Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.51K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#KECHKI_JARAYON
#KUTILMAGAN_LAHZALARGA_BOY_TADBIR

🔰 May oyining 24-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘zgacha hayajonli kun bo'ldi desak, hech mubolag'a bo'lmaydi. Buning boisi maktabimiz o'quvchilari 25-may kuni "So'nggi qo'ngiroq" sadolaridan keyin yozgi ta'tilga chiqishadi. O'quvchilar yotoqxonasi bugun ularga o'zgacha bir maskan. Shuning uchun maktabimiz psixologi Jumaniyazov Yodgorbek va tarbiyachi-pedagoglar 24-may kechki paytda maktabning muhtasham amfiteatrida o'quvchilarga quvnoq oqshom baxshida etishdi.

🍦O'quvchilar muzqaymoqlar yeyishdi, bir- birlarga tilaklar bildirishdi va davralar yasab raqslarga tushishdi.

🎉O‘yin-kulgilarga boy o‘tgan oqshom hammada yaxshi taassurot qoldirishi uchun qilingan sa'y-harakatlar o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat va munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadiga qaratilgan edi.

‼️ Boshlanayotgan ta'til oldidan Ogahiy nomidagi ijod maktabining jamoasi ta'til vaqtida o‘quvchilarimizga maroqli hordiq chiqarishlarini, o'qish va izlanishdan hech ham to'xtamasliklarini tilab qoladi.

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KECHKI_JARAYON
#LIVE

🔰 Sentabr oyining 6-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida kechki payt tarbiyachi-pedagoglar tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli qiziqarli "energizer" o‘yinlar o‘tkazildi.

🔸 Ayniqsa, bosh tarbiyachi M. Bobojonova maktabga yangi qabul qilingan o‘quvchilar bilan tanishishni yangicha usulda tashkil qildi. Kechki dam olish barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|