QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
6.71K subscribers
9.48K photos
1.06K videos
64 files
2.98K links
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali.

https://www.youtube.com/channel/UCufhCRyZfh0aKM4YdjzBdng
https://www.instagram.com/qurilish_kommunal_inspeksiyasi/
Murojaat @Qurilish_inspeksiyasi_bot
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
Photo
#JARAYON

🚨Inspeksiya rahbari Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida tashkil etilgan operatorlar shtabini ham ko'zdan kechirdi.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari 23-sentabr kuni qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazganda bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Xususan, qurilayotgan har bir inshoot bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatilishi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalarida shtab tashkil qilinib, davlat hisobidan qurilayotgan har bir binoga videokameralar o‘rnatilishi ta'kidlangan
edi.

Ushbu vazifalar hududlar kesimida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, davlat hisobidan qurilayotgan binolarga esa videokuzatuv kameralari o'rnatilib, inspektorlar "body" kameralar bilan ta'minlanmoqda.

Bu esa inspektorlarning faoliyatini doimiy kuzatish hamda qurilish obyektida  olib borilayotgan qurilish ishlarini masofadan onlayn kuzatish imkonini beradi hamda qurilishda shaffoflikni va sifat nazoratini ta'minlaydi.


#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍541
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨
Samarqand shahrida o’tkazilgan reyd tadbiri davomida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Beruniy ko‘chasidagi 44-uyning mulkdorlari oʻzboshimchalik bilan binoning tayanch va to‘siq konstruksiyalarini buzib, orqa tomondan eshik ochgani va tutash hududda qurilish ishlarini olib borganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga tegishli choralar ko‘rilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Agar belgilangan muddatda fuqarolar holatni bartaraf qilib, tayanch devorini avvalgi ko’rinishga keltirmasa, inspeksiya tomonidan tegishli hujjatlar to‘planib, majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da'vo arizalari kiritiladi.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan viloyat bo'ylab boshqaruv servis kompaniyalarining 24 soat faoliyat yuritadigan avariya-dispechirlik xizmati faoliyatini o'rganish maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍4🔥2👏1
#ONLINE

🚨Ayni paytda
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv servis kompaniyalarining tungi dispetcherlik faoliyati o‘rganilmoqda.

Xususan, inspeksiya xodimlari"Yangi uylar service" BSKning faoliyati bilan tanishmoqda. Jarayonda, dispetcherlik xizmati, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning ijrosi, muammo yuzaga kelganda moddiy texnik zahiraning holati shu bilan birga uylarning yo‘laklari qordan tozalanganligiga e‘tibor qaratilmoqda.

#SAMARQAND
👍71👏1
#ONLINE

🚨Ayni paytda, Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Umar Mirzayev tomonidan boshqaruv servis kompaniyalarining tungi dispetcherlik faoliyati o‘rganilmoqda.

Xususan, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Bustansaroy kommunal”, “Nur sharq tess”, Samarqand oltin asr” boshqaruv servis kompaniyalari va “Yangi uylar service” uy-joy mulkdorlari shirkatida o‘rganishlar olib borildi Unda uzluksiz faoliyat olib boruvchi dispetcherlik xizmati, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni ijrosi, biror-bir muammo yuzaga kelganda moddiy texnik zahiraning holati, uylarning yo‘laklari qordan tozalanganligiga asosiy e‘tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar nazoratga olinib, tezkor bartaraf qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#SAMARQAND
👍611🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

SUVNI BIRGALIKDA ASRAYLIK!

🚨Samarqand viloyati hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joylarda ichimlik suvidan oqilona foydalanish hamda isrofgarchilikga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida,“Ichimlik suvini isrof qilmaylik!” shiori ostida targ’ibot tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

#SAMARQAND
👍411
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🚨
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda viloyat suv ta'minoti xodimlari bilan hamkorlikda ichimlik suvidan besamar foydalanish hamda ichimlik suvi tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish holatlarini oldini olish maqsadida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍21👏1
#JARAYON

🚨 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan “Ichimlik suvini isrof qilmaylik!” shiori ostida muntazam ravishda hududlarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Ushbu targ‘ibot tadbirlaridan biri Samarqand shahri “Ahillik” mahallasida joylashgan 53-sonli maktabda o‘tkazildi.

Unda so‘z olgan Inspeksiya xodimlari tadbir ishtirokchilariga ichimlik suvidan oqilona foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, iste’molchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish shu bilan birga ichimlik va oqova suv xizmatlari sohasidagi qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar mazmuni to‘g‘risida ma‘lumot berishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.


Bu kabi targ‘ibot tadbirlari viloyatning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍61👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida, ko‘p qavatli uyning orqa tutash hududidan fuqaro o‘zboshimchalik bilan qurilma qurib olganligi aniqlandi.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍32👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨Ko'p qavatli uyning asosiy konsturksiyalariga shikast yetkazgan fuqaroning harakatlariga chek qo'yildi.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍41👌1
#JARAYON

🚨
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Samarqand shahri "Gagarin" ko‘chasida “Stroy Dom Siyob” MChJ tomonidan barpo etilayotgan turar-joy binosi qurilishi o‘rganildi.

Nazorat tadbirlari davomida obyektning qurilishida bir qator qoidabuzarliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi. Xususan:

Ayrim lift shaxtalarida armokarkaslarning korroziyaga uchraganligi;
Qurilish materiallarini saqlash uchun maxsus omborxonalar tashkil etilmaganligi;
Binoning poydevor osti izolyatsiyasi bajarilmaganligi ma'lum bo'ldi.

Shuningdek, monolit-betonlarning mustahkamlik sinovi bo‘yicha laboratoriya xulosalari hamda qurilish materiallarining belgilangan standartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi pasport va sertifikatlar taqdim etilmadi.


Aniqlangan qoidabuzarliklar qat’iy nazoratga olinib, mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|
👍42👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida “Quruvchi operatorlar shtabi” tashkil etilgan. Shtab zarur texnik uskunalar bilan ta’minlangan. Endilikda hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan davlat ulushi bor obyektlardagi qurilish ishlari masofadan turib kuzatib boriladi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan hudud inspektoriga maʼlumot beriladi.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|
👍51👏1
#JARAYON

🚨SUVNI BIRGALIKDA ASRAYLIK!


Ichimlik suvidan oqilona foydalanish va isrofgarchilikning oldini olish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu maqsadda Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan “Ichimlik suvini isrof qilmaylik!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Sharof Rashidov nomidagi
Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan tadbirda inspeksiya xodimlari talabalarga ichimlik suvidan samarali foydalanish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, mavzuga oid videolavha namoyish etildi.

Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining markaziy apparat vakillari ham ishtirok etib, suv resurslarini tejash muhimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|
👍10👏421
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

SUVNI BIRGALIKDA ASRAYLIK


Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan “Ichimlik suvini isrof qilmaylik!” shiori ostida hududlarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|
5👍53
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida, ko‘p qavatli uylarning atrofida o'zboshimchalik bilan qurilmalar qurib olish hamda binoning tayanch konstruksiyasiga shikast yetkazish holatlari aniqlandi.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|
👍4
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
Photo
#SAMARQAND

🚨
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida "Qurilish va kommunal sohada nazorat ishlarini – korrupsiyadan holi sohaga aylantirish" mavzusida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i U. Mirzayev hamda viloyat prokurori o‘rinbosari D. Saidqulov olib bordi.

Yig‘ilishda inspeksiya xodimlari ishtirok etib, qurilish va kommunal sohada davlat nazoratini korrupsiyasiz sohaga aylantirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar va sabablarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mutaxassislarning kasbiy ko‘nikma va malakasini oshirish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, hamda bu borada prokuratura organlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Telegram|Youtube|Instagram
👍41👏1
#JARAYON

🚨
Samarqand shahri va Samarqand tumanida ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi.

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Umar Mirzayev Samarqand shahri Qorasuv massivida “Sam-Ros-Stroy” va “Kapital Qurilish Direksiyasi” hamda Samarqand tumanida “Nur Eco Stroy 12” va “Sar House Stroy Build” MChJlar tomonidan bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayonlarini ko'zdan kechirdi.

Jarayon davomida obyektlarda texnik, mualliflik va ichki nazorat vakillari tomonidan nazorat ishlarini o‘z vaqtida olib borish, ish sifati va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratish, shuningdek, kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


Ta’kidlash joizki, inspeksiya rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan o‘rganishlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

#SAMARQAND

Telegram
|Youtube|Instagram
👍3🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨
Samarqand shahrida ichimlik suvidan noqonuniy foydalangan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilib, tarmoqdan uzildi.

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab reyd tadbirlari davom etmoqda. Ushbu tadbirlar ichimlik va oqova suvi tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanish holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Navbatdagi reyd tadbiri “Samarqand suv ta’minoti” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida o‘tkazildi. Tadbir davomida bir necha fuqarolar tomonidan ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar aniqlandi.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram
👍5🔥2👏1