Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#YANGI_IJOD
#NAZM

Holat


Togʻlarga dardimni soʻyladim
Soʻng esa...
Dol qaddim togʻ boʻldi.
Baxt deya atalmish qoʻshiqni
Gʻamli dil tilida kuyladim,
Koʻnglimmas, koʻngillar bogʻ boʻldi.
Koʻnglimmas! Koʻngillar bogʻ boʻldi...
Dengizday hislarim mavjlari
Irmoqday sizadi ikki koʻzimdan,
Entikib, entikib izlayman,
Oʻzimni oʻzimdan...
Oʻzimdan...
Koʻksimda bir otash yonadi,
Tabibim, malham ber!
Ber darmon.
Otash bu yuragim aslida,
Xoʻb alvon... Koʻp alvon...
Bagʻrim qon!
Haq dedim! Haq qadar toʻkildi
Tomirim toʻldirib oqayotgan jon...
Orzular qismatga bukildi,
Sozingni chalaver, ey armon!
Sozingni chalaver, ey armon!

19-iyul. 2022-yil. 23:00.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Hilola Jumanazarova



O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari bizning telegram kanalda:
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

🟥
https://t.iss.one/hilola_zohidovna
#YANGI_IJOD
#NAZM

Bir soʻz ayt


Bir soʻz ayt yurakdan hayqirib,
Yurakman deganga yetib borsin ul!
Botgan shams orqaga qayrilib,
Togʻlarning bagʻridan unib chiqsin gul!

Bir soʻz ayt... Har dilga muhrini bossin,
Izlari oʻchmasin asrlar osha.
Soʻzing qadring ila qadding koʻtarsin,
Yashayman desang gar shundayin yasha!

Bir soʻz ayt koʻngilning tilida,
Uygʻonsin Ona yer...
Uygʻot zaminni.
Kamaysin havoyi soʻzlar bittaga,
Va toʻldir zamonning bitta kamini!

Bir soʻz ayt... Olovday lovlagan,
Taftidan kul boʻlsin hatto otash ham.
Mardlarga yarashar haq soʻzni aytib,
Jonini jabborga berib yashash ham!

20-iyul. 2022-yil. 22:25.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Hilola Jumanazarova



O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari bizning telegram kanalda:
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

🟥
https://t.iss.one/hilola_zohidovna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_ochiq_muloqot
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣DIQQAT, E’LON!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovi yakunlari yuzasidan ONLAYN OCHIQ MULOQOT tashkil etiladi!

✔️Unda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Dilshod Kenjayev va Xalq ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo’jayev ishtirok etishadi.

❗️Onlayn ochiq muloqotda qatnashib, o’zingizni qiziqtirgan barcha savollarga mas’ullardan to’g’ridan-to’g’ri javob olishingiz mumkin.

📍
Ochiq muloqot Prezident ta’lim muassasalari agentligining FACEBOOKdagi rasmiy sahifasida bo’lib o’tadi.

Vaqti: 26-IYUL 15:00

👉Ulanish uchun:
https://www.facebook.com/piima.uz

❗️Murojaat uchun: https://t.iss.one/pmm_ustozbot

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#DIQQAT_DIQQAT
#TANLOV

👬 Maktab o‘quvchilarida Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va an'analarga hurmat ruhini oshirish maqsadida O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi hamda Markaziy kengashi hamda respublika bolalar va o‘smirlar nashrlari bilan hamkorlikda iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida

🔆 "Yozgi ta'til - "Milliy tiklanish" bilan!" milliy insholar tanlovini e'lon qiladi.

📄 Ishtirokchi insholar mavzusidan quyidagicha:
1.Korrupsiya seni yomon ko‘raman
2."Jadidlar jasorati"
3.O‘zbekistonga sayohat uchun 10 sabab
4. "O‘zbek tilim-o‘zligim"
5. "O‘zbekistonlikman"
6."Mening shajaram"
7. Ustoz otangdek ulug'!
8. "Internet zararmi yoki foyda"
9. Mening kutubxonam
10. Deputat bo‘lganimda


faqat bittasini tanlab qatnashishi mumkin. Bunda muallif savodxonligi, foydalangan manbalar, ma'lumotlarning asosligi, inshoning kreativligi va mantiqiy izchilligi, inshoning hayotiyligi va xalqchilligiga e'tibor berish talab qilinadi.

📆 Tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 30-iyul sanasigacha
@XorunMuso manziliga jo'natilishi lozim.

🏆 G'oliblikka nomzodlar shu yilning 31-avgustgacha ovoz berish yo‘li bilan aniqlanib, har bir yo‘nalishdan 3 nafar g'olib tashkilotchilar tomonidan aqlli soat (Smart Watch Samsung) bilan taqdirlandi.

‼️Shoshiling imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!!!

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KAMALAK_YULDUZLARI
#XORAZM_VILOYAT_BOSQICHI

📆 Iyul oyining 24-sanasida Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida "Kamalak yulduzlari" Respublika bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

📝 "Nazm" yo‘nalishidan 11-14 yosh toifasi bo‘yicha bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B"sinf o‘quvchisi Yo‘ldosheva Dilraboxon ham qatnashib faxrli 2-o‘rinni egalladi.

🔹 Iste'dodli ijodkor o‘quvchimiz va barcha ustoz-pedagoglarni ushbu natija bilan qutlaymiz.


https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovi yakunlari yuzasidan ONLAYN OCHIQ MULOQOT tashkil etildi.

1 soat davom etgan onlayn ochiq muloqotda ko‘plab savollarga javob berildi.
Ochiq muloqotni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

Onlayn muloqotda pedagoglar murojaat yo‘llashi uchun Agentlik va Vazirlik tomondan ushbu pochta va telefon raqamlari taqdim etildi.

✔️Prezident ta’lim muassasalari agentligi pochtasi –
[email protected]

Xalq taʼlimi vazirligi
:
✔️(71) 241-01-92 Kadrlar bo‘limi
✔️(71) 202-09-09 Call-markaz
✔️(91) 308-85-94 Telegram orqali bog‘lanish uchun.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#óquvchilar_ijodidan
#nazm

"MUSOFIR"

Jasmina Baxtiyorova
🎙Jasmina Baxtiyorova ,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi



Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#taʼtildagi_ijod
#nasr

Javobsiz xat
(Qonli sovet davri haqida)


Osmonda quyosh salgina koʻrinish beryapti. Quyosh nurlari tirqishdan kirib, xonani biroz yorugʻ qilgan. Men, ozodlikdan mahrum bir kimsa, osmonga tikilib oʻtiribman.
– Usmonov, mudir seni soʻrayapti.
Yana tergov. Bu qanday bedodlik?! Oʻz Vataningda boʻla turib, Vatanni madh eta olmasang, yashashdan maʼno qani? Hech tushunolmadim.
Yorugʻ va shinam xona. Stol ustida mudirning bosh kiyimi turibdi. Uning oʻzi esa qandaydir qogʻozlarni titkilash bilan band.
– Xoʻsh, Usmonov,– dedi Aleksandr Ivanovich,– nega bu yerdasiz?
– Bilolmayapman,– kinoya aralash kulib qoʻydim.
– Siz oʻz Vataningizni bizning rus xalqidan ustun qoʻygansiz. Bu esa oʻz navbatida davlatga xiyonat deyiladi. Siz - Xalq dushmanisiz! Davlatni pisand qilmagan dushman!
Ivanovich shu tariqa meni tayyor "aybdor" ga chiqardi. Men baribir tan olmadim.
– Tan olmaysizmi?
– Yoʻq.
Ivanovich biroz oʻylanib turdi-da, "Chiqishingiz mumkin" deya menga ruxsat berdi.
Xonadan chiqib, onamga xat yozdim. Har hafta onamga xat yozaman, baʼzida qoʻngʻiroq qilaman. Yonimda onamdan boshqa yaqin odamim yoʻq...
"Onajon! Sogʻ-salomatmisiz? Yakka oʻzingiz qiynalib qolmadingizmi? Sizni juda sogʻindim. Mendan xavotir olmang. Ahvolim yaxshi. Yaqinda oldingizga boraman, degan umiddaman. Oʻzingizni ehtiyot qiling.
Iskandar".
***
Vaqtning oʻtishi bu yerda juda qiyin. Onamga xat yozganimdan beri ikki hafta oʻtdi. Haligacha hech narsa yoʻq. Xavotirim kundan-kunga kuchaydi. Yaxshisi, qoʻngʻiroq qilay, deb turmadagi telefon oldiga bordim. Qanday yaxshi, navbat kutish koʻp vaqtga choʻzilmadi. Uy raqamini terdim. Lekin goʻshakni hech kim olmadi. Yaba bir bor urinib koʻrdim. Yoʻq, befoyda.
– Usmonov, seni mudir oʻz xonasida kutyapti.
Yuragim gʻalati boʻlib ketyapti.
– Usmonov. Afsusdaman,– dedi mudir. – Onangiz vafot etibdi. Toʻgʻrirogʻi, uning joniga qasd qilishibdi.
– Nimalar deyapsiz?
– "Xalq dushmani" ning onasi yashamasligi kerak, deb oʻldirib ketishibdi.
Quloqlarim garang boʻlib qoldi. Qanaqasiga onam... Yoʻq! Yolgʻon! Lekin, u qayerdan bunday deb oʻldirishganini...
– Bu sizning ishingiz.
Ivanovichning yuzi quv oʻchdi. Keyin tabassum qildi.
– Qoyil. Topdingiz.
– Ablah!
Unga tashlanishimga bir bahya qoldi.
– Menga qoʻl tekkizsangiz, sizni ham onangizning oldiga joʻnataman!
***
Tirqishdan kirgan nurdan asar ham qolmadi. Jala quya boshladi. Qora bulutlar turma "koʻrkiga koʻrk bagʻishlamoqda". Goʻyoʻ tabiat Iskandar boʻlib qasos olmoqchidek edi...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi