Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#YANGI_IJOD

****

Tole bo‘lsa boqqani quyosh
,
Bir sen emas yerdagi yulduz.
Mayli xayr, men egmayman bosh,
Mayli xayr, deyman qora ko'z.

Izlasam ko'p hur-malaklari,
Topay ko'nsin faqat borimga.
Yashirmayman erkaliklaring,
Tekkan edi, asli jonimga.

O‘ylar eding o‘zingcha sodda,
Yorni topdim, qo‘yvorgim kelmas...
Maslahatim saqlagin yodda,
Soddalik bu - ojizlik emas.

Tushunmasak bir-birimizni,
Boshlanardi oshkor arazlar.
Baxtsiz qilgan biz ikkimizni,
Aldamchi so'z, aldamchi hislar.

Sen zorlanib qolmagin yurak,
Sen zorlanib qolma dil do'stim.
Yoningdagi borlarni o‘yla,
Ketganlarga mayli yo‘l bo‘lsin.

31.03.2022
Xorun O'rinov - shoir, Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagog-tarbiyachisi
@Xorun_Muso

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇
🟥https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#YANGI_IJOD

Dunyo uchun dunyo halak, iymon maning xirqam erur,
Dahriylari ag'yor demak, oshiqlari mahram erur.

Ko'ngilda bo'lsin ko'p hayo g'oyatda ko'p hamd-u sano,
Joningni qil ming bor fido,
oshiq uchun bul kam erur.

Diydor uchun firdavs- vatan, chun imtihon dunyo, kafan,
Bog'lar ularni ishq bilan
zohid dili mahkam erur.

Yetmak sanga Armon ekan
bul qullaring sarson ekan,
Kom doimo rizvon ekan
Qur'on azim malham erur.

Komi Jaloliy madh emish,
ishq bahrina tog' sath emish,
Dil fathi dushvor fath emish ishqim dilimda jam erur.

✍️: Sunnatillo Jaloliy,
Ogahiy nomidagi
ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi.


Ogahiy nomidagi
ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#YANGI_IJOD
#NAZM

Holat


Togʻlarga dardimni soʻyladim
Soʻng esa...
Dol qaddim togʻ boʻldi.
Baxt deya atalmish qoʻshiqni
Gʻamli dil tilida kuyladim,
Koʻnglimmas, koʻngillar bogʻ boʻldi.
Koʻnglimmas! Koʻngillar bogʻ boʻldi...
Dengizday hislarim mavjlari
Irmoqday sizadi ikki koʻzimdan,
Entikib, entikib izlayman,
Oʻzimni oʻzimdan...
Oʻzimdan...
Koʻksimda bir otash yonadi,
Tabibim, malham ber!
Ber darmon.
Otash bu yuragim aslida,
Xoʻb alvon... Koʻp alvon...
Bagʻrim qon!
Haq dedim! Haq qadar toʻkildi
Tomirim toʻldirib oqayotgan jon...
Orzular qismatga bukildi,
Sozingni chalaver, ey armon!
Sozingni chalaver, ey armon!

19-iyul. 2022-yil. 23:00.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Hilola Jumanazarova



O'quvchilarimizning eng
yangi ijod namunalari bizning telegram kanalda:
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

🟥
https://t.iss.one/hilola_zohidovna
#YANGI_IJOD
#NAZM

Bir soʻz ayt


Bir soʻz ayt yurakdan hayqirib,
Yurakman deganga yetib borsin ul!
Botgan shams orqaga qayrilib,
Togʻlarning bagʻridan unib chiqsin gul!

Bir soʻz ayt... Har dilga muhrini bossin,
Izlari oʻchmasin asrlar osha.
Soʻzing qadring ila qadding koʻtarsin,
Yashayman desang gar shundayin yasha!

Bir soʻz ayt koʻngilning tilida,
Uygʻonsin Ona yer...
Uygʻot zaminni.
Kamaysin havoyi soʻzlar bittaga,
Va toʻldir zamonning bitta kamini!

Bir soʻz ayt... Olovday lovlagan,
Taftidan kul boʻlsin hatto otash ham.
Mardlarga yarashar haq soʻzni aytib,
Jonini jabborga berib yashash ham!

20-iyul. 2022-yil. 22:25.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Hilola Jumanazarova



O'quvchilarimizning eng
yangi ijod namunalari bizning telegram kanalda:
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

🟥
https://t.iss.one/hilola_zohidovna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Yangi_ijod

"Xorazm"


: Ushbu she'r muallifi Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Rahmatullayeva Aziza o‘zining Xorazm zaminida o‘tkazgan damlari, sayohatlardan olgan taassurotlarini o‘z satrlarida bayon qilgan.

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM