Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#Bizda_izlanib_va_àlo_òqib_stipendiya_olish_mumkin

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'rtasida tasdiqlangan hamkorlik to'g'risidagi "Yo'l xarita"sining 3.7-bandiga muvofiq TDSHUda ta'sis etilgan "Ogahiy stipendiyasi"ning ilk sohibasi bo'lgan 10-sinf oʻquvchimiz Saparboyeva Ziyodaga kuni kecha 3 oylik stipendiya (har oyga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida - jami 2 million 466 ming so'm) naqd pul shaklida tantanali ravishda topshirildi. Taqdirlash jarayonida ishtirokchilar stipendiantga o'qish va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar va o'z navbatida Ziyoda bunday ishonch uchun o'z minnatdorchiligini izhor etib, bu rag'bat uni yanada katta marralarni zabt qilishga chorlashini bildirdi.

Shuningdek, mamnuniyat bilan ma'lum qilamizki, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Ogahiy stipendiyasi"ning 2022-yil yanvar-fevral-mart oylari uchun nomzodni aniqlash uchun maktabimizda o'tkazilgan tanlovda 10-sinfning yana bir iqtidorli o'quvchisi Ravshanbekova Gulmira g'alabani qo'lga kiritdi va bu haqdagi qaror TDSHU rahbariyatiga taqdim qilinib, stipendiyaning navbatdagi nomzodi sifatida tavsiya etildi.

Dilbandlarimizni tabriklaymiz, qutlaymiz!!!
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#Bizda_izlanib_va_àlo_òqib_stipendiya_olish_mumkin

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'rtasida tasdiqlangan hamkorlik to'g'risidagi "Yo'l xarita"sining 3.7-bandiga muvofiq TDSHUda ta'sis etilgan "Ogahiy stipendiyasi"ning navbatdagi sohibasi bo'lgan 10-sinf oʻquvchimiz Ravshanbekova Gulmiraga bugun, 2022-yilning 2-aprel kuni 3 oylik stipendiya (har oyga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida - jami 2 million 466 ming so'm) naqd pul shaklida tantanali ravishda topshirildi. Taqdirlash jarayonida maktab direktori S. Abdullayev, ustoz M. Abdurahmonov, IFBDO' Sh. G'ulomova, MMIBDO' B. Sadullayevlar stipendiantga o'qish va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

Qani ko'raylik-chi, TDSHUning "Ogahiy stipendiyasi" uchun Ogahiy nomidagi ijod maktabida yaqin kunlarda o'tkaziladigan navbatdagi tanlovda kim g'olib bo'larkan?

Кanalga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Xushxabar
#bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi qoshidagi Respublika "QIZLARJON" klubi hamda "EZGULIK" gazetasi hamkorligida "O'zbekistonim" nomli ijodiy tanlovini e'lon qilgan edi. Ijodiy ishlar hakamlar hay'ati  tomonidan baholandi.
Unga ko'ra "Eng yaxshi hikoya" yo'nalishi bo'yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi, maktabimizda faoliyat ko'rsatayotgan Jumanazar Yo'ldosh rahbarligidagi "Ijodiy to'garak" a'zosi Nurmamatova Oygul o'zining "Yangi nafas" hikoyasi bilan birinchi o'rinni egalladi.

   Gʻolib o'quvchimizni  tabriklaymiz!  Quvonarlisi, uning ijodiy ishi "Ezgulik" gazetasining keyingi sonida nashr etiladi. Diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o'quvchisi Rajabova Bibinur :

🌐Peace Pals International tashkiloti Unity Earth bilan hamkorlikda dunyo bo'ylab o'tkazilgan Peace Pals International Art Exhibition xalqaro tanlovida o'zining "May Peace Prevail On Earth" - "Yer yuzida tinchlik hukmron bo'lsin" mavzusida chizgan rasmi bilan Ishtirok etib, xalqaro darajadagi SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.

📌Shu bilan birga, Bibinurga Xalqaro tashkilotning barcha tanlovlarida ishtirok etish imtiyozi berildi.

Yuqorida 👆👆👆 Bibinur Rajabovaning sertifikatini ko'rishingiz va tanlovga chizgan rasmidan bahramand bo'lishingiz mumkin.

—————
O'quvchilarimizning eng yangi yutuqlari birinchi bo'lib
bizning kanalda👇
Kanalga ulanish uchun👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Yosh_jurnalist
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash" to‘garagi a'zosi, 11-"B" sinf o‘quvchisi Otaboyeva Asaloy ustozlardan olgan bilimlari asosida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan TTV telekanalida o‘zini jamoatchi muxbir sifatida sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

🎬 Ushbu video lavha va ko‘rsatuvlarni tomosha qilib, intiluvchan va iste'dodli o‘quvchimizning mahoratiga baho berishingiz mumkin.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#Respublika_bosqichiga_yòllanma

⭐️Bugun “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali viloyat bosqichi o‘tkazildi

6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor yoshlar o‘rtasida madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidor egalari uchun
Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi binosida "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiy festivali tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🔸Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabidan iste'dodli o'quvchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Jumladan:

➡️ Tanlov yakuniga ko‘ra Nasr yo‘nalishi ishtirokchilari 8-"B" sinf o‘quvchisi Nurmamatova Oygul 🥇1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 8-"A" sinf o‘quvchisi Saparboyeva Nilufar 🥉3-o‘ringa munosib ko‘rilib, hakamlar e'tirofiga sazovor bo‘ldi.

👏 G‘oliblikka erishgan o‘quvchilarimizni qutlaymiz.
Respublika bosqichida Oygulga omad va g'alabalar tilaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Yana_Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#Respublika_bosqichiga_yòllanma

⭐️ “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali viloyat bosqichi  o‘tkazildi

🔹6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor yoshlar o‘rtasida madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidor egalari uchun Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi binosida "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiy festivali tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🔸Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabidan iste'dodli o'quvchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.


➡️ Tanlov yakuniga ko‘ra Nazm yo‘nalishi ishtirokchisi 8-"A" sinf o‘quvchisi Rustamboyeva Nigina🥇1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

👏 G‘oliblikka erishgan o‘quvchimizni qutlaymiz.
Respublika bosqichida Niginaga omad va g'alabalar tilaymiz.


Ogahiy ijod maktabi rasmiy axborot sahifalari

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

🔰 Hozirgi kunga kelib yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishlari uchun ko'p tillarni bilish zarur. Ayniqsa, ingliz tiliga bo‘lgan e'tibor judayam katta. Ogahiy nomidagi ijod maktabida ham bilimdon o‘quvchilarimiz bisyor.

➡️ Navbatdagi bilimdonlarimiz bildirilgan ishonchni ortig‘i bilan oqlab hammani xushnud qilishdi.


10-"B" sinf o‘quvchisi Yangiboyeva Nurhayot
10-"A" sinf o‘quvchisi Ibragimova Farangiz
10-"A" sinf o‘quvchisi Atajonova Hulkaroylar
CEFR C1 SERTIFIKAT ini qo'lga kiritishdi.
11-"B" sinf o‘quvchisi Qilichova Ruxsora CEFR B2 SERTIFIKAT ini qo'lga kiritdi.

🟠 O‘quvchilarimizning yaxshi natijaga erishishida jonbozlik ko'rsatgan maktabning ingliz tili fani o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#Tarix

🔰O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakani baholash agentligi tomonidan yaqinda o'tkazilgan imtihon natijalari e'lon qilinib, unga ko'ra Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi Bahodirova Mushtariybonu tarix fanidan muvaffaqiyatli ko'rsatgichni qayd qildi va navbatdagi SERTIFIKAT egasiga aylandi.

Faxr bilan aytish joizki, Mushtariybonu shu kungacha Bilim va malakani baholash agentligi imtihonlarining ona tili va adabiyot fanidan hamda ingliz tili fanidan xalqaro IELTS SERTIFIKATlarni o'qituvchilarimiiz bergan bilimlari va o'z tirishqoqligi sababli qo'lga kiritgan edi. Bu esa uning uchinchi sertifikati bo'ldi.

👏 O‘quvchimizning bunday yuqori natijaga erishishida jonbozlik ko'rsatgan barcha ustozlarimizga va Mushtariybonuning ota-onasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

@yangidavr_rasmiy


#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

🔸Kuni kecha Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Raximov ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.  Tadbirga oʻqish va ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, oʻzining yuksak bilimi va salohiyati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga  munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol yoshlar taklif qilindi.

Uchrashuvda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchisi, "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sohibi Javohir Karimov ham ishtirok etib, o'zining fikr va ahamiyatli takliflarini bildirdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Yangi_yilda_yangi_marralar_sari
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

Yangi yilning birinchi o'qish kuni xushxabarlar bilan boshlandi!!!

🔰 Hozirgi kunga kelib yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishlari uchun ko'p tillarni bilish zarur. Ayniqsa, ingliz tiliga bo‘lgan e'tibor judayam katta. Ogahiy nomidagi ijod maktabida ham bilimdon o‘quvchilarimiz bisyor.

➡️ Navbatdagi bilimdonlarimiz
bilan tanishing!!!

11-"B" sinf o‘quvchisi Otaboyeva Asaloy
11-"B" sinf o‘quvchisi Rajabova Gulsanam
11-"A" sinf o‘quvchisi Og‘ajonova Dinora
11-"A" sinf o‘quvchisi Mavlonova Rayxonoylar CEFR B2 SERTIFIKAT ini qo'lga kiritdilar.

🟠 O‘quvchilarimizning yaxshi natijaga erishishida jonbozlik ko'rsatgan maktabning ingliz tili fani o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz.

Bizni ijtimoiy sahifalarimiz
👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌