#USTOZLAR_IJODI
Yaxshilarni asrang
Pokdomon insonlar kerak dunyoga,
Dunyoga samimiy insonlar kerak.
Zero yaxshilar-la go’zaldir olam,
Olamga yaxshilar bo’lajak tirgak.
Yaxshilarni asrang, avaylang shaksiz,
Shaksiz, ular bilan porloq istiqbol.
Ular yetkazadi maqsadlar sari,
Yaxshilar bilandir baxt hamda iqbol.
Ularni asrangiz xuddi go’dakdek,
Asrang yoxud ko’zda qorachiq misol.
Asrang xazinada qimmat sadafdek,
Ularning pok qalbi buloqdek zilol.
Doimo kurashar ezgu va yovuz,
Kurashadi zulmat yorug’lik bilan.
Lekin tenglasholmas hasad havasga,
Kibr tenglasholmas buyuklik bilan.
Yaxshilar qo’lidan tutingiz doim,
Yaxshilar yaxshi-da, siz ham yaxshisiz!
Gar yaxshi ersangiz buyuksiz, shaksiz,
Dunyoga keraksiz, bashar naqshisiz!
✍ Ogahiy ijod maktabi ixtisoslik fanlari bo'yicha direktor o'rinbosari Shoira G'ulamova
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
Ogahiy ijod maktabi ustozlarining eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#INGLIZ_TILIDA_YANGI_LOYIHA
#OGAHIY_IJOD_MAKTABIDA_BIR_KUNIM
Ogahiy nomidagi ijod maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi Xadjaniyazova Aksana tashabbusi bilan o'quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan.
📹🎙8-"A" sinf o'quvchisi Ibragimova Farangiz
good evening teacher. this is my video for english month. but there is an advertisement of this program
Bizning telegram kanalimiz:

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#INGLIZ_TILIDA_YANGI_LOYIHA
#OGAHIY_IJOD_MAKTABIDA_BIR_KUNIM
Ogahiy nomidagi ijod maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi Xadjaniyazova Aksana tashabbusi bilan o'quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan.
📹🎙8-"A" sinf o'quvchisi Ibodullayeva Dinora

📹🎙8-"B" sinf o'quvchisi Otanazarov Sardorbek

📹🎙8-"B" sinf o'quvchisi Yangiboyeva Nurhayot

Erkin Vohidovga
I
Yuragimni yorib chiqsa kerak soʻz,
Axir...
Olovlagan dilimni taqdir!
Isyon vujudimga qoʻngani kabi
Yulduzning samoga qoʻnishi rostdir.
Olovlangan dilning har chaqnashida
Oʻt boʻlib hislarim ketar sach(i)rab,
Yulduzning nolasin tugatgunimcha
Harir sogʻinchlarim qolar qovjirab.
Bir yulduz samoga shundayin qoʻndi,
Alamlardan tondi,
Baxtlardan qondi,
Olovdek lovullab,
Nurdek porillab,
Zaminni uygʻotgan soʻz boʻlib yondi!
Fargʻona! Erkining opichlab olgin,
Jim boqma! Soʻzlagin! Soʻz maydonida
Zamharirda yurak sovqotib qolar,
Gar dunyo yonmasa soʻz isyonida!
Yillar sachrab ketar koʻzimga,
Qorachiqdan suzib oʻtar vaqt,
Yuragimning ogʻriq nuqtasi —
Sheʼriyat!!!
"Netay koʻngil koʻtarsa tugʻyon"*
Hali tonglar yorishmasidan.
Men nimadir yozyapman hamon,
Isyon va soʻz qorishmasidan.
Meni qurshab olar tuygʻular,
Yuragimda qalqiydi ummon.
Goʻyo tirik hayollarimda
Erkin Vohid atalgan isyon!
II
Vujudimga hislar qolar sanchilib,
"Joningni azoblab yoz",–deydi zamin
Hisni jilovlashga qoʻymaydi shovqin
Olmoqchiday goʻyo qolgan alamin...
...Ishq dardidan sipqorilgan satrlarga,
Yuragimda tutashadi
olov sheʼrlar,
yalov sheʼrlar,
Hazin ishqning iskanjasi
lov-lov sheʼrlar,
O! Sen inson dil amriga
qalov sheʼrlar!
Qanotsifat soʻzlar bilan ketolsaydi,
Nido sheʼrlar,
Vido sheʼrlar,
Fido sheʼrlar,
Yuragimdan yuraklarga yetolsaydi.
III
Dil tubidan sapchib chiqar soʻz,
Qahratonda hislarning ohi,
Gʻalayonga yoʻl qoʻymas shovqin,
"Aytilmagan soʻzlar gunohi..."
Qaqrab qolgan olov hislarim
Jilgʻalarga ketar tutashib,
Yomgʻirda dardlarning toʻkilish gashti,
Shoir qalbidagi tugʻyondek ajib...
Tagʻin gʻalayonlar jonlana boshlar,
Yuragimni yorib chiqsa kerak soʻz!!!
*Erkin Vohidov satri
✍Ogahiy ijod maktabi 10-sinf oʻquvchisi Ziyoda Saparbayeva
➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿➿
O'quvchilarimizning yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

******
Mayli...
Men siz kabi osmon emasman,
Va yoxud koʻklarda porlagan yulduz.
Sizchalik taʼrifi doston emasman,
Har satri yurakka oʻrnashguvchi soʻz.
Men bir kuy...
Yurakda tugʻilib,
Va oʻshal yurakka koʻmilgan.
Men bir oʻy...
Xayolda toʻqilib,
Roʻyo boʻlolmayin boʻgʻilgan.
Ovozim sizchalik tutmas jahonni,
Dildan oʻzga yerga chiqa olmaydi.
Kim ham tinglar edi manday "yomon"ni,
Unlarim qush kabi ucha olmaydi.
Men jodu emasman hammani,
Birdayin oʻziga qarata olgan.
Men yogʻdu emasman olamni,
Yorqin nurlariga tobe qilolgan.
Mayli...
Men sizchalik Sino emasman,
Oʻzimning dardimga yoʻq hali malham.
Bedorman...
Bemorman...
Darmon emasman,
Yuragim dardini bilmas Sino ham.
Men hazon bargiman,
Lek kuzda emas,
Bahor shamolida soʻgʻrilgan.
Men mungli bir kuyman,
Sadoga emas,
Tonggi shabadaga yoʻgʻrilgan.
Alamni, armonni koʻmdim yurakka,
Ohlarim, unlarim tutmasin jonni.
Oʻzimni baxsh etdim bitta tilakka,
Uni ham koʻrarsiz ushalgan oni.
Mayli...
Siz eshitmang qalbim sasini,
Dilginam bu holga oʻrganib qolgan.
Men qalam emasman, butun dardini,
Toʻyib oq qogʻozga toʻkolgan.
✍ Hilola Jumanazarova, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi

#TOSHKENTDAN_FAOL_AYOLLAR_TASHRIFI
4-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabiga Toshkent viloyatining jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan faol ayollari tashrif buyurdilar. Mehmonlar maktab foyesida Ogahiy ijod maktabi faoliyatiga oid taqdimot bilan tanishdilar. Taqdimot maktabning ma'naviy- ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Bobur Sadullayev tomonidan taqdim qilindi. Shundan so'ng mehmonlar maktab bo'ylab sayohat qildilar. O'quvchilarimizning o'zbekona milliy qiyofalari, odob va axloqi, bilimga bo'lgan intilishlari, ijodkorligi mehmonlarning tahsiniga sazovor bo'ldi. Maktabning faollar zalida iste'dodli o'quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan kichik she'riy kompozitsiya ham mehmonlarga juda ma'qul bo'ldi. Mehmonlar o'quvchilarimizning haqiqiy Ogahiy izdoshlari bo'lib yetishishiga ishonch bildirdilar va muvaffaqiyatlar tiladilar.