Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ogahiy_ijod_maktabi_loyihasi
#Men_ham_òqituvchi_bòlaman

Prezidentimizning beshta muhim tashabbusini amalga oshirish doirasida Ogahiy ijod maktabida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “
Men ham o‘qituvchi bo‘laman” loyihasi o‘tkazilib, ushbu loyiha ijod maktabi matematika fani o‘qituvchisi, oliy toifali ustoz Yulduzxon Polvonova tomonidan olib borilayapti. O‘quvchilarimizning dars bo‘yicha tuzayotgan taqdimotlari bilan har bir mavzu keng va qiziqarli ma’lumotlar bilan to‘liq yoritilib, fanga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortib bormoqda. 20-may kuni 7-sinf o‘quvchilari Komilova Dilnura va Otajonov Sardorbeklar matematika fani ustozlari boshchiligida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda “Isbotlashga oid masalalar” mavzusida qiziqarli dars tashkil qildilar. Ular “Teorema” , “Aksioma” , “π E” va “Perpendikulyar” jamoalariga bo’lingan sinfdoshlarini tezkor savol-javoblar, mavzuga oid masalalar , qiziqarli ma’lumotlar bilan darsni noan’anaviy tarzda tashkil etishdi. Darsda “Perpendikulyar” jamoasi 1-o’rin, “Aksioma” jamoasi 2-o’rin va “π E” jamoasi 3-o’rinni egalladilar. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarga sovg’alar berildi va munosib baholandilar. Noan’anaviy darsni Ijod maktabi mutaxasissilik fanlari bo’yicha direktor o’rinbosari Shoira G'ulomova kuzatib bordilar. O’quvchilarning mahoratini, mavzuga kreativ yondoshganliklarini, darsni juda yaxhsi tashkillashtirilganligini, “O‘rgatish ikki barobar o‘rganishdir!” qoidasini ta’kidlab o’quvchilarga muvaffaqiyat tiladilar. Darsning bu loyiha yordamida tashkillashtirilishi mavzuni o‘quvchilar tomonidan yanada yaxshi o‘zlashtirilishi bilan birga, yoshlarning o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan hurmati va qiziqishlarini oshiryapti, hayotiy masalalarda matematikaning ahamiyati yuqori darajada ekanligiga yana bir bora amin bo‘lmoqdalar. O‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish bilan boshqaruvchilik qobiliyatini oshirib, ma’suliyatli bo’lishni ham anglab bormoqdalar. Yoshlarimizga bilim berayotgan fidoyi ustozlarimizga va ilmga chanqoq yoshlarimizga omadlar tilab qolamiz!

#Ogahiy_ijod_maktabi
#Ogahiy_ijod_maktabi_loyihasi
#Men_ham_òqituvchi_bòlaman

Ogahiy ijod maktabida ''
Men ham o'qituvchi bo'laman'' loyihasida 22-may kuni tarix fanidan 6-sinf o'quvchisi Yusupov Boboxon mustaqil tayyorlagan taqdimoti orqali ''Qullar va gladiatorlar'' mavzusida dars mashg'uloti o'tdi. Tarix fani o'qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibasi Nazokat Allamova yordamida o'tilgan mavzuni blits savollar orqali baholab, yangi mavzuni taqdimot orqali tushuntirib berdi.Tengdoshlari mavzuni to'liq tushunib, tug'ilgan savollarga o'qutuvchi yordamida to'liq javob olishdi. Ushbu loyiha yordamida o'quvchi bir-biriga o'rgatish orqali ham fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirishlarini hamda bilimlarini mustahkamlab borishlarini namoyon qilishdi. Mavzu o'qituvchi tomonidan mustahkamlanildi, faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantirildi.

#Ogahiy_ijod_maktabi
#Men_ham_òqituvchi_bòlaman_loyihasi
#Ochiq_dars

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinfida 21-noyabr kuni oliy toifali pedagog Y.Polvonova tomonidan “Parallelepiped va kub” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

♻️Dars “O‘rgatish ikki barobar o‘rganishdir” shiori bilan tashkillashtirildi. Darsda sinfning faol o‘quvchilaridan biri Saidova Shaxnoza tadqiqot qilgan mavzu yoritildi. Dars “Pozitiv kayfiyat yaratish” metodida qiziqarli mantiqiy savollar bilan boshlandi. Dars mobaynida o‘qituvchi mavzuga oid ma’lumotlarni to‘ldirib bordi. Sinf o‘quvchilari uchta jamoaga bo‘linib, bilimlarini bellashuv asosida boyitdilar. O‘tilganlarni takrorlash qismida ular boshqotirma, masalalar yechish va turli matematik o‘yinlarni bajarib, bilimlarini sinadilar. Dars o‘quvchilar qilgan taqdimot-loyihasi bilan yakunlandi.

Darsga kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan pedagog ustozlar o‘zlarining dasr haqidagi iliq fikrlarini bildirdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Noańanaviy_ochiq_dars
#Men_ham_òqituvchi_bòlaman

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinfida "
Men ham o'qituvchi bo'laman" loyihasi doirasida o'quvchilar Saidmurodova Tamanno hamda Qadamova Nozimalar tomonidan noan'anaviy dars mashg'uloti olib borildi.

📌 Mavzu: "Saida Zunnunova va Iqbol Mirzo lirikasini solishtirish".

♻️ Dars jarayonida o'quvchilar mavzuga doir tezkor savol-javob, "Ha yoki yo'q" kabi shartlarni bajarishdi, ijodkorlar qalamiga mansub she'rlardan ifodali o'qib berishdi.

Dars jarayonida ijodkor o'qituvchi Saida Safo(Sapayeva) ham o'quvchilarga Saida Zunnunova va Said Ahmadga bag'ishlangan she'rini o'qib eshittirdi.

📍Dars qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda bo'lib o'tdi.

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram