Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
#POCHTACHI. #NAVRÒZGA_MAKTUBLARIM ASSALOMU ALEYKUM, HURMATLI XAT YO’LLOVCHIM! O’ylaymanki, siz meni hali unutmagansiz? Men bahor ayyomining eng go'zal bayrami, Navro'z shodiyonasi arafasida aynan sizga kerakligim uchun yana shu yerdaman.Yaqinlaringiz, sizni…
#NAVRÒZ
#XATNOMALAR_HAFTALIGI

Assalomu alaykum hurmatli obunachilarimiz. Barchangizni yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan Navro'z ayyomi bilan muborakbod qilamiz. Bayram mubosabati bilan "Navro'zga tabriklar" xatnomalar haftaligi loyihasini e'lon qilgan edik. Ushbu loyihamizda o‘quvchilarimiz faol qatnashib o‘z tilaklarini va tabriklarini maktabimiz pedagog ustozlariga yo‘llashgan.

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NAVRÒZ
#BAYRAM_XATNOMALARI

Qadrli Samadova Nilufar ustozga!
Assalomu alaykum, hurmatli va onam kabi mehribon ustozim.Sizni kirib kelgan 21-mart "Navro'z"bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizga uzoq umr baxt va sog'lik tilayman. Har doim kulib yuring. Ko'zingizdan nur, labingizdan kulgu arimasin. Oilangiz va bizning baxtimizga har doim sog' bo‘ling. Siz mening dunyodagi eng zo'r, ajoyib, mehribon ustozimsiz... Sizni juda yaxshi ko'raman.

: Hurmat bilan o‘quvchingiz Vapoyeva Dinora
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NAVRÒZ
#BAYRAM_XATNOMALARI
Qadrli G'ulomova Shoira ustozga!

Assalomu alaykum qadrli ustozim. Siz menga onam kabi mehribonsiz. Sizni menga uchratgani uchun Allhomga mingdan-ming rahmatlar aytaman. Sizni kirib kelgan Navro'z-yangilanish va yasharish bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ko'plab bayramlarni ko'rishingizga tilakdoshman. Sizni har ko'rganimda, ovozingizni eshitganimda men rohatlannman. Sizni har bir aytgan gapingiz hayot zarvaraqlarimdan o‘rin egallagan. Har doim bahor kabi go'zal bo‘lib yurishingizni xohlayman. Shuningdek, yaqinlaringiz bilan ko'plab bayramlarni nishonlashingizga tilakdoshman.

: Sevimli ustozim Shoira ustozga o‘quvchisi Davronbekova Feruzadan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NAVRÒZ
#BAYRAM_XATNOMALARI
NAVRO'ZDA SIZGA

Nafis gullar ifori,
Alvon gullar chiroyi.
Va qalbingizdagi quvonch,
Rayhon gulidek o‘tkir ifor.
O‘n million,yuz million va cheksiz baxt
Zamin chiroyini tilab qolaman.

Barcha maktabimizdagi ustozlarimizga bayram muborak bo‘lsin!

: Rahmonberganov Mirjalol,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NAVRÒZ
#BAYRAM_XATNOMALARI

Assalomu alaykum ertangimiz umidlarini, yosh nihollarimizni yetishtirayotgan fidoyilar. Barchangizni yaqinlashib kelayotgan yasharish-yangilanish bayrami Navro'zi olam bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizga tinch yurt, musaffo osmon ostida, mazmunli, barokatli hayot, hamda mas'ulyatli kasbingizda kuch-quvvat tilayman. Yurtimiz rivojiga qo'shayotgan xayrli ishingiz bardavom bo'lsin. Yuzingizdan bahoriy kayfiyat, qalbingizdan bayram shukuhi arimasin!

:Mavluda Sobirova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi Sunnatulla Rajabovning onasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XUSHXABAR
#BAYRAMGA_MUNOSIB_TUHFA

📚 YANGI KITOB

📌 Toshkentdagi "Yashil yaproq" NMU nashriyoti tomonidan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"B" sinf ijodkor oʻquvchisi Sunnatulla Rajabov ( Jaloliy )ning "NURAFSHON SO'Z" nomli ilk kitobi chop etildi.
Biz Sunnatulla va ota-onasini, jamoamizni hamda barcha ijod ahlini kutilgan ushbu dilbar bayoz bilan qalban, samimiy va shodiyona muborakbod qilamiz.

🎉 Tabriklaymiz, qutlaymiz!!!

Sunnatulla Rajabovning yangi "NURAFSHON SO'Z" kitobining taqdimoti bahorgi ta'til tugab, o'qish jarayonlari boshlangach Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'tkaziladi.



O'quvchilarimizning eng yangi yutuqlari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#YASHIL_YAPROQ_NASHRIYOTIDA
#YANGI_NASHR

"Yashil yaproq" nashr-matbaa uyi tomonidan yangi nashr

"NURAFSHON SO'Z"
she'rlar, g'azallar to'plami

✍️Muallif : Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"B" sinf o'quvchisi Sunnatulla Rajabov
📎Janri : she'rlar, g'azallar 📗Muqova : yumshoq 📚 Tiraji : 100 Yozuvi : lotin alifbosida
📌Yili : 2022
📇Joyi : Toshkent shahri

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Yonaman (g'azal)

Yonaman, ko'p yonaman, lek yonishimdan tonaman,
Bul ishimdin hayronaman, sahrodaman, sarsonaman.

Dilda ko'pdur g'am-alam, hech ko'rmadim yordin karam,
Tutdi maydin jomi jam, shundin beri devonaman.

Chashmadek tinmas ko'zim, ishq angabin totdi so'zim,
O'tsa yor birla ro'zim parvonaman, parvonaman.

Ko'p erur haq nosiho, ishq ahli bul dahra hayo,
Lek erur dil jonfizo, kuyinmayin, bul jona man.

Ishqi yo'q dil behadaf, ishq ichrakim misli sadaf,
Ishqda yo'q hech hamki naf, deb aytsalar ko'p yonaman.

Bilki doim ey Jaloliy, yon agar bo'lsang valiy,
O'zga ishqin qil nariy, bormoqchiman rizvona man.

* * * * *

Abdulla O'rozboyev g'azaliga muxammas


Jonni na oromi bor, ko'ngulni na najjori bor,
Balki man suygan suzuk ko'zlarni o'zga yori bor,
Qil pariy ogoh manim, qalbingni qay asrori bor,
Bormi aytar qilsa maftun bir pariy qay sori bor,
Kim bilarkim, ul pariy xaylin ne makr-u kori bor.

Bul yurak sarhadlarin olgan emish makkoralar,
Ul go‘zalning zoridin bo‘lmoqdaman ming poralar,
Emdi sargardon dilimdin bir qaro gard oralar,
Ey habib, dil gardima ko'z yoshim ermas choralar,
Ey tabib, bul dardima topsang degil ne dori bor.
-v- -)(-v- -)(-v- -)(-v-)

Yor-birodardin ayirding, bundayin netding manga,
Hammadin bo'ldim judo lek sen o'zing yetding manga,
Bir go'zal bog'lar aro xub so'zni deb ketding manga,
Ey raqib, sen ko'p paripaykarni vasf etding manga,
Ul parivashda o'shal xislat, fazilat , bori  bor.

Toq o'tish imkoni yo'qdir ishq-muhabbat rohidan,
Ul pariyvash qildi olis  tunlarim o'z mohidan,
Shunda ham bordim kulib, oshib alamlar tog'idan,
Necha bor "bor, bor" debon quvgay meni dargohidan,
Yo'q ajab, o'z qavmi ichra odamiydan ori bor.

Qandayin og‘ir bo‘lur ishqingni qilmaklik ayon,
Bo‘lsa gar ishqim ayon, bul tanni man ko‘mgum qayon,
Ul suluv toq ketsa gar, qolarmi  maydan bir hayon,
Vasfida imkoni yo‘q, qilsam barin bir bir bayon
Jumladan, qo'sh sho'x g'izol, muhlik muanbar mori bor.

Man muhabbatsiz hayotdin doimo tong'an edim,
Gohi ishq o'ti(y)da Ibrohim kibi yong'an edim,
Gohi hijron zarbina sabrim yetolmasmu, dedim,
Man bahor ayyomi-yu, yoz fasli zavqin bilmadim,
Kuz ko'zim ko'rmay xazon, sezmadim qish qori bor.

Ketsa ketding tog'ni oshib, qo'ymading o'zdin nari,
Dilni kul etmoqdadur yongan muhabbat axgari,
Qo'lni xardek qiynading topmay halovat, oxiri
Sen g'azal bitding o'zincha banda aylab bir pari,
Bil, vale sendan ziyod solih salaf ash'ori bor.


* * * * *
Alliteratsiya (Tavze)

Sabo


Sabo sodiq, sirni sotmas sekingina,
Sabo siddiq so‘zlaydi soz, sokingina.
Sabo sayyod sayyorani sirin saqlar,
Sabo sarson, sabo sipo salqingina.

Sabo soldi sayyoraga, sayyoraga soz-u sarvat,
Soldi san‘at sanaluvchi sarbast san‘at.
Samarsizdur sarvatlarsiz sizdagi so‘z,
So‘z sohibi so‘zdan solur sur saltanat.


Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"B" sinf o'quvchisi Sunnatulla Rajabov (Jaloliy)ning "NURAFSHON SO'Z" ilk kitobidan olindi

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Orif...

Uyg'onguvchi bog'larni kezdim,
Topa olmadim ammo o'zinggiz.
Lolazorga yuzimni burdim,
Iforlarla keldi, ruhinggiz...
Sizsiz hatto bahor ham g'arib,
Bulbullar ham qoldi, axtarib
Abdulla Orif.

Buyuk edi yuragi shaksiz,
Sevgisi ham...ammo javobsiz.
Balki edi, shu sabab kuyuk,
Misralari diltortar suyuk.
Majnun kabi ishqiga g'arib
Laylilar ham qoldi, axtarib
Abdulla Orif.

Sahro so'qmog'ida yurganida jim,
Bir do'st kelib, tutmasa qo'lin.
Boray! desam, armonlar uzun,
Xayollarim ojiz va tutqun,
Chin do'st izlab shoh, ammo g'arib,
Do'stlari kech qoldi, axtarib...
Abdulla Orif.

Vatanini jonidek suydi,
Sharafidek, shonidek suydi.
Ona yurtin kuyladi, yondi,
Shuuri-la madhiga soldi.
Madhiyamiz baytida qolib,
Aslardan o'tarsiz g'olib
Abdulla Orif...

20.03.2021y
Zulfiya To'liyevna

Ogahiy ijod maktabi 7-"A" sinf o'quvchisi Otaboyeva Mumtozxonning onasi

🟥 Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM