Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#SHUKUHLI_TADBIR
#SARHISOB

"ISTE'DODLAR MARKAZI"DA YANGI ISTE'DODLAR KASHF QILINDI.

🔰 Joriy yilning 23-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Is'tedodlar markazi" da beshta muhim tashabbusni o‘zida mujassamlashtirgan tom ma'nodagi tarbiyachi-pedagog va to‘garak rahbarlarining hisobot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎼 Tadbir musiqa to‘garagi a'zolari tomonidan tayyorlangan bir-biridan betakror chiqishlar bilan boshlandi. O‘zgacha fayzli sarhisob tadbirini bosh tarbiyachisi M. Bobojonova va tarbiyachi-pedagog, shoir Xorun Musolar olib bordilar.

🛑 Sinflar kesimida tarbiyachi-pedagoglar M. Bobojonova, M. Otayeva, S. To‘qsonova, G. Jumaniyozova tomonidan tashkil qilingan rus, ingliz, nemis, fransuz tillari bo‘yicha to‘garak a'zolari she'rlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlar va raqslarni tomoshabinlarga havola qilishdi.

🔻Bundan tashqari iste'dodlarni namoyon qilishga qaratilgan "Nazm gulxani atrofida" va "Tasviriy san'at" to‘garagi rahbarlari M. Karimova va Sh. Ro‘zmetovaning o‘quvchilari tomonidan o‘zgacha chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha direktor oʻrinbosari T. Qadamov boshchiligida o‘quvchilar taqdim qilgan "Vatanni qo‘riqlashga doim tayyor bo‘l!" nomli sahna chiqishlari barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

🔹 Tadbir yakunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi B. Bekmatov tomonidan maktabimiz direktori S. Abdullayevga hamkorlikdagi o‘tkazilgan tadbirlar uchun hurmat belgisi sifatida "Ehtirom yorlig'i" topshirildi.

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi