Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Kimyo_mòjizalar_maydoni

10-mart kuni Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda Kimyo fanidan ''Alyuminiyning kislota va asos eritmalari bilan o‘zaro ta‘siri'' mavzusida laboratoriya ishi o‘tkazildi. O‘quvchilarga amaliy mashg'ulot o‘tkazish yaxshi samara berdi, Bu ularning jarayonda qiziquvchanlik va faollik bilan qatnashishlarida o'z aksini topdi.

#Ogahiy_ijod_maktabi
#Kimyo_mòjizalar_maydoni

30 - aprel kuni Ogahiy ijod maktabining 9 - sinf o‘quvchilari bilan
kimyo fanidan o'qituvchi Matyaqubova Zebo va laborant Matkarimova Madinalar tomonidan "Temir va uning birikmalari ishlatilishi, biologik ahamiyati" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Darsda Temirning sifat reaksiyasi tajribada ko‘rsatildi. Temirning inson hayotidagi ahamiyati, zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bog‘liqligi tushuntirildi. Mavzu savol - javob asosida mustahkamlandi. Dars qiziqarli tashkil etildi.

#Ogahiy_ijod_maktabi
#Kimyo_mòjizalar_maydoni

20-oktabr kuni Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinfida kimyo fani o'qituvchisi Matyaqubova Zebo tomonidan "Moddalarning agregat holati" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Darsda "Kimyoviy rebus" metodi orqali o'tilgan mavzu takrorlandi. Tarqatmalar orqali moddalarning atomlarini hisoblash mashqi o'tkazildi. Yangi mavzu taqdimot orqali muammoli savollar o'rtaga tashlangan holda o'quvchilarga tushuntirib berildi. Mavzuni tushuntirish jarayonida tajribalar ham o'tkazib borildi. Darsda barcha o'quvchilar faol qatnashdilar.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Kimyo_mòjizalar_maydoni

2021-yilning 9-dekabr kuni Ogahiy ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchilari bilan kimyo fanidan mahoratli o'qituvchi Zebo Matyaqubova rahbarligida "Silikat sanoati" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. O‘quvchilarga keramika, shisha, sement ishlab chiqarish bo‘yicha tushunchalar berildi. Mavzuni o'zlashtirishga qiziqishni oshirish uchun guruhlar tuzilib, savol-javob o‘yinlari ham o‘tkazildi. Mavzuga doir ilmiy videolavhalar qo'yib berildi, turli interfaol metodlar yordamida darsning jozibadorligi va o'quvchilarning qiziqishlari oshirildi. Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchi mahorati va o'quvchilar faolligi darsdan ko'zlangan maqsadga erishishga yordam berdi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Kimyo_mòjizalar_maydoni

📌Joriy yilning 25- aprel kuni Ogahiy ijod maktabining 8-"A" sinfida Kimyo fanidan tajribali ustoz Matyaqubova Zebo "Fosforning kislorodli birikmalari. Fosfat kislota" mavzusida ochiq dars oʻtkazdi.

🔸Bu mavzu orqali oʻquvchilar fosforning insonlar hayotidagi oʻrnini, sanoatdagi ahamiyatini bilib oldilar. Ayniqsa fosfat kislotaning sifat reaksiyalarini oʻtkazilishi, venn diagrammasi orqali moddalarni bir biridan farqlash kabi jarayonlar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Ogahiy ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi