Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.6K photos
2.45K videos
311 files
7.62K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Yangi_kitob_taqdimoti
#Sohir_sòzga_muhabbat
#Ravshanbekova_Gulmira
( 1-qism)
2021-yil 29-aprel kuni Ogahiy ijod maktabi jamoasi yana bir shodiyona kunning guvohi bo‘lishdi. Ijod maktabimizning 9-sinf o’quvchisi Ravshanbekova Gulmiraning “
Sohir so’zga muhabbat” kitobining taqdimoti maktab jamoasi uchun katta bayramga aylandi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Tadbirni maktab direktori S. Abdullayev kirish so’zi bilan ochib berdi. Gulmirani tabriklash uchun Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi boshlig’I Gavhar Ibodullayeva tashrif buyurdilar va o’zlarining samimiy dil izhorlarini bayon etdilar. Gulmiraning keying ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tiladilar. Gavhar opa tomonidan aytilgan quvonchli xabar barchani to’lqinlantirib yubordi, ya’ni Gulmiraning nomzodi ham Zomin seminarining saralash bosqichidan o’tib, Nukus shahrida o’tkaziladigan hududiy tanlovga taklif etilganligi hammaga yanada quvonch lahzalarini in’om etdi. So’z navbati Yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi Shoira Shamsga berildi. Gulmiraning she’riy to’plami ushbu ardoqli shoiramizning tahriri ostida nashr qilingan. Shoira Shams ham Gulmiraning she’rlarida yaqqol sezilib turgan Vatanga, ona tilimizga, buyuk insonlarga bo’lgan muhabbatning tahsinlarga loyiq ekanligini e’tirof etdilar. "Xiva tongi" gazetasi bosh muharriri Sherjon Masharipov, elimizning taniqli va ardoqli shoiri Otabek Ismoilovlar ham o'quvchilarimiz salohiyatini, iqtidorini juda qadrlashini ta'kidlab, ijod maktabi jamoasini ushbu yutuq bilan muborakbod etdilar. Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Madina Matyaqubova ham Gulmiraning iste’dodiga yuqori baho berib, kelgusi faoliyatida ijodiy parvozlar tiladi. 9-sinf o’quvchilarining dugonalariga samimiy dil izhorlari hamda Gulmira ijodidan o’qigan she’rlari davraga haqiqiy fayz kiritdi. Tadbirga tashrif buyurgan Gulmiraning oila a’zolari ham ushbu e’tibor va e’tirofdan juda xursand bo’ldilar hamda o’z minnatdorchiliklarini izhor etdilar. Tadbir so’ngida Gulmira ustozlariga o’z minnatdorchiligini va dil so’zlarini izhor etdi hamda maktab kutubxonasiga o"zining yangi kitobidan bir nechtasini sovg'a qildi. Maktab direktori S. Abdullayev jamoamiz nomidan Gulmiraga esdalik sovg’alarini topshirdi. Ushbu tadbir o’quvchilarimiz uchun juda ko’tarinki motivatsiya baxsh etdi. Albatta, ijod maktabi o’quvchilari orasidan kelajakda juda buyuk qalam egalari yetishib chiqishiga ishonamiz!
Barcha qalamga do’st tutingan ijodkor yoshlarimizga omadlar, zafarlar, yutuqlar tilab qolamiz!
Siz bizning yorqin umidlarga yo’g’rilgan kelajagimizsiz, aziz yoshlar!

#Ogahiy_ijod_maktabi