri tushib yaltiragan bir narsa e'tiborini tortdi. Gul hayratdan dong qotdi. Xushbichim gulqaychi bog'bon qo'lida. Gulqaychi bilan bog'bon gullardan guldasta yasayotgandi. U chiroyli gullarni birin-ketin qirqib kelayotgandi. Gul o'ylar girdobiga cho'mgandi. Shu alfozda navbat o'ziga kelishini kutardi...
✍: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

**
I
Bir ajib teatr, yorug' teatr
Tomoshasiz sahna, sokin zal.
Bir ajib teatr, yorug' teatr
Sahnadan tushishgan bari aktyorlar.
Shunday teatrki, bo'm-bo'sh sahnasi,
Zo'r qiziqish bilan qarar boshqalar:
"Tomosha avjida, bizga farqi yo'q".
(Lom-limman... Dod bilan)
-Axir teatrni odam boshqarar!
✍: Baxtiyorov Jahongir
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi

Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#3_kun
Siniq xotira
(Sevimli opamga bagʻishlanadi)
Moviy osmondagi qushlar parvozi xayollarni olislarga eltadi. Vaqt ham qushlar misoli uchib ketmoqda. Oʻynoqi shamol antiqa bir iliqlik bilan rayhonning mayin hidini ochiq derazadan ichkariga olib kirdi. Gulsumning koʻngli rayhon isidan entikib ketdi. Axir, rayhon – uning eng sevimli guli.
Gulsum necha yildan beri bolalarga ovqat tayyorlaydi. Bolalarning soddaligi, begʻuborligi uni shu yerda ishlashga undagandi. Kun boʻyi ular uchun taom tayyorlash Gulsumning eng sevimli mashgʻulotiga aylanib ulgurgan.
Gulsum ishiga berilib ketibdi, shekilli, qandaydir bolaning chaqirayotganini sezmay qoldi. Kiyimlari har yerdan yamalgan, sochlari biroz toʻzgʻigan, yuzlari oqarib ketgan bolakay qizni yana chaqirdi. Gulsum uning oldiga bordi. Bolakay oshxonadagi yeguliklarga bir-bir qarab chiqardi. U bruni nomli shirinlikka qarab qoldi.
– Yarimta bruni necha soʻm?
Gulsum uning gapiga unchalik tushunmadi.
– Yarimta bruni bera olasizmi?
Bolakay nima xohlayotganini qizga tushuntirilmasdi. Gulsum unga hayrat nazari bilan tikilib qolgandi.
Bolakay qoʻlidagi ikki ming soʻmga koʻzi tushdi-yu, Gulsumga sezdirmasdan "uh" tortib, chiqib ketdi.
Qiz bolakay ketgach, biroz oʻziga kelganday boʻldi. Uni gʻalati hissiyot chulgʻab olgandi. Ichidan bir ovoz: "Senga bu bolakay nimadirni eslatmayaptimi?" derdi...
...Bir kuni kichkina qizcha qoʻlidagi uch soʻm bilan shirinliklar sotilayotgan doʻkonga kirdi. Doʻkonda shirinliklar juda koʻp edi. Qizaloq hammasini koʻzdan kechirib, narxini koʻrdi. Afsuski, undagi uch soʻm ularning hech biriga yetmasdi. Qizchaning koʻzida hech kim ilgʻamaydigan koʻz yosh paydo boʻldi. U doʻkondagi narsalarga tikilib qolgandi...
...Gulsum bu xotirani eslab, yuragi boʻm-boʻsh boʻlib qoldi. U bolakayga yordam berolmasdi. Bu kichkina odam unga bolaligini eslatuvchi oyna boʻlgandi...
✍: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf oʻquvchisi

#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari
#3_kun
📍Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida
📆 dekabr oyining 22-sanasida 7-11-sinflarga matematika fanidan 2-chorak yakuni bo’yicha nazorat imtihoni bo’lib o’tmoqda. Imtihonlar belgilangan vaqtda boshlandi.
📸 Jarayondan foto lavhalar.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram