#XORAZM_TELEVIDENIYASI
#OGAHIY_IJOD_MAKTABI
2021-yilning 16-dekabr kuni Xorazm televideniyasining "Assalom, Xorazm!" ertalabki teledasturi jonli efiriga Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Barno Yusupova boshchiligida 9-sinf o'quvchilari Yo'ldosheva Ruxshona, Yusupova Oftoboyim, Jumanazarova Hilola va Boynazarova Muxlisalar taklif qilindilar. Suhbat Ogahiy hazratlari tavalludining 212 yilligiga hamda ijod maktabida kechayotgan ijodiy jarayonlar, badiiy adabiyotning o'ziga xos jihatlari haqida bordi hamda o'quvchilar Ogahiy g'azallarini o'qidilar va o'z ijod namunalarini armug'on etdilar.
"Assalom, Xorazm!" dasturi to'g'ridan to'g'ri efirdan yozib olingan holatda bugun soat 13dan boshlab takroran namoyish etiladi.
O'tkazib yubormang!
Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Onlayn reportaj
16. 12. 2021-yil
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabining 9-"A"sinfida ayni lahzalarda mahoratli ustoz, oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muhabbat Jumaniyozovaning ochiq darsi bo'lib o'tmoqda.
Mavzu : "Oybekning "Navoiy" romani
Ayni tasvir lavhasida Bahodirova Mushtariybonu "Men ham kichik ustoz" loyihasi bo'yicha chiqish qilmoqda.

OGAHIY FALSAFIY ASAR YOZGANMI?
Baʼzida mendan: “Siz Ogahiy falsafasini tadqiq qilgan ekansiz, shoirning qanday falsafiy asari bor?”, deb soʻrashadi. Ogahiy faylasuf shoir, desam ajablanmang. “Faylasuf sheʼr yozmasligi mumkin, biroq shoirning falsafiy mushohada yuritmasligi taajjublidir”, – deb yozgan edi ahli donishlardan biri. Toʻgʻri, shoir falsafiy muammolar haqida maxsus risola yoki maxsus doston yozmagan. Dunyo sirlaridan ogoh shoir sifatidagi falsafiy mushohadalari butun maʼnaviy merosiga sochilib ketgan. Ogahiy falsafasini bilish uchun Sharq falsafiy tafakkurini bilish lozim. Shoirning faylasufligini anglamoq uchun uning maʼnaviy merosini tashqaridan kuzatish yetarli emas, xuddiy dengiz tubidan dur izlovchi gʻavvosdek uning gʻoyalar va obrazlar olami ichiga kirish zarur. Shundagina sizning ajablanishingiz muqarrar ravishda hayratga aylanadi – ruhiyat osmonida parvoz etasiz, qalbingiz Ogahiy falsafasidan bahramand boʻladi. Ogahiyning faylasufligi shundaki, u istalgan bir lirik gʻazalga falsafiy muammolarni mohirona joylashtira olgan. Masalan: “Mushkin qoshining hayʼati ul chashmi jallod ustina...”, deb boshlanuvchi yor jamolini taʼriflovchi lirik gʻazalning ichiga shunday ijtimoiy-falsafiy muammoni joylaganki, beixtiyor shoirning falsafiy mushohadasidan hayratlanasiz:
Ey shoh, karam aylar chogʻi teng tut yomonu yaxshini,
Kim mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.
Xoki taning barbod oʻlur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurib bod ustina.
Birinchidan, majoziy maʼnoda chin oshiq uchun maʼshuq – shohdir. Ikkinchidan, dunyoviy maʼnodagi shohga quyosh vayronu obod joylarga oʻz nurini teng sochganidek, yaxshi va yomonga mehr koʻrsatishda adolatga daʼvat etilmoqda. Uchinchidan, majoziy va haqiqiy shohlarni dunyo tarixidan saboq olishga, oʻlim – haq ekan, toju taxt oʻtkinchi ekan, demak yaxshilik qilib qolishga daʼvat yotibdi.
Bunday tagzaminli, purhikmat satrlar Ogahiyning sheʼriyatiga, tarixiy va tarjima asarlariga xos xususiyatdir. Shunday ekan, Ogahiyni faylasuf shoir demasdan boʻladimi? Mustaqil fikri yoʻq, koʻchirmachi faylasufdan falsafiy mushohadali shoir yaxshi emasmi?!
Madrahim Safarboyev,
falsafa fanlari nomzodi, dotsent

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

Qadrli do'stlar!
Tanlovlar g'oliblari shu kanalimizda e'lon qilinadi.
Bizdan uzoqlashmang.

#NOODATIY_DARSLAR
Ogahiy ijod maktabining 8 "B"- sinf o'quvchilari noodatiy darslarni tashkillashtirishmoqda. Jumladan, 15-dekabr sanasida oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Yulduzxon Polvonova rahbarligida geometriya va algebra darslari 2 nafar o'quvchilar tomonidan olib borildi.
Birinchi dars Rahimova Sarobibi tomonidan, "Teng burchakli uchburchaklarni yechish" mavzusida o'tildi. Bu dars oxiri sog'lom raqobatga aylanib ketdi.
Ikkinchi -- algebra darsi Karimov Javohir tomonidan "Bir noma'lumli tengsizlik" mavzusida juda noodatiy tarzda tashkillashtirildi. Ayniqsa, o'quvchilarning tenglamalar yechish orqali partalarda joylashishi juda qiziq kechdi.
45 daqiqadan davom etgan ikki darsdan keyin ham o'quvchilarimiz charchog'i bilinmadi. Bu darsning qanchalik qiziqarli kechganidan va ustozimizning mahoratidan desak bo'ladi. Bunday darslar o'quvchilarning yangi qirralari ochilishiga xizmat qilmoqda.
✍ 8-"B" sinfi matbuot kotibi Baxtiyorov Jahongir
Telegram kanalimiz:

#KUN_TAFSILOTI
#INTELLECTUALS
Joriy yilning 16-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida besh muhim tashabbus doirasida, tarbiyachi- pedagog Jumaniyazova Go'zal tomonidan ingliz tilidan "Intellectuals" mashg'uloti 8-"B" sinfning zukko va bilimdon o'quvchilari bilan bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarga "Schools in Great Britain" mavzusida Buyuk Britaniya maktablari haqida ma'lumotlar berildi, undan tashqari o'qish va tarjima qilish mahoratlarini oshirish maqsadida matn tarjima qilish o'rgatildi. Yetarlicha bilim va ma'lumotlarga ega bo'lgan o'quvchilar turli xil mashqlarni bajardilar va savollarga javob berdilar. Ushbu to'garak mashg'uloti o‘quvchilarga yaxshi kayfiyat bilan birga, so'z boyliklarini oshishi va yangi bilimlarga ega bo'lishiga yordam berganiga biz shubhasiz ishonamiz.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ana_yangiligu_mana_yangilik
Ogahiy ijod maktabining 9-"B" sinfida bo'lib o'tgan darsda o'quvchi Botirov Xudoyor biologiya fanidan mavzuni ingliz tilida taqdimot qildi.