Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
📣📣📣 Ogahiy ijod maktabi iste’dodlarni chorlaydi!!!

⚡️ Hurmatli Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari.
🌈 Ogahiy ijod maktabi viloyat xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda maktablarning 6-, 7-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Vatan bebaho, Vatan muqaddas, Vatan yagona” shiori ostida tanlov e’lon qiladi.
▶️ Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
🔸1. “Nazmimda Vatan madhi” deb nomlangan she’riyat yo‘nalishi.
She’rlarning plagiat bo‘lmasligi, 3 banddan kam bo‘lmasligi, vazn talablariga mos bo‘lishi va boshqa badiiyat mezonlariga mos bo‘lishi talab qilinadi.

🔸2. “Vatan tuprog‘i muqaddas” shiori ostida nasriy asarlar (hikoya) tanlovi.
Hikoya janrida yozilgan asarlar ham plagiat bo‘lmasligi, nasr talablariga muvofiq mavzuga mos ravishda yozilgan bo‘lishi lozim.

🔸3. “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida ifodali o‘qish tanlovi.
Ushbu yo‘nalishda Vatan haqidagi she’rlarni ifodali o‘qib, videoga olib yuborishingiz so‘raladi. Video davomiyligi 3 daqiqadan, hajmi 100mb dan oshmasligi talab qilinadi. Videoda she’r va she’r muallifining nomi hamda she’rni aytayotgan o‘quvchining to’liq ism, sharifi, tahsil olayotgan maktabi aytilishi lozim. Videoda o‘quvchi to‘liq ko‘rinishi shart.

🔸4. Vatan haqida audiohikoya yaratish tanlovi. Bunda ona Vatanga , ona tilimizga, milliy qadriyatlarimizga muhabbat g‘oyasi yoritilgan asarlarni audioasar shaklida tayyorlash talab qilinadi. Audioning davomiyligi 10 daqiqadan oshmasligi lozim. Asar ifodali o’qish talablariga javob berishi talab qilinadi.

📌 Ushbu tanlovning yakuniy natijalari may oyining 3-haftasida e’lon qilinadi. Ijodiy ishlar 20-apreldan 10-mayga qadar qabul qilinadi. Ijodiy ishlaringizni +998994565977 telegram manziliga yuboring. Barcha ishtirokchilar Ogahiy ijod maktabiga taklif qilinadi.
Ishtirokchilarning barchasiga serifikatlar taqdim qilinadi. G’olib o‘quvchilar va ularning ustozlariga diplom hamda esdalik sovg’alar topshiriladi. G’oliblar Ogahiy ijod maktabida o’tkaziladigan tantanali tadbirda e’lon qilinadi.
❗️Tadbir sanasi Ogahiy ijod maktabining telegram kanalida e’lon qilinadi. Kanalga obuna bo’ling! Bizni doim kuzatib boring!!!

🟥https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi pinned «📣📣📣 Ogahiy ijod maktabi iste’dodlarni chorlaydi!!! ⚡️ Hurmatli Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari. 🌈 Ogahiy ijod maktabi viloyat xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda maktablarning…»
***

Tushlarimda yashayman...
Xudoyimning nafasi tekkan
Qizg'aldoqlar g'uncha ochgan
Osmonida yulduzlar to‘kkan jilolar
Nurlariga chayilar tonglar.
Tushlarimda yashayman...
Unda ko‘zlar sug'ormaydi
g'am niholini
Manglaylarga bosilmas
tolesiz tamg'a!..
Qalbda xitob qilguvchi
g'ussalar ham gung...
Tushlarimda yashayman...
Unda ishq degani – oppoq kabutar
Dildan dilga eltar
mehr – mujdalar
Unga tikilganning yuzlarida
balqir tabassum...
Tushlarimda yashayman...
Unda yashar ma'sumgina qiz
Tashrifimga intizor, mahtal...
Sochlari – tunmisol
Ko‘zlari – tunmisol
Lablarida gul misol
ifor taratar ismim...
Tushlarimda yashayman...
Unda yurakka
Kinli nigoh – tig'larini qadaydigan kimsa yo'q,
Kimsa yo‘q
nafrat neligin biladigan va
oqibat neligini bilmaydigan hech!..
Tushlarimda yashayman –
oddiy hayotmas!
Ozor neligini bilmasman unda,
Sokin xalovatni tuyarman unda...
Uyg'onishni istamay sira
Tushlarimda yashayman qonib...

: J.Yo‘ldosh,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Nasr" to'garagi rahbari

@Jumanazar_Yuldash
Ogahiy ijod maktabi
*** Tushlarimda yashayman... Xudoyimning nafasi tekkan Qizg'aldoqlar g'uncha ochgan Osmonida yulduzlar to‘kkan jilolar Nurlariga chayilar tonglar. Tushlarimda yashayman... Unda ko‘zlar sug'ormaydi g'am niholini Manglaylarga bosilmas tolesiz tamg'a!.. Qalbda…
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#NASR

Tushlarimda yashayman...
(hikoya)


(Jumanazar Yo'ldoshning "Tushlarimda yashayman..." nomli she'ridan ta'sirlanib...)

...Tushlarimda yashayman...
Unda yashar ma'sumgina qiz
Tashrifimga intizor, mahtal
Sochlari tun misol,
Ko'zlari tun misol,
Lablarida gul misol ifor taratar ismim...

J.Yo‘ldosh

Ko'ngillarga orom bag'ishlovchi qish o'zining dardini shoir bo'lib oppoq qor parchalariga ko'chirdi. Qor parchalari, garchi bejirim bo'lsa-da, tabiatni sovuq ranglarga bo'yadi. Barcha jonzotlar kabi ona zamin ham shirin uyquga ketgan. Uni uyg'otib yuborishdan qo'rqqan odamlar qadamlarini sekin bosishadi.
Bilol uyiga keldi. Shifokorlar Bilolni og'ir kasal deyishgandi. Achinarlisi, bu dardning davosi yo'q emish...
U juda charchabdi. O'zini karavotga otdi-yu, uxlab qoldi.
Bilol ajoyib tush ko'rdi. Qizg'aldoqlar g'uncha ochgan, osmonidagi yulduzlari jiloli nur sochadi. Bu shunday joyki, bu yerda ko'zlar g'amdan namlanmaydi, qalblardagi dardlar butun umrlik uyquga ketgan. Har tomonda oppoq kabutarlar ishqni mayin ovozi-la kuylaydi. Bu yerda bir qiz yashaydi. Sochlari tun misol, ko'zlari tun misol bir qiz. Bilol bu guldan-da go'zal qizga ko'zi tushdi-yu, qizning tim qora ko'zlariga mahliyo bo'lib qoldi. Bilol yuragining dupuri musiqa sadosi kabi otilib chiqib, quloqlarni qomatqa keltiradi. Qiz bu yurak sadosini eshitayotgandek, ko'zlarini yigitning ko'zlariga tikdi. Qizning ham yurak sadosi tog'largacha bordi. Bu ikki qalb bir-biriga so'zsiz oshiq bo'lgandi.
Bilol qizning oldiga borayotib oyog'ining ostida yastanib yotgan moychechaklardan oldi. Gulni qizga berdi. Qizning tabassumi musavvir kabi uning yuziga qizil rangni yurgizdi. Ular so'zsiz so'zlashardi. Ko'zlar so'zlarning o'rnini bosdi. Ular uzoq vaqt bir-birlariga tikilib o'tirishdi. Ular ko'zlarining so'zlari bilan suhbatlashib, bir-birlari haqida bilib olishgan edi.
Oradagi vaqt nomli kema bir oyni suzib o'tdi. Bilol har kun o'sha qizni ko'rish uchun juda ko'p uxlaydigan bo'lib qoldi. Lekin uning kasalligi tobora kuchaydi.
Oxiri, ahvoli juda yomonlashib, yotib qoldi. Ko'zini yumganida tushidagi yori uni chaqirayotgandi. Oshiq yigit o'ylab o'tirmay uning ortidan ergashdi. Qiz uni quyosh hech qachon botmaydigan joyga olib ketgan edi...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

🟥https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QUTLAYMIZ
#IMPERIAL_COLLEGE_LONDON

📆 Londonning mashhur “International scientific and practical conference” jurnalida Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sadullayev Bobur Baxtiyorovichning
"Inson va jamiyatning ma'naviy hayoti" mavzusida maqolasi chop etildi.

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan Boburjonni qutlaymiz!

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Har narsaning me’yori yaxshi. Odobning esa ortigʻi.

Shams Tabriziy

Kuningiz xayrli oʻtsin!

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_KONFERENSIYA

📌2022-yilning 7-may kuni Jizzax davlat pedagogika institutida "Ta'limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari" mavzusidagi xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

🌈Anjuman ishida Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston davlatlari va mamlakatimiz viloyatlaridan kelgan olimlar qatnashdi va ma'ruzalar qilishdi.

Konferensiyada Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Matyaqubova Madina Habibullayevna ham so'zga chiqib, ustozning Xorazm adabiy muhitining yirik vakili, shoir, tarjimon, adabiyotshunos Matnazar Abdulhakim ijodining o'ziga xos tomonlari haqidagi nutqi katta e'tiroflarga sazovor bo'ldi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KELAJAK_AVLOD_SALOMATLIGI

💉Joriy yilning 6-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tahsil olayotgan 2007-, 2008-, 2009-yillarda tug'ilgan o'quvchi qizlariga VPCh - bachadon bo'yni saratoniga qarshi profilaktik emlash ishlari o'tkazildi.

📌Emlashdan oldin ijod maktabi shifokori M. Atayev tomonidan mavzu doirasida tushuntirish o'tkazildi va hamshira O. Masharipova tibbiy qoidalarga amal qilgan holda qizlarimizni emladi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi