Ogahiy ijod maktabi
1.19K subscribers
31.6K photos
2.52K videos
313 files
7.92K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Navoiyxon_oʻquvchi
#Jarayon

🏢 Joriy yilning 9-aprel sanasida Urganch davlat universiteti O‘zbek Filologiya va san'at fakulteti hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda iqtidorli, iste'dodli o‘quvchilar uchun yangi loyiha "Navoiyxon o‘quvchi" koʻrik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📚 Tanlovni UrDU O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi kafedrasi o'qituvchilari Zebo Saidjonova va Zafarbek Yo‘ldoshev boshqarib bordilar.


✴️ O‘quvchilar uch (ruboiyni yoddan aytib berish, sharhlash va lug‘at) shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Tanlov jarayonida ishtirokchilarning o‘rganganliklari sinovdan o‘tkazildi.

🏆 Bellashuv yakuniga ko‘ra maktabning 9-"A" sinf o‘quvchisi Bardiyeva Ruxshona g‘olib deb topilib, barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
#Navoiyxon_oʻquvchi
#Jarayon

🏢 Joriy yilning 9-aprel sanasida Urganch davlat universiteti O‘zbek Filologiya va san'at fakulteti hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda iqtidorli, iste'dodli o‘quvchilar uchun yangi loyiha "Navoiyxon o‘quvchi" koʻrik-tanlovi jarayonidan foto lavhalar.
#Navoiyxon_oʻquvchi
#Jarayon

🏢 Joriy yilning 9-aprel sanasida Urganch davlat universiteti O‘zbek Filologiya va san'at fakulteti hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda iqtidorli, iste'dodli o‘quvchilar uchun yangi loyiha "Navoiyxon o‘quvchi" koʻrik-tanlovi jarayonidan foto lavhalar.
#VATAN_BÒYLAB_SAYOHAT
#JARAYON

📆 Aprel oyining 11-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi Xorun Muso boshchiligida 8-"B"sinf oʻquvchilari Xorazmning eng qadimiy tarixiy qadamjolaridan biri hisoblanmish Xiva shahrida joylashgan Ichan qal'a majmuasida joylashgan me'moriy yodgorliklarga sayohat tashkil etildi.

📸 O‘quvchilar tarixiy qadamjolarni kuzatish bilan birgalikda, chet ellik mehmonlar bilan suhbatlashib, esdalikka suratga ham tushib olishdi.

🏞 Sayohat jarayonida o'quvchilarimiz uchun Xorazm viloyati davlat qo‘g‘irchoq teatri tomonidan teatrlashtirilgan chiqishlar namoyishi ham ularning kayfiyatiga ko'tarinkilik baxsh etdi.
#Adabiyotshunoslik
#jarayon

🔴 Joriy yilning 23-aprel sanasida tarbiyachi-pedagog Madina Saparboyeva tomonidan "Majoziy obrazlar talqini" mavzusida navbatdagi Adabiyotshunoslik mashg‘uloti o‘tkazildi.


🟤 O‘quvchilarga majoz va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida nazariy maʼlumotlar berildi. O‘zbek adabiyotida yaratilgan badiiy asarlardagi qushlar, hayvonlar timsolida yaratilgan allegorik obrazlar, jumladan, "Zarbulmasal" asaridagi majoziy obrazlar tahlil qilindi.
#Jarayon
Bugun kasaba uyushmasi federatsiyasining 120 yillik yubileyi munosabati bilan O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi haftaligi doirasida uyushmasi a'zolari o'rtasida o'tkazilgan ZAKOVAT intellektual o'yinida maktabimizning "Ardaxiva" jamoasi munosib ishtirok qilib sovg'alar bilan taqdirlandi.Jamoamizga kelgusi zakovat o'yinlarda ham omadlar tilaymiz!
Kuch- bilim va tafakkurda!
#Jadid_namoyondalari
#Jarayon

🔸"Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

📍Joriy yilning 25-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi Saparboyeva Madina tomonidan 7-"B" sinf o‘quvchilariga “Jadidchilik - yangi uyg‘onish asosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

➡️ O‘quvchilarga jadidchilik yetakchilaridan bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot yo‘li va ijodiy merosi haqida maʼlumot berildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Adabiy_tadbir
#Jarayon

SHOIR MUHAMMAD YUSUFNING 71 YILLIGI KENG NISHONLANDI

📅 Aprel oyining 25-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oʻquvchi almashish dasturi" doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda shoir O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan "Hamisha barhayot asl shoirlar" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.


🔹Tadbirda maktab direktori v.v.b Nodirbek Abdullayev hafta davomida o‘tkazilgan jarayonlar, yangiliklar haqida so‘z yuritdi. Tadbir mehmonlari "Xiva tongi" gazetasi bosh muharriri Sherjon Masharipov va Xiva shahar axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan shoir xotirasiga iliq fikrlar bildirildi.

✳️ Shundan so‘ng Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ijod bo‘stoni, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, raqs va musiqiy chiqishlar, shoir Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan chiqishlar namoyish etildi.

❇️ Tadbir yakunida maktab ma'muriyati tomonidan o‘zining bilim-salohiyati, tashabbuskorligi, ijodiy tafakkuri, maktab doirasidagi loyihalarda faolligi uchun Muhammad Yusuf ijod maktabi ustoz va o‘quvchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.‌‌

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Adabiy_tadbir
#Jarayon

SHOIR MUHAMMAD YUSUFNING 71 YILLIGI KENG NISHONLANDI

📅 Aprel oyining 25-sanasida  Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oʻquvchi almashish dasturi" doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda shoir O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan "Hamisha barhayot asl shoirlar" nomli tadbir jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Adabiy_tadbir
#Jarayon

SHOIR MUHAMMAD YUSUFNING 71 YILLIGI KENG NISHONLANDI

📅 Aprel oyining 25-sanasida  Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oʻquvchi almashish dasturi" doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda shoir O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan "Hamisha barhayot asl shoirlar" nomli tadbir jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|