#Bahor_ilhomlari
#Ijod_zavqi
Qabrdan xabar
(Fantastik hikoya)
Qirq yoshlar atrofidagi Anna xonimning eri behosdan yo'qolib qoladi. Biroq chamasi ikki oylar o'tganidan keyin uning murdasi qandaydir laboratoriyadan topiladi. Aniqlanishicha, uning organizmiga fanga noma'lum bo'lgan virus yuqib o'lgan ekan. Ekspertlar uni tezda ust boshi bilan birga yerga ko'mib tashlashdi. Bir muddat vaqtlar o'tganidan keyin Anna xonimning telefoniga erining telefonidan smslar kela boshlaydi. Ularda bitta manzil ko'rsatilgan bo'lib qayta-qayta yuborilayotgan edi. Anna bu xabarlardan juda qo'rqib ketadi. Chunki erini ko'mishayotganida telefonini ham ko'mib yuborishgan edilar. Xabarlar narigi dunyodan yuborilayapti deb qo'rqib ketgan Anna xonim, oldin politsiyaning, so'ngra cherkovdagi rohibning huzuriga boradi. Politsiya uning arizasini asosli deb topmay, unga yordam bera olmaydi. Dinni o'ziga peshvo qilib olgan soxta rohib esa unga quyidagi so'zlarni aytdi: "Menimcha eringizni sizga aytadigan qandaydir gaplari bo'lgan, shu gapni aytolmay xali ham ruhi bezovtaga o'xshaydi". Rohibning bu gaplaridan Anna xonim xushidan ketib qoladi. Ko'zlarini ochib qarasa, hamma yoq oppoq. Hamma joyidan ignalar sanchib tashlangan. O'rnidan sal turib qarasa shifoxonada ekan. Birdan uning boshiga bir narsa urilganday telefoni yodiga tushadi. U atrofga qaragancha telefonini izlay ketadi. Bir mahal eshikdan boshiga oq do'ppi kiyib olgan, hamshira qiz kirib keladi. Hamshira undan "nima bo'ldi opa?" deb so'raydi. U "tel... tele...telefonim" deb duduqlangancha telefonini so'ray boshlaydi. Hamshira "mana telefoningiz, shuni qidirayapsizmi?" deb telefonni uzatadi. Anna barmoqlari titragan xolda uni qo'liga olib qarasa erining telefonidan 180 ta sms xabar kelgan ekan. U xabarlarni o'qimasdan oldin qo'li qaltirab telefonini yerga tushirib yuboradi. Keyin telefonini olib tashqariga yugurib ketadi. Hamshira uning ketidan "to'xtang... hali tuzalmagansiz" deya qichqirib qolaveradi. U tashqariga chiqib yon atrofga qaraydi. Birdan uning yoniga bitta sariq taksi mashinasi kelib "opa taksi kerakmi?" deb so'raydi. U "ha, ha" deb tezda mashinaga o'tiradi. Haydovchi taxminan 55 yoshlardagi erkak kishi edi. U "singlim qayerga boramiz?" deb so'raydi. Anna uy manzilini aytadi. Uyiga yetib kelsa uyning eshigi qulflangan ekan. U cho'ntagiga qo'lini tiqib kalitini oladida, eshigining qulfini ochishga harakat qiladi. U qayta-qayta burab ko'radi baribir ochilmaydi. Nima bo'lganini tushunmay turganida, yoniga bitta kampir kelib "qizim, bu uy sotilgan" deb aytadi. Anna "axir bu mening uyim-ku, nega sotiladi?" deb xavotirga tushadi. Kampir "bu uyda ancha yillardan buyon hech kim yashamayotgan edi...qizim" deb aytadi. Boshi qotib qolgan Anna hech narsa deyolmay jim qolaverdi. Keyin kampir undan nariroqqa ketib qoladi. Anna esa kimgadir qo'ng'iroq qila boshlaydi. Lekin operator bu raqam o'chirilgan deb aytadi. U kimga qo'ng'iroq qilsa ham o'chirilgan, o'chirilgan va yana o'chirilgan. Nima qilishini bilmay turgan Annaning telefoniga yana erining raqamidan xabar keladi. Unda bu safar boshqa manzil ko'rsatilgan va shu yerga keling deb aytilgan edi. U noiloj ko'rsatilgan manzilga yo'l oladi. U yerga borib qarasa qandaydir tashlandiq laboratoriyani ko'radi. Uning ichiga kirsa, chiroqlar lipillab yonib turibdi. Birdan uning qulog'iga qandaydir ovoz eshitiladi. Qo'rqayotgan bo'lsada shu ovoz tomonga qarab harakatlana boshlaydi. Yo'lakning oxiriga yaqinlashganida, u yerda qora kamzul kiygan bitta kishi orqasiga qaragancha turardi. U kishi "Anna, kelaver" deb aytadi. Anna titragan ovozda " kimsiz? Ismimni qayerdan bilasiz?" deb so'raydi. Keyin u odam orqasiga qarab "men eringning yaqin do'sti edim" deb aytadi. Anna "eringning deysizmi?" deb so'raydi. U odam esa asta bosh irg'itib qo'yadi. So'ngra Anna uning yoniga sekin yaqinlashadi. Undan "erim bilan qanday tanishsiz?" deb so'raydi.

#bahor_ilhomlari
#ijod_zavqi
***
Quyosh, sening nurlaring erka,
Bahor, sening taftingni sezdim.
Kuy uyg'onar – egizdir senga,
Vujudimda iliqlik kezdi.
Odamlarning shodligi ortiq,
Bahor, sening mehringdandir bu.
Go‘zal gullar qilding-ku tortiq,
Sening ajib sehringdandir bu.
Gulday qizlar charx urar xandon,
Yigitlarning ko'zlari quvnar.
Bu go'zallik qilar aql lol,
Toza baxtlar qalblarni chulg'ar.
Kamol topar ezgu niyatlar,
Ezgu so'zlar, ezgu amallar.
Bu qadim yurt bahorday totlig'
Uni sevar qutlug‘ odamlar.
✍: Jumanazar Yo‘ldosh,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Nasr" to‘garagi rahbari
Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#IJOD_ZAVQI
HAQIQATIM
Kulsam kulibman-da bir o'zim uchun,
Armonga ko'may, deb bo'lma hech halak.
Buncha parishonsan, bunchalik nechun?
Aytgin, nima kerak g'amimdan bo'lak?
Tabassum shunchaki bir qiziqishim,
Jiddiy olmoq mushkul balki hayotni.
Ortsin, ortaversin bisyor tashvishim,
Xotirda saqlayman abad bayotni.
Endi beparvoman, ha, sal bexotir,
Ko'ksimga botmaydi endi nafrating.
Balki tark etgancha dilni xavotir
Erish tuyiladi menga hasrating.
Bo'ldi, bas! Sabrimni sinama hayot!
Tutqazay qo'lingga hayot tilsimin.
Endi tortaverar bu daydi xayol
Dilga o'yib yozib bu dardning ismin...
29.03.2022
!:Ro'zmatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇

AYT DENGIZ
Ayt Dengiz,
Buncha ko'p g'amni so'ylaysan,
Oromtalab qalbing topmas halovat.
Ne uchundir yonib, jo'shqin kuylaysan,
Viqoring beradi dilga harorat.
Ayt Dengiz,
Buzdi kim osoyish qalbing,
Qirg'oqqa bosh urib ovunmoqdasan.
Mana men tinglayman, sen so'zla darding,
Nega orzulardan sovumoqdasan.
Ayt Dengiz,
Taqdirga sochmayin g'azab,
G'am, tashvish, o'ylaring barini butkul.
Eski xotirlarni bitta-bittalab
Nahot unutmoqlik shunchalar mushkul.
Ayt Dengiz,
Yomg'irli kunlardan keyin,
Quyosh nurlariga ko'z qamashmas-mu?
Oyning o'n beshi ham yorug' kun sayin,
Shunda baxt sen bilan yuz ko'rishmas-mu?
Ayt Dengiz,
Dunyoda betashvish yurgan,
Inson bor ekanmi, bo'lsa gar qani?
Har kim o'zi uchun baxt qasrin qurgan,
Ko'rimsiz kulbada yashaydi asli.
Ayt Dengiz,
Sabr-la yashamoqlikka,
Ko'nika olmas-mu, bu unsiz yurak.
Yo xatoni yo'yib shoshqaloqlikka,
Hayotni yangitdan boshlamoq kerak...
✍:Ro'zmatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

MEN O‘ZGA DUNYOMAN
Men oʻzga dunyoman, yerga begona,
Samolardan baland mening maskanim.
Koʻnglim undan baland bitta pogʻona,
Baxtlarga madhiya boʻlar aytganim.
Xazonlarni erkalayman bahor guliday,
Koʻzimga surtaman alvon barglarin.
Xazon boʻlishsa gar ularda ne ayb?
Mayli-da, iforsiz boʻlsa-da boʻlsin!
Tonggi shamollarga chiqaman peshvoz,
Yuzimga urilar umid uchquni.
Orzudan oʻzimga yasayman qanot,
Ne qilay, bu koʻngil tusaydi shuni!
Sevaman qorongʻi nursiz tunni ham,
Kundan koʻra yorugʻ koʻrinar menga.
Yulduzlarga uzoqligim qiladi alam
"Oyga eltgin",- deya aytaman yelga!
Tushlar ham oʻngimdan azizroq menga,
Unda istaklarning barisi vojib.
Imkonsiz baxtlarni menga tush bergan,
Oʻngim-chi bir zumda bo‘ladi gʻoyib!
Men oʻzga dunyoman, yerga begona...
✍: Hilola Jumanazarova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

#NAZM
* * * * * * *
Hech kimga o'xshagim kelmaydi,
Har doim telbadek yuraman.
Mehrdan iymanib, to'lg'onib
Ba'zida "she'r" yozib turaman.
Daliga mengzaydi hayotim,
Hayotim bir marom ketmaydi.
Men shunday yashashni xohlayman,
Hech kimga o'xshagim kelmaydi.
✍: Baxtiyorov Jahongir,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇

BADIIYLIK INTIHOSI
Bir qo‘shiq yodlasam, kuylatadigan,
Ezgin ko‘ngillarga qilsam xirgoyi.
Sovisa ko'ngilning mungli ovozi,
Jim qolsa suvlarning tushovsiz loyi.
Birda aktyor bo‘lsam, kuldiradigan,
Ko‘rganlar kulgidan to‘xtay olmasin.
Baxtiyor orzular kaliti bo‘lib,
Meni ko‘rganlarda qayg‘u qolmasin.
Bir doston o‘qisam, ochilib dillar,
Ruhiyatlar oziq olsa to‘yinib.
Dunyoda "ochlik"da hech kim qolmasa,
Insonlar yursalar g‘amsiz, suyunib.
Bunday badiiyatning qudratini gar,
Ko‘tara olmasam, kechir, volidam!
Qizing-ku eng buyuk san'atkor bo‘ldi,
U butkul ajraldi halovatidan.
✍: Mohichehra Qadamova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#NAZM
BADIIYLIK INTIHOSI
Bir qo‘shiq yodlasam, kuylatadigan,
Ezgin ko‘ngillarga qilsam xirgoyi.
Sovisa ko'ngilning mungli ovozi,
Jim qolsa suvlarning tushovsiz loyi.
Birda aktyor bo‘lsam, kuldiradigan,
Ko‘rganlar kulgidan to‘xtay olmasin.
Baxtiyor orzular kaliti bo‘lib,
Meni ko‘rganlarda qayg‘u qolmasin.
Bir doston o‘qisam, ochilib dillar,
Ruhiyatlar oziq olsa to‘yinib.
Dunyoda "ochlik"da hech kim qolmasa,
Insonlar yursalar g‘amsiz, suyunib.
Bunday badiiyatning qudratini gar,
Ko‘tara olmasam, kechir, volidam!
Qizing-ku eng buyuk san'atkor bo‘ldi,
U butkul ajraldi halovatidan.
✍: Mohichehra Qadamova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#IJOD_ZAVQI
#NAZM
***
Dil nedandir kemtik, o‘ksinar tunlar,
Shod ko‘ringan niqob ortida g‘am bor.
Balki bitilmagan she‘rlar faryodi
Ichimni timdalar takror va takror.
Ko‘nglim dengizida yuzlab she‘rlarim
Tug‘ildi-yu, ammo bitilmadi hech.
Oqqa tushirmoqni tuyib qalbimga
Oromim unutib uyg‘oqman bu kech...
22.07.22
22:47
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari bizning telegram kanalda:
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
🟥https://t.iss.one/Muxlisa_Dilshodbekovna
#NAZM
***
Dil nedandir kemtik, o‘ksinar tunlar,
Shod ko‘ringan niqob ortida g‘am bor.
Balki bitilmagan she‘rlar faryodi
Ichimni timdalar takror va takror.
Ko‘nglim dengizida yuzlab she‘rlarim
Tug‘ildi-yu, ammo bitilmadi hech.
Oqqa tushirmoqni tuyib qalbimga
Oromim unutib uyg‘oqman bu kech...
22.07.22
22:47
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari bizning telegram kanalda:
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
🟥https://t.iss.one/Muxlisa_Dilshodbekovna
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
#IJOD_ZAVQI
#NAZM
Baxtning qizi
Oh, qalbim bunchalar yonmasang otash misoli
Taftingdan jizg‘anak bo‘ladi jonim.
Ne qilay, ne deyay senga men yana
Axir, she‘r-la baxtga to‘ladi jonim.
Eng katta baxtimiz shudir aslida,
Dardimizni to‘kib sochish qog‘ozga.
Shu sabab tonglar ham kuladi bizga
Shu sabab bahor ham aylanmas kuzga.
Ruhimda kezadi baxt va muhabbat,
So‘zga sevgim eltdi dilni samoga.
O‘ksisam hamisha yonimda, yodda
Hayotim rang-barang, to‘la ma‘noga!!!
She‘r ila aylandim shamsning qiziga
Bulutlar to‘solmas aslo yuzimni.
Shu ma‘vodan yangrar she‘rim ovozi
Yomg‘ir-la baralla aytay so‘zimni.
She‘r bitsam tunlar ham jo‘rovoz menga
So‘z-la sevinch mening hamrohim o‘zi.
G‘amlar yig‘lasinlar eshitib buni-
Baxtliman, sababi MEN- BAXTNING QIZI!!!
22.07.22
23:36
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari bizning telegram kanalda:
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
🟥https://t.iss.one/Muxlisa_Dilshodbekovna
#NAZM
Baxtning qizi
Oh, qalbim bunchalar yonmasang otash misoli
Taftingdan jizg‘anak bo‘ladi jonim.
Ne qilay, ne deyay senga men yana
Axir, she‘r-la baxtga to‘ladi jonim.
Eng katta baxtimiz shudir aslida,
Dardimizni to‘kib sochish qog‘ozga.
Shu sabab tonglar ham kuladi bizga
Shu sabab bahor ham aylanmas kuzga.
Ruhimda kezadi baxt va muhabbat,
So‘zga sevgim eltdi dilni samoga.
O‘ksisam hamisha yonimda, yodda
Hayotim rang-barang, to‘la ma‘noga!!!
She‘r ila aylandim shamsning qiziga
Bulutlar to‘solmas aslo yuzimni.
Shu ma‘vodan yangrar she‘rim ovozi
Yomg‘ir-la baralla aytay so‘zimni.
She‘r bitsam tunlar ham jo‘rovoz menga
So‘z-la sevinch mening hamrohim o‘zi.
G‘amlar yig‘lasinlar eshitib buni-
Baxtliman, sababi MEN- BAXTNING QIZI!!!
22.07.22
23:36
✍ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari bizning telegram kanalda:
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
🟥https://t.iss.one/Muxlisa_Dilshodbekovna
#Kuz_ilhomlari
#Ijod_zavqi
SENTABR
Sentabr...
Ayni kuz - xazonrez payti...
Tabiat koʻrkini xazonlar oldi.
Alamdan sargʻayib toʻkildi barglar,
Bitta yaproq qoldi,
Bir umid qoldi!
Ertadan ne umid?!
Erta - qahraton...
Uzilmagan bargning iddaosi ne?
Qishda kurtak ochmoq barglarga armon,
Agar nohaq boʻlsam,
Soʻzing yolgʻon, de!
Shamol isyon solar bir dam tinmayin,
Yomgʻirdan zaminning qaynoq koʻksi nam.
Oxir zarbalarga bardosh bermayin,
Uzildi soʻng umid,
Soʻnggi yaproq ham...
Sentabr...
Ayni kuz - xazonrez payti...
Bahorin intiqib kutmoqda bu jon.
Kuz kirgan xazonrez koʻnglim hurmati,
Eng soʻnggi umidni uzma, Xudojon...
Kuz kirgan xazonrez koʻnglim hurmati,
Eng soʻnggi umidni uzma, Xudojon!
🕰 27-sentabr. 2022-yil.
✍: Hilola Jumanazarova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy nomidagi ijod maktabini kuzatib borishingiz mumkin
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|