Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#HAMKORLIKDAGI_TÒGARAKLAR
#BIR_HAFTADA_BIR_KITOB

25-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlaridan so'ng 9-"A" sinf o'quvchilari Milliy Gvardiya Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan "Kamondan o'q otish" to'garagiga qatnashdilar. Maktabning ochiq sport majmuasida kamondan o'q otish mashqini Jumanazarova Shoxruza, Jumaniyozova Sarvinoz, Bahodirova Zarina, Bahodirova Komila, Bunyodova Parizodalar juda yaxshi bajarishga erishdilar.
So'ngra
hamkorlikdagi "Chavandozlik" to'garagiga ham faol qatnashib, o'quvchilar otda yurish ko'nikmasini hosil qildilar. Jarayon davomida Milliy gvardiyaning qo'riqchi itlari bilan ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi. It egasi bergan barcha topshiriqlarni puxta bajardi. O'quvchilar uning harakatlaridan hayratda qolishdi.
2- tushlikdan so'ng sinfda "Kitobxonlik va mutolaa soati" bo'ldi.
Unda Bahodirova Komila Chingiz Aytmatovning " Yuzma- yuz" qissasini taqdimot qilib berdi. Asarning bosh qahramoni Saida va Ismoillarning hayoti, asarning mohiyati va ahamiyati haqida gapirdi. O'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi.