#Tavallud_kuningizga
Siz sabab...
Uyg‘ondim...
Siz sabab dunyoni ko‘rdim,
Yo‘l yurdim, yo‘llarim olisdan olis.
Ko‘ngilchan ko‘ngilning sizga ilingan
Dunyodek niyati xolisdir, xolis.
To‘rt fasl aylandi yer matlabida,
Ko‘zimda yoshlarim muzlagan og‘riq.
Beshinchi fasl ham bor-ku, aslida,
Uning quchog‘ida mujassam borliq.
Ishoning, men bugun quchmadim so‘zni,
Yo‘qolgan osmondan izladim xabar.
Menga bahori yo‘q kuz keldi, biroq
Siz bizga saodat eltgani qadar.
Avaylab o‘stirgan bitta gulingiz
Men bilan ikkita bo‘libdi, qarang.
O‘sib, gullaringiz kamolga yetib,
Ko‘ksingiz faxrga to‘ladi, qarang.
Yillar zanjiridan uzilmasin yosh,
Mangulik - gujumday zabardast daraxt.
Bizga suyanch bo‘ling, bo‘lavering bosh,
Sizning borligingiz biz uchun farah.
Erka shodliklarga to‘lgan bir qizcha
Yaqin insoniga tabrik yo‘llaydi.
Ilohim turgaysiz dunyo turguncha,
Sizday yaxshilarni Alloh qo‘llaydi.
Uyg‘ondim...
Siz sabab hayotni ko‘rdim,
Tashakkur!!!
✍️Shahrizoda Otayeva.
🟥https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Siz sabab...
Uyg‘ondim...
Siz sabab dunyoni ko‘rdim,
Yo‘l yurdim, yo‘llarim olisdan olis.
Ko‘ngilchan ko‘ngilning sizga ilingan
Dunyodek niyati xolisdir, xolis.
To‘rt fasl aylandi yer matlabida,
Ko‘zimda yoshlarim muzlagan og‘riq.
Beshinchi fasl ham bor-ku, aslida,
Uning quchog‘ida mujassam borliq.
Ishoning, men bugun quchmadim so‘zni,
Yo‘qolgan osmondan izladim xabar.
Menga bahori yo‘q kuz keldi, biroq
Siz bizga saodat eltgani qadar.
Avaylab o‘stirgan bitta gulingiz
Men bilan ikkita bo‘libdi, qarang.
O‘sib, gullaringiz kamolga yetib,
Ko‘ksingiz faxrga to‘ladi, qarang.
Yillar zanjiridan uzilmasin yosh,
Mangulik - gujumday zabardast daraxt.
Bizga suyanch bo‘ling, bo‘lavering bosh,
Sizning borligingiz biz uchun farah.
Erka shodliklarga to‘lgan bir qizcha
Yaqin insoniga tabrik yo‘llaydi.
Ilohim turgaysiz dunyo turguncha,
Sizday yaxshilarni Alloh qo‘llaydi.
Uyg‘ondim...
Siz sabab hayotni ko‘rdim,
Tashakkur!!!
✍️Shahrizoda Otayeva.
🟥https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Tavallud_kuningizga
Qalbim izhori
Mehr-muhabbatga yo‘g‘rilgan olam,
Shunchalik bo‘lurmi mehringiz ummon.
Eng nafis so‘zlar ham ta‘riflash-chun kam,
Sizsiz bizlar uchun jannati inson.
Jinon bog‘laridek muqaddas bog‘da
Sizsiz ulug‘ bog‘bon, biz nav-nihollar.
Ulg‘ayib har biri bo‘lajak chinor,
Quyoshdek porlaydi baxt-u iqbollar.
Qalblarni sug‘orib ilm-ziyo-la
Ezgu amallarga to‘lgan dilingiz.
Siz tarqatgan har bir ma‘rifat uchun
Rahmatlar yog‘dirar qiz-u o‘g‘lingiz.
Qilgan mehnatingiz tahsinga loyiq,
Siz sabab bu maskan yashaydi boqiy.
Zulfiya qizlari bo‘lamiz hali
Ajab ermas chiqsa qancha Ogahiy.
Ming tashakkur sizga aziz ustozim,
Siz sabab bu ko‘nglim to‘ldi ziyoga.
Sizday ulug‘ yo‘lboshchim borligi uchun
Shukrlarim bo‘lsin Alloh taologa.
Yuksak marralarni zabt etamiz biz,
Faxrdan namlanar ul kun yuzingiz.
Ishonch, mehnatingiz, albat, oqlayman,
Inshaalloh munosib bo‘lar qizingiz!!!
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa
Kanalimiz
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Qalbim izhori
Mehr-muhabbatga yo‘g‘rilgan olam,
Shunchalik bo‘lurmi mehringiz ummon.
Eng nafis so‘zlar ham ta‘riflash-chun kam,
Sizsiz bizlar uchun jannati inson.
Jinon bog‘laridek muqaddas bog‘da
Sizsiz ulug‘ bog‘bon, biz nav-nihollar.
Ulg‘ayib har biri bo‘lajak chinor,
Quyoshdek porlaydi baxt-u iqbollar.
Qalblarni sug‘orib ilm-ziyo-la
Ezgu amallarga to‘lgan dilingiz.
Siz tarqatgan har bir ma‘rifat uchun
Rahmatlar yog‘dirar qiz-u o‘g‘lingiz.
Qilgan mehnatingiz tahsinga loyiq,
Siz sabab bu maskan yashaydi boqiy.
Zulfiya qizlari bo‘lamiz hali
Ajab ermas chiqsa qancha Ogahiy.
Ming tashakkur sizga aziz ustozim,
Siz sabab bu ko‘nglim to‘ldi ziyoga.
Sizday ulug‘ yo‘lboshchim borligi uchun
Shukrlarim bo‘lsin Alloh taologa.
Yuksak marralarni zabt etamiz biz,
Faxrdan namlanar ul kun yuzingiz.
Ishonch, mehnatingiz, albat, oqlayman,
Inshaalloh munosib bo‘lar qizingiz!!!
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa
Kanalimiz
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Tavallud_kuningizga
Men shoirman,
Tashbihlar yasayman goʻzalliklardan,
Mengzayman armonni koʻzyoshga,
Togʻning toshlarini bardoshga...
Yana-chi, mengzayman kenglikni
Sarhadsiz, bepoyon osmonga.
Lek bugun,
Lek bu kun bosh qotgan...
Tashbih izlab soʻz solaman har yonga,
Taʼriflar yetarmi sizday insonga?!
Ustozim, qadrdon Ustozim,
Hislarim mavjlanar dilimda,
Tilaklar yogʻilar tilimda,
Sizni madh etmoqqa shaylandim!
Men shoirman,
Sheʼrim-ku sozim...
Ustozim, qadrdon Ustozim!
Yaxshilik, savobni qilmaysiz kanda,
Insoniy hislatlar sizda mujassam.
Sohir soʻzlarimni marjonday terib,
Qancha taʼrif bersam, shuncha boʻlur kam!
Yuzingizda balqqan mehrning tafti,
Koʻzingizda qalqqan mehrning tafti,
O, mehri ummonim, ustozim,
Oʻzingiz-ku shogirdlar baxti...
Shogirdlar baxti...
Bagʻringizga boʻylamoqqa yetarmi osmon?!
Kenglikni topasiz qaydan bunchalar?!
Sizga yoʻlamagay gʻam ila armon,
Siz menga OTADAY!
Mehrim shunchalar!
Umringizni bezab baxtning tonglari,
Koʻngil koshonangiz nurlarga toʻlsin.
Qizingizdan sizga kichkina tuhfa,
Shukrona kuningiz muborak boʻlsin!
MUBORAK BOʻLSIN!!!
✍️ Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi Jumanazarova Hilola
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Men shoirman,
Tashbihlar yasayman goʻzalliklardan,
Mengzayman armonni koʻzyoshga,
Togʻning toshlarini bardoshga...
Yana-chi, mengzayman kenglikni
Sarhadsiz, bepoyon osmonga.
Lek bugun,
Lek bu kun bosh qotgan...
Tashbih izlab soʻz solaman har yonga,
Taʼriflar yetarmi sizday insonga?!
Ustozim, qadrdon Ustozim,
Hislarim mavjlanar dilimda,
Tilaklar yogʻilar tilimda,
Sizni madh etmoqqa shaylandim!
Men shoirman,
Sheʼrim-ku sozim...
Ustozim, qadrdon Ustozim!
Yaxshilik, savobni qilmaysiz kanda,
Insoniy hislatlar sizda mujassam.
Sohir soʻzlarimni marjonday terib,
Qancha taʼrif bersam, shuncha boʻlur kam!
Yuzingizda balqqan mehrning tafti,
Koʻzingizda qalqqan mehrning tafti,
O, mehri ummonim, ustozim,
Oʻzingiz-ku shogirdlar baxti...
Shogirdlar baxti...
Bagʻringizga boʻylamoqqa yetarmi osmon?!
Kenglikni topasiz qaydan bunchalar?!
Sizga yoʻlamagay gʻam ila armon,
Siz menga OTADAY!
Mehrim shunchalar!
Umringizni bezab baxtning tonglari,
Koʻngil koshonangiz nurlarga toʻlsin.
Qizingizdan sizga kichkina tuhfa,
Shukrona kuningiz muborak boʻlsin!
MUBORAK BOʻLSIN!!!
✍️ Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi Jumanazarova Hilola
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
lv_0_20220526215909.mp4
28 MB
#Tavallud_kuningizga
Assalomu alaykum ustoz. Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin. Hurmat bilan o'quvchingiz Rahmonberganov Mirjalol
Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Assalomu alaykum ustoz. Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin. Hurmat bilan o'quvchingiz Rahmonberganov Mirjalol
Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi