QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
6.71K subscribers
9.47K photos
1.06K videos
64 files
2.98K links
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali.

https://www.youtube.com/channel/UCufhCRyZfh0aKM4YdjzBdng
https://www.instagram.com/qurilish_kommunal_inspeksiyasi/
Murojaat @Qurilish_inspeksiyasi_bot
Download Telegram
#REYD

🚨Dastur doirasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda qurilish ishlarining borishi o‘rganildi.

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh Yangiyer shahri “Yangi O'zbekiston” massivida olib borilayotgan qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

🔴Jarayonda inspeksiya xodimlari tomonidan yangi qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binolarining qurilish ishlari loyiha talablari asosida olib borilayotganligi shu bilan bir qatorda qurilish ishlarining hamda qurilish materiallarining sifati va holati o'rganildi.

#SIRDARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍2👏1
#JARAYON

🚨
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish obyektlarida nazorat tadbirlari davom etadi.

Xususan, ishchi guruh Sayxunobod tumani "Turon"MFY hududida qurilayotgan ko'p qavatli uylarda olib borilayotgan qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

🔴Jarayonda inspeksiya xodimlari tomonidan yangi qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binolarining qurilish ishlari loyiha talablari asosida hamda sifatli olib borilayotganligi, qurilish materiallarining sertifikatlari o'rganildi. Monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qurilishning ma'sullariga tegishli topshiriq hamda yomza ko'rsatmalar berildi.


#SIRDARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍3👏3
#JARAYON

🌳"Yashil makon" loyihasi yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, tanlab olingan maydonlarda daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda. Xususan, mazkur loyihada Sirdaryo viloyati Qurilish vа uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Jumladan, Mirzaobod tumani "Bog'iston" MFY hududida 400 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan ekildi.

Eng muhimi, endilikda har bir daraxtning oʻz egasi, ya'ni uning unib-oʻsishi uchun masʼuli belgilandi. Bu aholi orasida tabiatni asrashga, ekologik xavfsizlikka erishishda katta o‘ringa ega.


#SIRDARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SIRDARYO

🚨Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri "Yangi O'zbekiston" massivi hududida qurilayoygan ko'p qavatli uy poydevorlarining mustahkmaligi qurilish me'yoriy talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Aniqlangan ushbu sifatsiz qurilish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan buzdirilmoqda.

📍Bu tartibdagi kuchaytirilgan reyd tadbirlari respublikamiz bo'ylab davom etmoqda.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
Photo
#SIRDARYO

🚨
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi binosining majlislar zalida viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Adliya boshqarmasi, Kasaba uyushmasi qo'mitasi, viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbar xodimlari tomonidan Konstitutsiyamizning 32-yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari jamiyat va shaxs masalalari bo'yicha ustuvor vazifalari to'g'risida so'z bordi.

Jarayonda shu bilan bir qatorda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan ham korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to'liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko'rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi haqida ham ma'sul xodimlar tomonidan tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berildi.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍31👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

#SIRDARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👏3👍2
#JARAYON

🚨
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy- joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda ma'sul tashkilotlar xodimlari bilan hamkorlikda hududlarda iste'molchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati bo'yicha tahlil namunalar olinmoqda, shu bilan bir qatorda ichimlik suvi inshootlari ham ko'zdan kechirilmoqda.

#SIRDARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍3🔥1
#ONLINE

🚨Soatimiz 01:00 dan oshdi tungi reyd tadbirlari hududlar bo'ylab davom etmoqda
.

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi hamda viloyat hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda boshqaruv servis kompaniyalarining tungi dispetcherlik faoliyati o‘rganilmoqda

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma'sullarga ko'rsatmalar berilib uning ijrosi nazoratga olinmoqda.

#SIRDARYO
👍21🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

Sirdaryo viloyatida qurilish sohasidagi islohotlar.

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2024-yil davomida qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlar raqamlarda.

#SIRDARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍41👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

SUVNI BIRGALIKDA ASRAYLIK!

🚨Sirdaryo viloyati hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joylarda ichimlik suvidan oqilona foydalanish hamda isrofgarchilikga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida,“Ichimlik suvini isrof qilmaylik!” shiori ostida targ’ibot tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

#SIRDARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👏2🎉1
#SIRDARYO

🚨
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish obyektlarida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jarayonda, inspeksiya xodimlari tomonidan yangi qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binolarining qurilish ishlari loyiha talablari asosida olib borilayotganligi shu bilan bir qatorda qurilish materiallarining sifati o'rganilmoqda.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
2👍1👏1
#SIRDARYO

🚨O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati haqida tegishli tashkilotlarning mutaxasisslari tomonidan
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlariga tushuntirishlar berish maqsadida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishda nazorat organlarining roli va mas'uliyatini oshirish, shuningdek, inspeksiya xodimlarining ish jarayonida qonunlar va normativ hujjatlarga to‘liq amal qilishining ahamiyati ta'kidlandi.

Jumladan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktik tadbirlarni oʻtkazish tartibi, "Xavfni tahlil etish" elektron tizimi hamda tekshiruv ishtirokchilarining huquq hamda majburiyatlari toʻgʻrisida ham inspeksiya xodimlariga tushunchalar berildi.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍32🔥1
#SIRDARYO

🚨
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda viloyat "Suv ta'minoti" xodimlari bilan hamkorlikda hududlarda ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, tadbirlar jarayonida Xovos, Oqoltin,
Sirdaryo tumanlari hamda Yangiyer shahrida 7 ta holatda ichimlik suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi.

Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan huquqbuzarlarga ma'muriy jarimalar qo'llanildi hamda ichimlik suvi tarmog'idan vaqtinchalik qonuniy tartibda ulangunga qadar uzib qo'yildi.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
🔥3👍1👏1👌1
#SIRDARYO

🚨Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda viloyat suv ta’minoti xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, Xovos, Oqoltin va Sirdaryo tumanlarida 7 nafar fuqaro ichimlik suviga noqonuniy ulanganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy jarima choralari qo‘llanildi hamda ichimlik suviga qayta qonuniy tartibda ulangunga qadar tarmoqdan uzildi.

Nazorat tadbirlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍2🔥1👏1
#SIRDARYO

🚨Dastur doirasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayonlari o‘rganildi.


Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh Yangiyer shahri “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan qurilish jarayonlarini o‘rganish maqsadida reyd tadbirini o‘tkazdi.

O‘rganish davomida:

Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binolarining qurilish ishlari loyiha talablariga muvofiq amalga oshirilayotganligi tekshirildi;

Qurilish jarayonlarida me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilinishi hamda belgilangan qurilish muddatlariga rioya qilinishi nazoratga olindi;

Qurilishda foydalanilayotgan materiallarning sifati va holati ko‘zdan kechirilib, me’yorlarga javob berishi tahlil qilindi;

Qurilish maydonchasida xavfsizlik choralariga qanchalik rioya qilinayotganligi o‘rganildi.

Hududiy inspeksiya tomonidan viloyat bo‘ylab nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash hamda xizmatlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini o'rganish maqsadida
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda viloyat suv ta'minoti xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

#SIRDARYO
👍31🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari davom etmoqda.

#SIRDARYO

Telegram
|Youtube|Instagram|Web|
👍31👏1🎉1
#JARAYON

🚨
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan  Boshqaruv servis kompaniyalarining tungi dispecherlik faoliyatini  o'rganish maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Ishchi guruh Guliston shahrida bo'lib "Istiqlol kommunal xizmat ta‘mir" Boshqaruv servis kompaniyasining faoliyatini o'rganmoqda.

Bu tartibdagi o'rganish ishlari viloyatning har bir hududida davom etmoqda.

#SIRDARYO_VILOYATI

Telegram|Youtube|Instagram|
👍211🔥1
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
Photo
#JARAYON

🚨
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan qurilish obyektlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, Boyovut tumani "Shirin" mahallasida barpo etilayotgan quvvati 1573 MWT bo‘lgan Issiqlik elektr stansiyasi qurilishi ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

Nazorat tadbirlari davomida qurilish jarayonlarida quyidagi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi:

texnik, mualliflik va ichki nazorat ishlari belgilangan tartibda olib borilmagan;
metall konstruksiyalarga korroziyaga qarshi ishlov berilmagan va bo‘yalmagan;
poydevor osti va poydevor izolyatsiya ishlari bajarilmagan;
nazorat davri mobaynida qurilish uchun keltirilgan materiallarning sifat sertifikatlari taqdim etilmadi.


Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan buyurtmachi va pudratchilarga qurilish-montaj ishlarini loyihaga muvofiq sifatli bajarish hamda qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha elektron yozma ko‘rsatmalar berildi hamda uning ijrosi qat'iy nazoratga olindi.

#SIRDARYO

Telegram
|Youtube|Instagram|
👍21👏1
#REYD

🚨 Sirdaryoda reyd tadbirlari davomida ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanib olgan 7 ta holat aniqlandi.

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda viloyat Suv ta’minoti xodimlari hamkorligida Mirzaobod va Guliston tumanlarida ichimlik suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish hamda suvdan maqsadsiz foydalanishning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 7 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan huquqbuzarlarga "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning tegishli moddalari asosida jarima choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga, ichimlik suviga qonuniy tartibda qayta ulangunga qadar noqonuniy ulanishlar tarmoqdan uzib qo‘yildi.


Inspeksiya xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

#SIRDARYO

Telegram|Youtube|Instagram
👍51👏1