QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
6.7K subscribers
9.5K photos
1.07K videos
64 files
2.99K links
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali.

https://www.youtube.com/channel/UCufhCRyZfh0aKM4YdjzBdng
https://www.instagram.com/qurilish_kommunal_inspeksiyasi/
Murojaat @Qurilish_inspeksiyasi_bot
Download Telegram
#REYD

🚨
Xorazm viloyatida kuchaytirilgan tartibda noqonuniy hamda sifatsiz qurilishlarning oldini olish maqsadida reyd tadbirlari davom etadi.

Xususan , Urganch tumani “Al-Xorazmiy” massivi hududida buyurtmachi “Shoxjahon Denta” MChJ, tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar joy binosi ko'zdan kechirilganda binoning 5-qavatida montaj qilingan temir beton pilitalar loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.

Nazorat tadbirlari mobaynida aynan "Al-Xorazmiy" massivi hududida buyurtmachi "Svoy Dom" MChJ tomonidan qurilayotgan yana bir ko'p qavatli turar joy binosida monitoring o'tkazilganda binoning 4-qavatida monalit temir beton zinalari loyihaga zid ravishda, sifatsiz quyilganligi ma'lum bo'ldi
.

🔴Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning ma'sullariga bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda sifatsiz bajarilgan ishlar joyida buzdirildi hamda obyektlarda qurilish ishlari to'xtatildi.

📍Bu kabi nazorat tadbirlari viloyatning har bir hududida davom etmoqda

#XORAZM
👍51🔥1
#JARAYON

🚨Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-sinov laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda qurilish obyektlarida doimiy ravishda laboratoriya sinov ishlari olib borilmoqda.

Bu tartibdagi laboratoriya sinov ishlari kelgusida bino va inshootlarining mustahkam bo'lishini ta'minlaydi.

🔴Jumladan, laboratoriya jarayonida “Onyx – OS” zamonaviy qurilmasidan foydalanilmoqda. Ushbu uskuna qurilish maydonchalarini, bino-inshootlarni tekshirish paytida betonning mustahkamligini aniqlashga xizmat qiladi.

#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨
Xorazm viloyatida inspeksiya xodimlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda noqonuniy hamda sifatsiz qurilishlarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda reyd tadbirlari olib borilmoqda.

#XORAZM

Telegram
|Youtube|Instagram|Web|
👍41🔥1
#REYD

🚨Sifatsiz qurilish ishlarini oldini olish, noqonuniy qurilish obyektlarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish maqsadida
Xorazm viloyati bo‘ylab reyd tadbirlari yanada kuchaytirilmoqda.

Xususan,
Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumani "Obod" MFY hududida Pudratchi tashkilot "Olmos Bunyod" MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binosining qurilishida binoning 5- qavatida sifatsiz temir beton plitalar olib kelinganligi hamda montaj qilishda loyiha talablariga amal qilinmaganligi aniqlandi.

🔴Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning ma'sul shaxslariga inspeksiya xodimlari tomonidan elektron yozma ko'rsatmalar berilib, sifatsiz plitalar bo'yicha ishlab chiqaruvchiga taqdimnoma kiritildi hamda ora yopma pilitalar inspeksiya xodimlari tomonidan joyida buzdirilib pilitalar ishlab chiqarilgan korxonaga qaytarildi.

#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍52
#REYD

🚨
Xorazm viloyatida sifatsiz qurilish ishlarini oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Jumladan Qo'shko'pir tumani "Yovg'ur" MFY hududida buyurtmachi "Brother Gold House" MChJ tomonidan qurilayotgan 5 qavatli turar-joy binosi o'rganilganda binoning 4-qavatida qavatlararo ko'tarilish uchun mo'jallangan zinapoya ishlari sifatsiz hamda loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.

🔴Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qurilish ishlarini bu tartibda nazoratsiz qoldirgan texnik hamda ichki nazoratchilarga yozma ko'rsatmalar berilib, loyiha talablari asosida bajarilmagan zinapoya ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan buzdirildi va qurilish ishlari vaqtinchalik to'xtatildi.

#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👏2👍1
#REYD

🚨Sifatsiz qurilish ishlarini oldini olish maqsadida Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbirlari yanada kuchaytirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati Hazorasp tumani "Pahlavon Mahmud" MFY hududida pudratchi tashkilot "GMS" MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binosi inspeksiya xodimlari tomonidan o'rganilganda 4-qavatdagi beton kolonna ishlari loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.

🔴 Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan qurilish mas'ullariga inspeksiya xodimlari tomonidan elektron yozma ko'rsatmalar berilib, belgilangan tartibda bajarilmagan beton kolonna ishlari inspeksiya xodimlari tomonidan joyida demontaj qildirildi.

#XORAZM

Telegram
|Youtube|Instagram|Web|
👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

SUVNI BIRGALIKDA ASRAYLIK!

🚨Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda "Xorazm suv ta'minoti" AJ tomonidan joylarda ichimlik suvidan oqilona foydalanish hamda isrofgarchilikga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida,“Ichimlik suvini isrof qilmaylik!” shiori ostida targ’ibot tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍6🔥1
#XORAZM

🚨Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan doimiy ravishda qurilish obyektlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan Urganch shahri "Gulobod" MFY hududida buyurtmachi "Yagona buyurtmachi xizmati" IK tomonidan qurilayotgan 150 o'ringa mo'ljallangan maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi qurilishi o'rganilganda binoning ikkinchi qavatiga temir beton plitalarini montaj qilish uchun mo'ljallangan beton rigellarning o'chamlari loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.

Inspeksiya xodimlari tomonidan aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan qurilishning ma'sullariga elektron yozma ko'rsatmalar berildi hamda sifatsiz bajarilgan ishlari joyida buzdirildi.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍2🔥1👏1
#ONLINE

🚨Inspeksiya rahbari
Xorazm viloyatida tadbirkor hamda fuqarolar bilan uchrashdi.

Ayni paytda Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi binosida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i Sirojiddin Eshquvvatov hamda boshqa masʼullar viloyatdagi qurilish, kommunal hamda ichimlik suvi bilan bogʻliq murojaatlarni oʻrganishyapti.

Jarayonda fuqarolarning soha doirasidagi takliflari tinglanib, muammolar esa avvalo, chuqur o'rganilgan holda bartaraf etishga kirishilmoqda.


Sayyor qabulda asosan qurilish sohasiga doir masala hamda takliflar atroflicha muhokama etilmoqda
.

#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍521
#ONLINE

🚨Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i ishtirokidagi sayyor qabul davom etmoqda.


Unda ayni paytga qadar Xorazm viloyati aholisining 20 ga yaqin murojaati qabul qilindi. Murojaatlarning aksariyati noqonuniy qurilishlar, boshqaruv servis kompaniyalarining faoliyati bilan bog'liq.

 Masalalarning ayrimlari joyida bartaraf etildi, vaqt talab etiladiganlariga inspeksiya rahbari tomonidan muddat belgilab berildi.


Qabul davomida Sirojiddin Eshquvvatov har bir murojaat yuzasidan belgilangan vazifalarni shaxsan nazoratiga olishini bildirdi. Aholi vakillari esa muammolari tezkor yechim topayotganidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi.


#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍521👏1
#XORAZM

🚨O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati haqida tegishli tashkilotlarning mutaxasisslari tomonidan
Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlariga tushuntirishlar berish maqsadida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishda nazorat organlarining roli va mas'uliyatini oshirish, shuningdek, inspeksiya xodimlarining ish jarayonida qonunlar va normativ hujjatlarga to‘liq amal qilishining ahamiyati ta'kidlandi.

Jumladan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktik tadbirlarni oʻtkazish tartibi, "Xavfni tahlil etish" elektron tizimi hamda tekshiruv ishtirokchilarining huquq hamda majburiyatlari toʻgʻrisida ham inspeksiya xodimlariga tushunchalar berildi.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍51👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨
Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ichimlik suviga noqonuniy ulanish holatlarini oldini olish maqsadida doimiy ravishda targ'ibot hamda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

#XORAZM

Telegram
|Youtube|Instagram|Web|
👍31🔥1
#XORAZM

🚨
Xorazm viloyatida yana bir sifatsiz qurilish inspeksiya xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

Xususan, Urganch tumani “Al Xorazmiy” massivi hududida buyurtmachi “Shohjahon Denta” MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishida, inspeksiya xodimlari tomonidan navbatdagi o‘tkazilgan monitoring natijasida quyidagilar aniqlandi:

Jumladan, obyekt qurilishiga sifatsiz temir-beton plitalar olib kelingan hamda foydalanilgan. Bundan tashqari qurilish maydonida qurilish madaniyatiga rioya qilinmagan, ishchilar xavfsizligi pudratchi tashkilot tomonidan ta’minlanmagan.

Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan qurilish mas’ullariga “Shaffof qurilish” elektron tizimi orqali yozma ko‘rsatmalar berilib, sifatsiz temir-beton plitalar inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi. Qurilish materiallarini ishlab chiqargan korxonaga nisbatan taqdimnomalar kiritildi hamda
obyektda qurilish-montaj ishlari vaqtinchalik to‘xtatildi.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
2👍2👏1
#XORAZM

🚨
Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan qurilish obyektlarida belgilangan tartibda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Ushbu jarayon doirasida inspeksiya xodimlari tomonidan qurilish ishlari sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi ko'zdan kechirilmoqda. Shu bilan birga, qurilish materiallarining holati, texnik reglamentlarga rioya etilishi ham o'rganilmoqda.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Urganch tumani “Al Xorazmiy” massivi hududida barpo etilayotgan ko'p qavatli uylarning qurilish jarayonlari ko'zdan kechirildi

Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha inspeksiya xodimlari tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, uning ijrosi nazoratga olinmoqda.


Xorazm viloyati hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan hududlar bo'ylab nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍421
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

SUVDAN OQILONA FOYDALANISH - DAVR TALABI.

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ichimlik suviga noqonuniy ulanish holatlarini oldini olish maqsadida doimiy ravishda targ'ibot hamda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍3👏2
#REYD

🚨 Xorazmda yana bir sifatsiz qurilish to‘xtatildi


Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Hazorasp tumani Al Xorazmiy mahallasida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishida qator qoidabuzarliklar aniqlandi.

Buyurtmachi "Hazorasp Agrodetal" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish jarayonida

binoning fasad qismiga o‘rnatilayotgan bazalt qoplamalari sifatsiz montaj qilinayotganligi;
qurilish hududi to‘liq o‘ralmaganligi, shu bilan birga ishchilarning xavfsizligi ta’minlanmaganligi;
obyektga sifatsiz g‘ishtlar olib kelinganligi kuzatildi.


Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan buyurtmachi va pudrat tashkiloti vakillariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilib, qurilish ishlari vaqtinchalik to‘xtatildi. Shuningdek, qurilish talablariga javob bermaydigan sifatsiz g‘ishtlar ishlab chiqaruvchi korxonaga qaytarildi.


#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|
👍31🔥1
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
Photo
#REYD

🚨
Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ishchi guruhi tomonidan Urganch tumani "Arboblar" mahallasida buyurtmachi "Anva Gold Company" MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy obyektlarining qurilish jarayoni o‘rganildi.

Natijada buyurtmachining texnik, pudratchining ichki nazoratchilari o'z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshganligi oqibatida obyektda quyidagi qoidabuzarliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi:

bino fasad qismiga o‘rnatilayotgan bazalt qoplamalari sifatsiz montaj qilinmoqda va loyiha talablariga mos kelmaydi;
qurilish hududi to‘liq o‘ralmagan hamda ishchilarning xavfsiz ishlashi uchun zarur sharoitlar yetarlicha ta’minlanmagan;
оbyektning tom yopish ishlarida tasdiqlangan loyihaga amal qilinmagan, ya'ni loyiha talablaridan chetga chiqilgan.

Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachi tashkilot rahbariga nisbatan"Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga buyurtmachining texnik, pudratchining ichki nazorati bo'yicha mutaxassislariga taqdimnoma ham kiritilmoqda.


Shuningdek, sifat talablariga javob bermaydigan va loyiha asosida bajarilmagan ishlarning buzilishi hamda qayta bajarilishi bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berildi.

#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|
👍31👏1
#REYD

🚨
Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Urganch tumani "Oq ariqlar" mahallasida buyurtmachi “Amudaryo sersuv savdo” MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosida navbatdagi monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Nazorat tadbirlari davomida binoning 4-qavatida temir-beton ustunlarning armokarkas to‘qish ishlari tasdiqlangan ishchi loyiha talablariga zid ravishda bajarilganligi aniqlandi.

Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan mas’ul qurilish tashkiloti vakillariga qonunchilikka muvofiq tarzda elektron shaklda yozma ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga loyiha talablariga mos bo‘lmagan ishlar joyida inspeksiya xodimlari nazorati ostida demontaj qilindi.

#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|
11👍1
#REYD

🚨Suvdan noqonuniy foydalanganlar maʼmuriy jarimaga tortildi


Xorazm viloyati Urganch shahrida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlaridan foydalanish qoidalariga rioya etish holatlari o‘rganildi. Tekshiruv davomida "Temiryo'lchi" mahallasida ikki nafar fuqaro ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanib, undan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan huquqbuzarlarga "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning tegishli moddalari asosida jarima choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga ichimlik suviga qonuniy tartibda qayta ulangunga qadar tarmoqdan uzib qo‘yildi.


Inspeksiya xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|
👍211
#JARAYON

🚨 Xorazm viloyati prokuraturasi hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamkorligida inspeksiya binosida "Qurilish va kommunal sohada nazorat ishlarini – korrupsiyadan holi sohaga aylantirish" mavzusida yig'ilish bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda hududiy inspeksiyaning xodimlari ishtirok etib, sohaga oid korrupsion xavf-xatarlar, ularning oldini olish choralari hamda shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha muhim masalalarni atroflicha muhokama qilishdi. Yig'ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyalari, qonunchilikdagi muhim jihatlar va xodimlarning shaxsiy mas’uliyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan taklif va chora-tadbirlar ishlab chiqilib, qonunbuzarliklarning yuzaga kelish ehtimolini bartaraf etish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram
31👍1