Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from . (Nilufar Halimova Hakimovna) via @like
#Navròz
#Eng_yaxshi_audio
🎉ID: 106
Saparboyeva Ziyoda
🏢Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Https://t.iss.one/serqirra_yoshlar_kanali
Ogahiy ijod maktabi
#POCHTACHI. #NAVRÒZGA_MAKTUBLARIM ASSALOMU ALEYKUM, HURMATLI XAT YO’LLOVCHIM! O’ylaymanki, siz meni hali unutmagansiz? Men bahor ayyomining eng go'zal bayrami, Navro'z shodiyonasi arafasida aynan sizga kerakligim uchun yana shu yerdaman.Yaqinlaringiz, sizni…
#NAVRÒZ
#XATNOMALAR_HAFTALIGI

Assalomu alaykum hurmatli obunachilarimiz. Barchangizni yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan Navro'z ayyomi bilan muborakbod qilamiz. Bayram mubosabati bilan "Navro'zga tabriklar" xatnomalar haftaligi loyihasini e'lon qilgan edik. Ushbu loyihamizda o‘quvchilarimiz faol qatnashib o‘z tilaklarini va tabriklarini maktabimiz pedagog ustozlariga yo‘llashgan.

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#NAVRÒZ
#BAYRAM_XATNOMALARI

Qadrli Samadova Nilufar ustozga!
Assalomu alaykum, hurmatli va onam kabi mehribon ustozim.Sizni kirib kelgan 21-mart "Navro'z"bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizga uzoq umr baxt va sog'lik tilayman. Har doim kulib yuring. Ko'zingizdan nur, labingizdan kulgu arimasin. Oilangiz va bizning baxtimizga har doim sog' bo‘ling. Siz mening dunyodagi eng zo'r, ajoyib, mehribon ustozimsiz... Sizni juda yaxshi ko'raman.

: Hurmat bilan o‘quvchingiz Vapoyeva Dinora
#NAVRÒZ
#BAYRAM_XATNOMALARI
Qadrli G'ulomova Shoira ustozga!

Assalomu alaykum qadrli ustozim. Siz menga onam kabi mehribonsiz. Sizni menga uchratgani uchun Allhomga mingdan-ming rahmatlar aytaman. Sizni kirib kelgan Navro'z-yangilanish va yasharish bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ko'plab bayramlarni ko'rishingizga tilakdoshman. Sizni har ko'rganimda, ovozingizni eshitganimda men rohatlannman. Sizni har bir aytgan gapingiz hayot zarvaraqlarimdan o‘rin egallagan. Har doim bahor kabi go'zal bo‘lib yurishingizni xohlayman. Shuningdek, yaqinlaringiz bilan ko'plab bayramlarni nishonlashingizga tilakdoshman.

: Sevimli ustozim Shoira ustozga o‘quvchisi Davronbekova Feruzadan
#NAVRÒZ
#BAYRAM_XATNOMALARI
NAVRO'ZDA SIZGA

Nafis gullar ifori,
Alvon gullar chiroyi.
Va qalbingizdagi quvonch,
Rayhon gulidek o‘tkir ifor.
O‘n million,yuz million va cheksiz baxt
Zamin chiroyini tilab qolaman.

Barcha maktabimizdagi ustozlarimizga bayram muborak bo‘lsin!

: Rahmonberganov Mirjalol,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
#NAVRÒZ
#BAYRAM_XATNOMALARI

Assalomu alaykum ertangimiz umidlarini, yosh nihollarimizni yetishtirayotgan fidoyilar. Barchangizni yaqinlashib kelayotgan yasharish-yangilanish bayrami Navro'zi olam bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizga tinch yurt, musaffo osmon ostida, mazmunli, barokatli hayot, hamda mas'ulyatli kasbingizda kuch-quvvat tilayman. Yurtimiz rivojiga qo'shayotgan xayrli ishingiz bardavom bo'lsin. Yuzingizdan bahoriy kayfiyat, qalbingizdan bayram shukuhi arimasin!

:Mavluda Sobirova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi Sunnatulla Rajabovning onasi
#NAVRÒZ
#BAYRAM_XATNOMALARI
Sovuq va mahzun qish juda charchadi. Essiz bu kun u o‘z o‘rnini tabiat ilhaq kutgan betakror bahorga beradi. Mahzun bo‘lib qolgan tabiat osmonda o‘chmas iz qoldiradigan shafaqni yig'loqi, ammo yomg'irning ko'z yoshi musavvirdek uni takrorlanmas ranglarda bo‘yashini, tonggi shudringlar yam-yashil yaproqlar qo‘yniga berkitib olishini, ba'zi daraxtlarning erinib-erinib gullashini, bahor faslning o‘zgacha jilosini sog'indi. Va nihoyat, bundayin sabr o‘z mukofotini topdi.
Bahorning gultoji deya Navro'z bayrami aytilsa arziydi. Bu bayram an'anaviyligi, o‘ziga xosligi bilan ko'pchilik qalblarga singib ketgan. Sizga ushbu kunda bolalar uchirayotgan varraklardek erkin va baland parvozni, jajji va yosh qizlardek go‘zallikni, onalar aytayotgandek mayin qo‘shiq kamol bilan birga go‘zal va abadiy baxtni, toshdek sinmas sabrni, o‘tdek o‘chmas g'urur va kuch qudratni tilab qolaman. Qalbingizda yig'loqi bahor yomgiri emas, bahorning nurli quyoshi sizni aslo tark etmasin. Dunyodagi barcha ezgu tilaklarni sizga baxshida etib qolaman.

Barcha ustozlarimizga Navro'z muborak bo‘lsin!

: Bahodirova Komila,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#NAVRÒZ
#BAYRAM_XATNOMALARI

Qadrli Ustozim Sohiba ustozga!
Assalomu alaykum hurmatli va aziz ustozim. Sizni kirib kelgan Navro'z ayyomingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ko'nglimdagi barcha yaxshi tilaklarim sizga. Navro'z xonadoningizga baraka, baxt va saodat olib kirsin. Har doim shunday go‘zal va xushchaqchaq bo‘lib yuring. Navro‘z yangilash va yasharish bayrami, siz ham unga o‘xshab yasharib go‘zal bo‘lib yuring. Bizga bilim berishdan charchamang. Har yili Navro‘z bayramini yaxshi kayfiyatda oila davrasida kutib olishingizga tilakdoshman. Yana bir bor sizni ushbu qutlug' bayram bilan tabriklayman.

Sizni yaxshi ko'ruvchi o‘quvchingiz Shomurodova Mavluda

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#NAVRÒZ
#BAYRAM_XATNOMALARI

(Oddiy bo‘lsada dildan chiqqan so‘zlarim...)

Qadrli Madina ustozimga.

Assalomualaykumhammamiz uchun qadrli,hurmati baland bo‘lgan ustozim. Sizni kirib kelgan Navro‘z ayyomi bilan chin yurakdan tabriklayman. Ilohim umringiz uzoq bo‘lsin. Sizga bir gap aytaymi? Sizni ilk ko'rganimdayoq buvimga o‘xshatganman.O‘sha payti "Gulshanda" edik. Kechqurun siz bizga "Alla" aytib bergandingiz.O‘sha payti juda juda boshqacha bo‘lib ketgandim.Biroz muddat o‘zimga ham kela olmadim.Shu kundan boshlab mening sizga bo‘lgan hurmatim juda baland. To‘g'ri men sizning darsingizda har doim faol bo‘lmayman. Ba'zida savol berganingizda javob bera olmay tutilib qolaman.Negaki shu payti siz menga ustozim emas,huddi buvimday bo‘lib ko'rinib ketasiz. Shu damda men faqat sizning ovozingizni eshitgim keladi.Faqat sizning ovozingizni... dakki bersangiz ham,alla aytsangiz ham.
Ilohim har kuningiz Navro‘z bo‘lsin.Har doim kulib yuring. Shu damdan boshlab hech qachon ko'nglingizga yomon gap-so‘zlarni og'ir olmang! Hozir bu xatimni o‘qiyabsizmi yoki yo‘qmi? bu menga qorong'i biroq shuni dadil ayta olaman.Men sizni juda qattiq yaxshi ko‘raman o‘zingizni asrang!

: Qutliyeva Saida,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi