Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Xorun Muso
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BAYRAM_SHUKUHI
Ogahiy ijod maktabining fidoiy o'qituvchi va murabbiylari uchun bugungi bayramga atalgan, ushbu videorolikni kichik sovg'a o'rnida qabul qilgaysizlar.
Forwarded from Xorun MUSO rasmiy kanali (Xorun Muso)
#BAYRAM_SHUKUHI
Otam bolaligimda akamga samolyot, menga esa tank olib kelib kelganlar. Shundan sababdanmi, "men katta bo‘lsam harbiy bo‘laman, vaqtanimni dushmanlardan himoya qilaman" deb butun mahalladagi tengdoshlarimga maqtanib yurar edim...
Bugun ortimga nazar solib orzularimdan naqadar uzoqlashganimni his qildim. Lekin tanlangan kasbimdagi "missiyam" zarracha o‘zgargani yo'q. Manashu xalqimning farovonligini, tinchligi va baxtiyor yashashi uchun jurnalist sifatida o‘z hissamni qo‘shishdan, ularga yordam berishdan aslo charchamayman.

P/s: Barcha qadrdon insonlarga bugungi bayram muborak bo‘lsin. Ilohim yurtimiz, vatanimiz sarhadlarida doim tinchlik, osoyishtalik hukm suraversin. 👨‍✈️
Forwarded from Xorun MUSO rasmiy kanali (Xorun Muso)
#BAYRAM_SHUKUHI

MUQADDAS YURTIMNING

Beshigidan singan elga muhabbat,
Allalar yetkazgan shuuriga kamol.
Asraydi onam deb yurtin to abad,
Muqaddas yurtimning posbonlari bor.

Bo'lakcha salobat uning vuqori,
Bo'lakcha shijoat vatanga kori.
Jonidan tinchlikni qo'ygan yuqori,
Muqaddas yurtimning posbonlari bor.

G'anim nag'masiga behud kirmagan,
Tuprog'ida daydi "quzg'un" uchmagan.
Onasin duosi doim asragan,
Muqaddas yurtimning posbonlari bor.

Sarboni bor xalqning, baxti keng bo'lar
Dovrug'i olamga, yetgan el bo'lar
Vatanim, xalqim deb sergak tik turar
Muqaddas yurtimning posbonlari bor

Hamisha musaffo bo‘lsin hur osmon,
Har qarich yerlaring eng aziz oshyon.
Kelajak avlodga "tirik" qahramon,
Muqaddas yurtimning posbonlari bor.

2018-yil

@Xorun_Muso
Forwarded from Xorun MUSO rasmiy kanali (Xorun Muso)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BAYRAM_SHUKUHI

Ogahiyshunos olima ustozimiz Madina Matyoqubova tomonidan 14-yanvar Vatan himoyavhilar kuniga bag‘ishlangan o‘z tabriklarini isxor qildilar. Bayramona sovg'a uchun barcha maktabimiz jamoasining ayollariga minnatdorlik bildirdib qolaman

@Xorun_Muso
#BAYRAM_SHUKUHI

ONA MONOLOGI.


Buyuklarning nigohi,
Titratgan togʻ toshini.
Ular yolgʻiz Onaga,
Egar ekan boshini.

Gʻanim uzgan kamon oʻq,
Boʻlmas oʻlim shamoli.
Ona qilgan duosi,
Boʻlar hayot tumori.

Moʻrt boʻlsa gar qaysi qalb,
Dardga toʻla kemtikdir.
Onasi bor har mardning,
Qaddi raso tetikdir.

Ona hayot mayoqi...
Tonglar unda uygʻonar.
Qizgʻaldoqlar gul ochgan,
Togʻlar unda uygʻonar.

Ona moʻjiza, xilqat,
Jam qilgan bor iffatni.
Ikki olam to abad...
Makon qilgan Jannatni.

Bahorda bergan ifor,
Qishda gullar unmaydi.
Ona mehri to tirik,
Ona mehri oʻlmaydi.

Bilsin keyingi avlod,
Olsin shunday saboqni,
Fanga kiritmoq kerak,
Ona degan kitobni...

®Xorun Muso - shoir, Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagog-tarbiyachisi


Ustozlarning eng yangi ijodiy namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#BAYRAM_SHUKUHI

TABRIK

Ey, sokin tun, tingla qalbim imdodin,
Qara qalamimla yolg‘izman yana.
Bu kun dardim emas, quvonchim sochay,
Zuhro ham sevinchdan porlaydi ana.

Munis ayollar-chun bitaman ash‘or,
O‘tli qalamimga siyoh bo‘lgin tun.
Deraza ortidan mo‘ralagan oy
Menga qog‘oz bo‘lar sen bilan uyg‘un.

Go‘zallikda tanho atalmish oy ham
Ayol nafosati oldida ojiz.
Ayollar shundayin buyuk xilqatdir,
Ularga ehtirom, muhabbat cheksiz.

O‘zbegim ayoli tengsiz shunda ham
Ibo-hayo mudom sodiq yo‘ldoshi.
Dunyolar tan olgan, mo‘jiza bo‘lgan
O‘zbek ayollari xalqim quyoshi.

Qandoq ta‘riflashga qalamim ojiz,
Yulduzlardan ko‘pdir hurmatim sizga.
Bugun shodiyona bo‘lsin muborak
Olamning gavhari har ayol qizga!


23:47 7.03.22.

: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#BAYRAM_SHUKUHI

8-MART


Bahorda ochilgan nafis gul misol,
Ko'nglingiz doimo bo‘lsin beg'ubor.
Mehringiz borliqqa aylangan timsol,
8-mart
bayram muborak bo'lsin!

Oftobdek chehrangiz yayrasin, kulsin,
Tabassum hamisha hamroh, yor bo'lsin.
Bog'ingiz turfa xil gullarga to'lsin,
8-mart
bayram muborak bo'lsin!

Eng nekbin tilaklar bo'lsin armug'on,
Siz hammadan shodon, baxtli begumon.
Qutlayman men sizni bo‘lib shodumon,
8-mart
bayram muborak bo'lsin!

:Rahmanova Zahro
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi


O'quvchilarimizning eng yangi ijodiy namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#BAYRAM_SHUKUHI

🌷O'ZBEK AYOLI


Ko'z tegmasin, gard yuqmasin origa,
Oy botinmas boqishga ruxsoriga.
"Shukur" deya ko'nib yashar boriga,
Basti uzra muqim qirqta kokila,
O'zbekning ayoli mudom oqila.

So'zlagan so'zlari shirin, muloyim,
Chehrasidan nur yog'ar kulsa doim.
Joning nisor etgulik o'zbekoyim.
Mehri go'yo oqib turgan shalola,
O'zbekning ayoli chunon oqila.

Tun-u kunduz lol qolar chiroyiga,
Qora qoshin kamoniga, yoyiga,
Hatto osmon alishtirar oyiga,
Uying yashnab turar uning bori-la,
O'zbekning ayoli shunday oqila.


Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Matqurbonova Nargiza


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Audio
#Bayram_shukuhi

Baxtiyorova Jasmina

💎"Navro'z keldi o'lkamga"

🎙Baxtiyorova Jasmina,
Ogahiy ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi



Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#SARHISOB
#BAYRAM_SHUKUHI

Men hali jurnalistikaga qadam qo‘yganimga ko'p vaqt bo‘lmadi...

2019-yil jurnalistika fakulteti talabasi sifatida ilk eshitgan so‘zim hayotimda katta maktab bo‘lgan. "Jurnalistikaga o‘qishga kirding" degani bu hali jurnalist bo‘lding degani emas. Haqiqatdan u payti ko'p narsani tushunmasdim.

Balki shuning uchun ham umuman sohamga taalluqli bo‘lmagan yo‘nalishlarda ishlaganman. Toki 2021-yil Otaxon muharririm (Qadamboy Solayev) menga viloyatda yagona sanalgan "Ezgu so‘z" ijtimoiy-ma'rifiy adabiy-badiiy gazetaga muxbirlik qilish taklifini bermaguncha. Shu yilning sentabr-noyabr oyida O’zbekiston Respublika Jurnalistikani rivojlantirish markazi va Germaniyaning DW Akademiyasi bilan hamkorlikda jurnalistika va mediamenejment bo’yicha Oʻzbekistondagi bosma va onlayn nashrlar, TV kanallar va radiostansiyalar jurnalistlari 3 oylik kursga suhbat asosida qabul qilinib, Xorazm viloyati “Ezgu so’z” gazetasi muxbiri sifatida ishtirok qildim. Manashu o‘quv kursdan so‘ng hayotim tubdan o‘zgarib ketdi. Yangi maqsadlar, yangicha dunyoqarash...

Hozirda soham bo‘yicha yangicha innovatsiya yaratmoqdaman. Nasib qilsa eng oxirgi "moliyaviy ta'minot bosqichi" hal bo‘lsa yaqin orada 2022-yil uchun amalga oshirmoqchi bo‘lgan eng ulkan maqsadimga erishgan bo‘laman.

Men hali jurnalistikaga qadam qo‘yganimga ko'p vaqt bo‘lmadi. Maqsadlarim esa juda ko'p🤓

Xorun Muso, Ogahiy nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi

@Ogahiy_ijod_maktabi
@Xorun_Muso
#Yangi_yil_shousi
#Bayram_shukuhi

📆 Dekabr oyining 26-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tarbiyachi-pedagog Maqsuda Bobojonova tomonidan "Yangi yil shousi" tashkil qilindi.

Shou davomida o‘quvchilar o‘zaro
🍏 Olma yeyish
🪑 Musiqiy kursi
🎈Quvnoq sharlar

shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🎄Bayram shousi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Yil_sarhisobi
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Bayram_shukuhi

❄️ Dekabr oyining 29-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining barcha xodimlari ishtirokida bayramona yig'ilish o‘tkazildi.

🔻Yig'ilishda maktab direktori Rasulbek Raximov barchani kirib kelayotgan "Yangi yil" bilan samimiy tabriklab, bir qator erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi.

🎁 Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan bayram sovg'asi topshirildi.

🎄Yig'ilish barchada bayram kayfiyati ulashdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Bayram_shukuhi

🔰 Joriy yilning 7-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ayolga ehtirom ko'rsatish – xalqimizga xos oliyjanob qadriyat" degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan holda maktabimizning o‘qituvchi-pedagoglarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklash uchun kichik tadbir tashkil qilindi.

🔹Tadbir avvalida maktab direktori R.Raximov
bayram bilan barcha jamoadagi fidoiy ayollarimizni chin dildan qutlab o‘tdi.
      
➡️ Shundan so‘ng maktabning barcha erkak xodimlari tomonidan tabriklar yo‘llandi.

🎁 Tadbirda ayollarga atalgan bayramona sovg‘alar topshirildi. Musiqa to‘garagi rahbarlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi. Xorazmcha navolar barchaga
bayram shukuhini ulashdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Bayram_shukuhi

🔰 Joriy yilning 7-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ayolga ehtirom ko'rsatish – xalqimizga xos oliyjanob qadriyat" degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan holda maktabimizning o‘qituvchi-pedagoglarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklash uchun tashkil etilgan tadbirdan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BAYRAM_SHUKUHI

💎 " Maylimi? "

🎙 She'rni Sarvar Abdullayev o'qidi.



Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
@piima_xorazm
#Bayram_shukuhi
#1_oktabr

🔸 1-oktabr - "O'qituvchilar va murabbiylar kuni" umumxalq bayrami munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlarini qutlash maqsadida Xorazm viloyati kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan sovg‘alar taqdim qilindi.

🔹Maktab direktori Sarvar Abdullayev
bayram tabrigi bilan ustozlarni samimiy qutlab o‘tdi.
Davrada ustozlar o‘zlarining qalb qo‘ridagi tilaklarini bildirib, bayramona shukuh haqida gapirib o‘tdilar.


➡️ Qutlug‘ sanada maktabning tarbiyachi-pedagogi Jumaniyozova Go‘zalga Webster Universitetining magistratura yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagani munosabati bilan universitet tomonidan taqdim qilingan bitiruvchi diplom va esdalik sovg‘alari ham tantanali topshirildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#8_mart
#Bayram_shukuhi

🔰 Joriy yilning 7-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabidagi o‘qituvchi-pedagoglarni va ayol ishchi xodimlarni 8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar bayrami " bilan tabriklash, e'zozlarsh maqsadida kichik tadbir jarayonidan foto lavhalar
.

🌈 Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM