Ogahiy ijod maktabi
1.22K subscribers
31.6K photos
2.53K videos
313 files
7.94K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#MUSHOIRA_KECHASI

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan «Adiblar xiyoboni» da oʻtkazib kelinayotgan «Xiyobon oqshomlari» sheʼriyat kechasi endilikda barcha viloyatlar boʻylab tashkil qilinmoqda.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat boʻlimi tomonidan oʻtkazilayotgan «Urganch sheʼr oqshomlari» mushoirasi bugun Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat kutubxonasida oʻtkazildi.
Mushoirada maktabimizning 9- sinf oʻquvchilari Muxlisa Boynazarova, Hilola Jumanazarova, 10-sinf oʻquvchilari Shahrizoda Otayeva, Ziyoda Saparbayevalar ishtirok qilishdi. Oʻquvchilarimiz oʻzlarining ijod namunalaridan oʻqib eshittirdilar va ustozlarning eʼtiroflariga sazovor boʻlishdi.
Mushoirada viloyatimizning taniqli shoir va yozuvchilaridan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Otabek Ismoilov, Boltaboy Bekmatov, Shuhrat Matkarim, Bibi Maryam Begimova,Shoira Shams va koʻplab umidli yosh ijodkorlarimiz ishtirok qilishdi.

®Maxbira Karimova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Nazm gulxan atrofida" to‘garagi rahbari
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_68_yilligi
#Mushoira

15-aprel kuni kechgi payt Ogahiy nomidagi ijod maktabida 8-"A" sinf o'quvchilari tomonidan Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligiga bagʻishlab "Muhammad Yusuf sheʼriyati" mavzusida mushoira tashkillashtirildi. Mushoira boshida Baxtiyorova Dilmira shoir hayoti va ijodiga toʻxtalib, mushoirani boshlab berdi. Keyinchalik Yo'ldosheva Farangiz, Davronbekova Feruzalar shoir sheʼrlarini ifodali oʻqib berishdi. Jumanazarova Shodiya va Vapoyeva Dinoralar Muhammad Yusufning "Qora quyosh" dostonidan parcha aytishdi. Mushoira qizgʻin tarzda boʻlib oʻtdi. Oʻquvchilar mushoira soʻngida Muhammad Yusufning qo'shiqqa aylangan sheʼrlarini birgalikda kuylashdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#MUSHOIRA_HUDUDIY_BOSQICH
#GʼOLIBLIK_NASHIDASI

Bugun haqiqatdan o‘zgacha kun bo‘ldi. Ohorli she'riy davralar, har doim qizg'in va musosasiz tarzda bo‘ladi. Bugun chin ma'noda adabiyot bayramiga aylangan
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Mushoira” ko’rik-tanlovining Xorazm viloyati bosqichida ko'pgina davradosh do‘stlar diydorlashdik, she'rlashdik.
Tanlov yakunida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Gulmira Rashvanbekova hakamlar tomonidan alohida e'tirof etilganini aytib o‘tish joiz.
Eng so‘nggi natijalar e'lon qilinganida qadrdon do‘stim Jumanazar Yo‘ldosh 20-25 yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib g‘olib deb topildi. 26-30 yosh toifasida kaminani ham g‘olib deb topishganidan quvondim. Tashkilotchi va "bolalarim" deb qo‘llab-quvvatlagan ustozimiz O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva va shoira opamiz Sadoqat Karimovalarga minnadorchiligimizni bildiraman.
: Xorun Muso,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi
#Xushxabar
#Mushoira_klubi_tanlov

🔰 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o'quvchilarning ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish markazi qoshidagi Respublika “
Mushoira klubi” tomonidan Mustaqilligimizning 32-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ijodiy tanlovida g‘oliblar e'tirof etildi.

⚡️ Unda bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi Nurmamatova Oygul 📄 "Nasr" yo‘nalishida ishtirok qilib, mutloq g‘olib sifatida e'tirof etildi va 1-o‘rinni egalladi. Tashkilotchilar tomonidan ijodkorimizga diplom va smart watch sovg‘asi topshirildi.

O‘quvchimizga ijodiy barkamollik, ijod maydonida yanada yuksak marralarni zabt etishida qalam doim hamroh bo‘lishini tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram