Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#NOODATIY_DARSLAR

Ogahiy ijod maktabining 8 "B"- sinf o'quvchilari noodatiy darslarni tashkillashtirishmoqda. Jumladan, 15-dekabr sanasida oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Yulduzxon Polvonova rahbarligida geometriya va algebra darslari 2 nafar o'quvchilar tomonidan olib borildi.
Birinchi dars Rahimova Sarobibi tomonidan, "Teng burchakli uchburchaklarni yechish" mavzusida o'tildi. Bu dars oxiri sog'lom raqobatga aylanib ketdi.
Ikkinchi -- algebra darsi Karimov Javohir tomonidan "Bir noma'lumli tengsizlik" mavzusida juda noodatiy tarzda tashkillashtirildi. Ayniqsa, o'quvchilarning tenglamalar yechish orqali partalarda joylashishi juda qiziq kechdi.
45 daqiqadan davom etgan ikki darsdan keyin ham o'quvchilarimiz charchog'i bilinmadi. Bu darsning qanchalik qiziqarli kechganidan va ustozimizning mahoratidan desak bo'ladi. Bunday darslar o'quvchilarning yangi qirralari ochilishiga xizmat qilmoqda.

8-"B" sinfi matbuot kotibi Baxtiyorov Jahongir

Telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi