Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.5K photos
2.44K videos
311 files
7.61K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Rahmat_sizga_oshpazlar

▶️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'quvchilarni sog'lom va ratsional ovqatlanishlari masalasiga o'quv yili davomida jiddiy e'tibor qaratib kelindi. O'quvchilar 5 mahal ovqatlantiriladi.

Maktabimizda K. Jumaniyazov rahbarligidagi "Navqiron Xiva zamini" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan autsorsing xizmati tashkil qilinib, jamiyatning tajribali oshpazlari va oshxona ishchilari o'quvchilar sevib iste'mol qiladigan turfa milliy va zamonaviy taomlarni sifatli tayyorlab, dilbandlarimiz uchun dasturxonga qo'yadilar.

🥟 Bugun, 25-may kuni ham tushlikda har doimgidek chiroyli dasturxon tuzatildi, palov pishirildi.👆

O'quv yili davomida o'quvchilarimizning to'laqonli ovqatlanishlarini sifatli va ishtahabop holda tashkil qilib berganliklari uchun K. Jumaniyazovga, ish yurituvchi M. Matyaqubovga, "Navqiron Xiva zamini" mas'uliyati cheklangan jamiyati tajribali oshpazlari va oshxona ishchilariga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Telegram kanal:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi