Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.2K photos
2.43K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Online_test
#Xushxabar

Joriy yilning 15-fevral sanasida Prezident ta'lim muassasalari agentligining 26.01.2022 yil №04-75 sonli ko'rsatma xatining 6-bandiga asosan, agentlk tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o'quvchilari o'rtasida buyuk siymolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlangan online test sinovlari o'tkazildi. Testda Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-10 sinf o'quvchilarining barchasi faol ishtirok qilishdi. Quvonarlisi, ulardan ikkita iqtidorli o'quvchimiz 10-sinf Saparboyeva Ziyoda va 9-"B" sinf o'quvchisi Masharipova Asaloylar Respublika bo'yicha eng yuqori natijalardan birini, ya'ni 100 baldan 96 ball natijani qayd qildilar. Faqatgina testni ishlash vaqti hisobigagina 2- va 3-o'rinni egalladilar.
Bugungi onlayn testlar, nafaqat o'quvchilarning bilimini oshirishga o'zining yordamini beradi, balki, buyuk siymolarga, ularning asarlariga bo'lgan qiziqishini uyg'otadi.

Ogahiy ijod maktabi kanali:
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KINO_TIME

Joriy yil 15-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning kechki bo'sh vaqtida o'zbek va dunyo kinematografiyaning eng yaxshi asarlaridan biri, ssenariy muallifi va rejissyor: N. Abbosov tomonidan 2010-yilda tasvirga olingan "Abadiyat charxi" kino filmi namoyish etildi. Ushbu film syujetlarga boyligi ayniqsa, Xiva shahrida tasvirga olinganligi o‘quvchilarimizda o‘zgacha qiziqish uyg'otdi.

Bizning telegram kanal:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2022 yil 1⃣6⃣-fevral, chorshanba

BAYRAMLAR:

- 🇷🇺Rossiya Energetika vazirligi kuni
- 🇱🇹Litva davlatini tiklash kuni
- 🇮🇸Islandiyada Ayollar kuni

TARIXDA BUGUN:

- 1598 - Ispaniya inkvizitsiyasi Gollandiyaning barcha (!) Aholisiga o'lim jazosini berdi
- 1722 yil - Pyotr I taxt merosi to'g'risida farmon chiqardi
- 1862 yil - Qo'shma Shtatlardagi fuqarolar urushi paytida shimolliklar katta g'alabaga erishdilar.
- 1923 - Xovard Karter ekspeditsiyasi fir'avn Tutanxamunning tosh sarkofagini topdi
- 1934 — Avstriyada fuqarolar urushi tugadi.
- 1962 — Sirdaryo viloyati tashkil topdi.
- 1964 — Surxondaryo viloyatitashkil topdi.
- 1999 — Toshkentda bir qancha terroristik aktlar sodir bo'ldi.
- 2005 yil - Kioto protokoli kuchga kirdi

TAVALLUDLAR:

- 1514 - Georg Lauchen (Retik) - nemis matematiki va astronomi🇩🇪
- 1831 yil - Nikolay Leskov - rus nasriy yozuvchisi🇷🇺
- 1834 - Ernst Gekkel - nemis evolyutsion biologi, "ekologiya" atamasining muallifi.🇩🇪
- 1852 yil - Charlz Rassell - Amerikalik voiz🇺🇸
- 1893 yil - Mixail Tuxachevskiy - Sovet harbiy rahbari, Sovet Ittifoqining marshali🇷🇺
- 1920 yil - Mixail Shvaytser - sovet va rus rejissyori, ssenariy muallifi, SSSR xalq artisti🇷🇺
- 1939 yil - Cheslav Nemen - Polshalik musiqachi, bastakor va qo'shiqchi
- 1942 yil - Kim Chen Ir - koreyalik siyosatchi va davlat arbobi, KXDR rahbari (1994-2011)🇰🇵
- 1975 — Rustam Rahimov, asli tojikistonlik havaskor bokschi.🇹🇯
- 1995 — Isroil Madrimov, boks boʻyicha jahon chempionati sovrindori.🇺🇿

OBUNA BO‘LING:
👉 @kalendarlar
АҚШ ва Буюк Британиянинг нуфузли университетларига ҳужжат топшириш учун платформалар!

ucas.com – ушбу платформа бир вақтнинг ўзида 20 та Буюк Британиядаги университетларга ҳужжат топшириш имконини беради.

commonapp.org – ушбу платформа бир вақтнинг ўзида 20 тагача АҚШ олийгоҳларига ҳужжат топшириш имконини беради.


@elyurtumidifoundation
“БАҲОРНИ СОҒИНДИМ”

Ҳурматли вилоятимиз умумтаълим мактабларида фаолият олиб бораётган ижодкор ўқитувчилар, тарғиботчилар,умуман олганда барча ижод аҳли!
“Маҳмуд Аз-Замахшарий”нашриёти “Баҳорни соғиндим”номли жамоа тўпламни нашрга тайёрламоқда. Ижодий ишлари китобда нашр этилишини истовчи ижодкорлар биз билан боғланишлари сўралади.
Жамоа тўпламида баҳорни мадҳ этувчи,аёлларимизни тараннум этувчи ,наврўз ҳақида шеър, ҳикоя ва публицистик асарлар қабул қилинади.
Ижодий ишлар компютерда ёзилган бўлиши керак.Ижодий ишларга илова тарзда муаллифнинг таржмаи ҳоли,10*15 ўлчамдаги рангли фото сурати илова қилинади.
Китоб нашриётимиз томонидан тайёрланиб, Тошкентдаги босмахоналарда чоп этилади.
Китобга кириш пуллик.Китобнинг ҳар бир бети учун 35 минг сўм тўлов қилинади.Китоб ижодий ишлар тўпланишига қараб чоп этилади.
Муддати наврўз байрами кунигача.
ТЕЛЕГРАМ ВА ТЕЛЕФОН: +998977904761.
Эълон
Ҳурматли ўқитувчилар ва бошқа соҳа вакиллари.газетада мақола чиқармоқчимисиз?
Унда бизнинг вилоятдаги https://xorazmnoma.uz/ нашримизга ташриф буюринг ва мақолаларингизни чоп қилдириб сертификатга эга бўлинг
https://xorazmnoma.uz/ электрон нашримиз ОAВ сифатида Ўзбекистон Республикаси Президенти Aдминистрацияси ҳузуридаги Aхборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги томонидан рўйхатга олинган.
Гувоҳнома: 1445.
Берилган санаси: 8.09.2021 йил.

Телеграм +998977904761
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#20_fevral_Matnazar_Abdulhakim_tugʻilgan_kun

* * *
Qaramaysan. Men ham loqayddek
Goʻyo nigoh zahmat, ishq zarar.
Lekin... mana, titrar qoʻllarim,
Lekin, ana yuzing qizarar.

Chindan bir-birovni bilmasak,
Tinchgina kun koʻrsak qani edi.
... Tipirchilab shoʻrlik yuraklar
Bir-birini darrov taniydi.

***

* * *
Ketganingdan soʻng ham yashayotirman,
Qattiq boʻlar ekan odamning joni.
Hamon oqayotir Jayhun toʻlgʻanib,
Hamon tip-tiniqdir Urganch osmoni.

Hamon gʻazallar bor, qoʻshiq bor hamon,
Shovullab turibdi sen tark etgan bogʻ.
Gullar ochilmokda, hamon, yo pir-ay,
Bulbul sayrayotir, astagʻfurilloh.

Baribir ishongim kelmaydi sira.
Sen haqda surganim bari xayol — xom.
Yoki — tirikligim yolgʻondir mening,
Yoki sening meni sevganing — yolgʻon.

Matnazar Abdulhakim

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulaning
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM