Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.51K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#QUVNOQ_STARTLAR

💪 MUROSASIZ KECHGAN SPORT MUSOBAQASI


Joriy yilning 1-aprel kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida 7-“A” va 7-“B” sinflari o‘rtasida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🏀 Sport musobaqasida jamoalar sportning arqon tortish, qo‘l to‘pi va qisqa masofaga yugurish turlari bo'yicha kuch sinashishdi.

🔷Murosasiz tarzda kechgan ushbu musobaqada jamoalar o‘zlarining jismoniy imkoniyatlarini to'la namoyon etishdi.

⛹️‍♀️ Ayniqsa, qiz bolalarning sportga bo`lgan qiziqishi barchaga manzur bo‘ldi.

🏆 Umumjamoa hisobida maktabning 7-"B" sinf o‘quvchilari mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

🤾‍♂️ Sport o‘quvchilarimizni nafaqat sog'lom balki, ruhiy barkamol inson bo‘lib yetishishida eng zarur bo‘lgan omildir.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#QUVNOQ_STARTLAR
#SPORT

SPORT INSONNI RUHAN VA JISMONAN SOG'LOM QILADI


🔰 Aprel oyining 27-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "O'quvchilar almashish dasturi" doirasida tashrif buyurgan Abdulla Oripov ijod maktabining 8-sinf "Ideal" jamoasi va Ogahiy ijod maktabining 8-sinf "Lokomotiv " jamoalari o'rtasida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi bo'lib o'tdi.

💁‍♂ Musobaqa 5 ta shart bo‘yicha o‘tkazildi. Qiziqarli shartlarda ikkala maktab o'quvchilari faol qatnashishdi. Musobaqa qizg'in va do'stona tarzda o‘tdi.

🏆 O‘yinni jamoalar o‘zaro durrang hisobi bilan yakunlashdi. Mehmon "Ideal" jamoasi barchada iliq taassurot qoldirdi. Jamoalarga Xiva shahar hokimi o‘rinbosari M. Raxmanov tomonidan estalik sovg'alar topshirildi.

Bizning telegram kanalimiz:
🟥https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#quvnoq_startlar

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⛹‍♂ O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy salohiyatini oshirish maqsadida Ogahiy nomidagi ijod maktabi hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Quvnoq startlar" musobaqasi o‘tkazildi.

⛳️ Musobaqada Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Epchillar" va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "Burgutlar" jamoasi o‘zaro bellashdilar.

O'yinda "Burgutlar" jamoasi 18 ballni, "Epchillar" jamoasi esa 20 ballni qoʻlga kiritdi. Natijada "Epchillar" jamoasi g‘olib deb topildi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

♻️ O'yin juda qiziqarli boʻlib, o'quvchilarning maroqli vaqt oʻtkazishiga xizmat qildi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |