Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.7K photos
2.45K videos
311 files
7.64K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#KUN_TAFSILOTI

23-noyabr sanasida Ogahiy ijod maktabida tarbiyachi pedagog A.Sobirova tomonidan "Русская речь" to'garagida rus tilidan navbatdagi mashg'uloti olib borildi. Ushbu jarayonidan foto lavhalar

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#MUZEY_SHAHARGA_SAYOHAT

Joriy yil 24-noyabr kuni Ogahiy ijod maktabining bir guruh o‘quvchilari uchun Ichanqal'aga sayohat tashkil etildi.
Maktabning matematika fani o‘qituvchisi Y. Polvonova va tarbiyachi-pedagog G. Jumaniyozova boshchiligida 8-"B" sinf o‘quvchilari bu gal "Tabiat muzeyi" bilan tanishishdi.
Muzey xodimi Karimova Maqsuda muzey va uning eksponatlari haqida kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni berib o‘tdi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#МОЯ_ПОЭЗИЯ

Joriy yilning 30-noyabr kuni Ogahiy ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan navbatdagi to'garak mashg'ulotlar olib borildi. Rus adabiyoti fanidan Maqsuda Bobojonova rahbarligida "Моя поэзия" mashg'uloti "Рассказ о себе" mavzusida noa'nanaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
Joriy yilning 1-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida Besh muhim tashabbus doirasida, tarbiyachi- pedagogimiz Jumaniyazova Go'zal tomonidan ingliz tilidan "Intellectuals" mashg'uloti bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarga "IELTS Speaking Part 1 : Home, Family, Friends (Question-Answer)" mavzusida noan'anaviy tarzda o‘quvchilarni ingliz tiliga qiziqishini orttirish, aql-zakovatini sinovdan o‘tkazish maqsadida ularga qo'shiq yodlab, raqsga ham tushish topshiriq qilib berildi. Ushbu to'garak o‘quvchilarga yaxshi kayfiyat hadya qildi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
Joriy yilning 1-dekabr samasida Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilarining iqtidorini oshirish, iste'dodlarini namoyish qilish maqsadida tarbiyachi-pedagogimiz X.Ollayorov tomonidan musiqa bo‘yicha "Nola" to'garaki bo‘lib o‘tdi. To'garagimizda o‘quvchilar musiqiy cholg'u asboblarni chalish bo‘yicha ko'nikmaga ega bo‘lib borishmoqda.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI

2021-yilda Internews xalqaro tashkiloti Osiyo mediaCAMP dasturi doirasida jurnalistikaning asosiy ko'nikmalari bo’yicha Qozog’iston, Tojikiston va O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan yosh jurnalistlar onlayn-treningida Xorazm viloyatidagi adabiyot gazetasi hisoblanmish "Ezgu so'z" tahririyati nomidan ishtirok qilgan edim. Faol ishtirokim uchun sertifikat va estalik sovg'a jo'natishganini aytishgan edi. Bugun qishning ilk kuni men uchun kutilmagan yangiliklarga boy tarzda o‘tdi. Ogahiy nomidagi ijod maktabimizning direktori Sarvar Abdullayev ustozning qo‘lidan men kutgan sertifikatni qabul qilib olish baxtiga muyassar bo‘ldim. Aytilgan tilaklar va bildirilgan ishonch uchun minnadorman.

Xorun Muso Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi, shoir

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI

Joriy yilning 9-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida besh muhim tashabbus doirasida, tarbiyachi- pedagog Jumaniyazova Go'zal tomonidan ingliz tilidan "Intellectuals" mashg'uloti bo‘lib o‘tdi. Darsda o‘quvchilarga "Reading: Verbs with prepositions" mavzusida noan'anaviy tarzda ingliz tiliga qiziqishini orttirish, aql-zakovatini sinovdan o‘tkazish maqsadida ularga turli xil mashqlarni bajarish va matn tarjima qilish o'rgatildi. Ushbu to'garak, o‘quvchilarga yaxshi kayfiyat va so'z boyliklarini oshirishda yordam berishi shubhasizdir.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#INTELLECTUALS

Joriy yilning 16-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida besh muhim tashabbus doirasida, tarbiyachi- pedagog Jumaniyazova Go'zal tomonidan ingliz tilidan "Intellectuals" mashg'uloti 8-"B" sinfning zukko va bilimdon o'quvchilari bilan bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarga "Schools in Great Britain" mavzusida Buyuk Britaniya maktablari haqida ma'lumotlar berildi, undan tashqari o'qish va tarjima qilish mahoratlarini oshirish maqsadida matn tarjima qilish o'rgatildi. Yetarlicha bilim va ma'lumotlarga ega bo'lgan o'quvchilar turli xil mashqlarni bajardilar va savollarga javob berdilar. Ushbu to'garak mashg'uloti o‘quvchilarga yaxshi kayfiyat bilan birga, so'z boyliklarini oshishi va yangi bilimlarga ega bo'lishiga yordam berganiga biz shubhasiz ishonamiz.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#XUSHXABAR
#KUN_TAFSILOTI

"O‘zbekiston Yoshlar forumi 2021" doirasida yoshlarforumi.uz platformasida 20.000 ga yaqin takliflar orasidan eng sara taklif deb topilgan 200 nafar yoshlarning takliflari 21-25 dekabr sanasida ekspertlar tomonidan qayta tahlil qilindi. Ular orasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi Xorun Muso taklifi ham bor. Kecha Forum yakunida ijodkor tarbiyachimizga 2021-yil rasmiy "Elchisi" maqomi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan sertifikat va sovg'alar topshirildi.
Endilikda Elchilar yangi 2022 yil davomida o‘z takliflari ijrosini ta'minlash va ularni o‘z viloyat, shahar (tuman) larida targ'ib qilish bo‘yicha ish olib boradilar.

TABRIKLAYMIZ, QUTLAYMIZ!

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#МОЯ_ПОЭЗИЯ

Joriy yilning 22-fevral sanasida ham Ogahiy nomidagi ijod maktabimizda tarbiyachi-pedagoglarimiz tomonidan to'garak mashg'ulotlari o'tkazildi. Rus tilidan Maqsuda Bobojonova "Моя поэзия" mashg'ulotida rus xalqining buyuk masalnavisi I. A. Krilovning "Bo‘ri va qo‘zichoq" masaliga alohida to'xtalib o‘tdi. O‘quvchilarga jarayon davomida insonlardagi ba'zi xislatlarni majoziy hayvonlar ko'rinishida tasvirlanganligi izohlab berildi. O‘quvchilar mashg'ulot so'ngida turli rollarni o‘zaro bo‘lishib olishgan holda, masal qahramonlarini ijro qilishdi.

Bizning telegram kanal: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#AXBOROT_TEXNOLOGIYALARI

Ogahiy ijod maktabida oquvchilarning bo'sh vaqtini to'g'ri taqsimlash, undan imkon qadar samarali foydalanishga harakat qilinmoqda. Maktabimizda payshanba va shanba kunlaridan tashqari o'qish haftasining har kunida «Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» to'garagi olib borilmoqda. To'garak rahbari Quriyozov Murodbek o'quvchilarga audio va video montaj sirlarini qunt bilan o'rgatib kelmoqda. To'garak davomida o'quvchilar videoni kesish, bir-biriga ulash, ovoz nozosligini tekshirish va ovozga tushish darslarini o'zlashtirib bormoqdalar.
To'garakning maqsadi ijodkor yoshlarni o'z ishlari ustida qunt bilan izlanishlari va o'z maqsadlari yo'lida bilim olishlaridir.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#INTELLECTUALS
LET'S LEARN ENGLISH

Mart oyining 10-sanasi kuni Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinfida tarbiyachi-pedagog Go'zal Jumaniyazova "Intellectuals" to'garagining navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi. Ushbu to'garakda global mavzulardan biri "Technology and Youth" ( "Texnologiya va Yoshlar") mavzusida savol javob, faktlar va yoshlar fikrlari, internet tarmoqlarining ijobiy va salbiy taraflari, electron va nashrdan chiqqan kitoblarning dunyodagi o'rni va kutubxonaning yoshlarga ta'sirini o'quvchilar ingliz tilida bayon qildilar. Tarbiyachi-pedagog ushbu to'garak bilan o'quvchilarni nafaqat ingliz tiliga bo'lgan qiziqishlarini oshirdi va shu bilan birgalikda kutubxona va kitobga bo'lgan mehrini yanada ko'paytirishda yordam berdi. Ushbu to'garakda o'quvchilar juda ham faol qatnashishdi va katta qiziqish bilan tinglashdi. Shu qatorda ular o'zlarining so'z boyliklarini ham oshirishga erishdilar.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi