QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
6.71K subscribers
9.51K photos
1.07K videos
64 files
3K links
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali.

https://www.youtube.com/channel/UCufhCRyZfh0aKM4YdjzBdng
https://www.instagram.com/qurilish_kommunal_inspeksiyasi/
Murojaat @Qurilish_inspeksiyasi_bot
Download Telegram
#JARAYON

🚨Inspeksiya rahbari Qarshi shahridagi ichimlik suvi ta'minoti inshooti bilan ham yaqindan tanishdi.

Xususan, ushbu suv inshooti 1970-yilda qurilgan bo'lib, inshootga D-1020 va D-1200 mm li magistral suv quvurlari orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi. Inshootda jami 4 ta suv saqlash rezervuarlari mavjud bo‘lib, suv inshooti Qarshi shahar aholisini to'laqonli ichimlik suvi bilan ta’minlab kelmoqda.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joyizki inshootdagi mavjud 400 kVt/soatli nasos agregatlarni 250 kVt/soat energiya tejamkor agregatlarga almashtirilishi natijasida yiliga 3,6 mln kVt/soat elektr energiya tejalishiga erishildi va kelgusida Qarshi shahrini doimiy ravishda ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 8 ta qo‘shimcha energiya tejamkor nasos agregatlari o‘rnatiladi.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍411
#JARAYON

🚨Inspeksiya rahbari boshchiligidagi ishchi guruh
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida ham boʻldi.

Bugungi kunda ushbu tuman chin maʼnoda qurilish-bundyodkorlik maydoniga aylangan. Qurilishning koʻplab yoʻnalishlarida amaliy tashabbuslarga qoʻl urilmoqda. Ammo kuzatuvlar davomida “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va boshqa ijtimoiy soha obyektlari qurilishida kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani ham maʼlum boʻldi.

Xususan, qurilishda texnik qoidalarga amal qilmaslik, belgilangan loyihadan chetga chiqish kabi holatlar ham yoʻq emas. Inspeksiya rahbari shu kabi masalalarni kechiktirmay hal etish yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berdi.

#QASHQADARYO
👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🚨Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov
Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, u yerdagi soha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍43
#JARAYON

🚨Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-sinov laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda qurilish obyektlarida doimiy ravishda laboratoriya sinov ishlari olib borilmoqda.

Bu tartibdagi laboratoriya sinov ishlari kelgusida bino va inshootlarining mustahkam bo'lishini ta'minlaydi.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍21🔥1
#JARAYON

🚨
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida hududiy inspeksiya rahbari tomonidan inspeksiya xodimlarining malakasini oshirish maqsadida seminar-trening darslari tashkil etilmoqda.

Seminar-treningda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, qurilish ishlarida shaharsozlik normalariga rioya etilishi hamda qurilish materiallarining yaroqliligi, undan tashqari qurilish ishlarida ijro hujjatlari qay holatda yuritilishi bo'yicha inspeksiya xodimlariga kerakli tushunchalar berildi.

📍Ushbu seminar-treninglar boshqa viloyatlarda ham amalga oshirilmoqda.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
1👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida Qarshi shahrida ichimlik suvidan qarzdorlik hamda noqonuniy ulanish holatlarini oldini olish maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
1👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨
QASHQADARYO VILOYATIDA NOQONUNIY QURILISHLARNI ANIQLASH VA ULARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN REYD TADBIRLARI O'TKAZILMOQDA.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍21👏1
#JARAYON

🚨
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida korrupsiyani oldini olish va u bilan doimiy ravishda kurashish mavzusi doirasida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Unda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xodimi M.Karimov, hududiy inspeksiya boshlig'i O‘.Panjiyev, ichki nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.Choriyev va inspeksiya xodimlari ishtirok etishdi.

🔴 Jarayonda mavjud muammolar va galdagi vazifalarga asosiy eʼtibor qaratildi. Xususan, seminar davomida korrupsion holatlarni oldini olish, xodimlarni bu kabi holatlarga nisbatan murosasiz kayfiyatini shakllantirish, unga doir jinoyatlarning oqibatlari va bu borada jazoning muqarrarligi haqida so'z yuritildi.


#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍3
#QASHQADARYO

🚨
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Qarshi tumani "Chaman" MFY hududida Osiyo texnologiyalar universiteti NTM buyurtmachiligi asosida universitet hududida qurilayotgan yangi o'quv binosi obyektida monitoring ishlari o'tkazildi.

Xususan, qurilish obyektida texnik hamda ichki nazorat bo'yicha mutaxassislar o'z ishiga mas'uliyat bilan yondoshmaganligi oqibatida qurilish ishlarida bir nechta qoidabuzarliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi.

Jumladan, obyekt poydevorida bajarilgan quyma temir betonlarning loyihaga mosligi yuzasidan sinov laborayoriya xulosalari taqdim etilmaganligi, shu bilan bir qatorda obyektda ijro hujjatlari va umumiy ishlar jurnallari o'z vaqtida yuritilmaganligi ma'lum bo'ldi
.

🔴 Mazkur holat yuzasidan texnik hamda ichki nazoratchilarga qoidabuzarlikni bartaraf etish yuzasidan yozma ko'rsatmalar berildi hamda qurilish ishlari vaqtinchalik to'xtatildi.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍31🔥1
#JARAYON

🚨Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-sinov laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda qurilish obyektlarida hamda laboratoriya sharoitida qurilish materiallarining sifati ustidan doimiy ravishda sinov ishlari olib borilmoqda.

Bu tartibdagi laboratoriya sinov ishlari kelgusida bino va inshootlarining mustahkam bo'lishini ta'minlaydi.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍311
#QASHQADARYO

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida korrupsiyaviy xavf- xatarlarning oldini olish hamda bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan seminar-trening bo'lib o'tdi.

Seminarda Qashqadaryo viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i, podpolkovnik N.Ismoilov ,viloyat adliya boshqarmasi vakili R.Rahmonov, hududiy inspeksiya boshlig'i O'.Panjiyev, hamda inspeksiya xodimlari ishtirok etishdi.

🔴 Jarayonda mavjud muammolar va galdagi vazifalarga asosiy eʼtibor qaratildi. Seminar davomida korrupsion holatlarning oldini olish, xodimlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz kayfiyatini shakllantirish, unga doir jinoyatlarning oqibatlari va bunday holatlarga jazoning muqarrarligi haqida so'z yuritildi
.

Telegram|Youtube|Instagram|
1👍1👏1
#QASHQADARYO

🚨
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi qurilish sinov laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan Qarshi shahrida yotqizilgan asfalt betonning ostki qatlam yirik donali va ustki qatlam mayda donali qoplamalarining sifat koeffitsiyentlarini aniqlash uchun namunalar olish ishlari olib borildi.

Mazkur sinov natijalariga ko'ra loyiha talablariga muvofiqligini baholab, xulosalar taqdim etish bilan bir qatorda pudrat tashkiloti vakillariga bajariladigan asfalt beton ishlarida amal qilinishi lozim bo’lgan zaruriy ko’rsatmalar berib borilmoqda.

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👏2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari davom etmoqda.

#QASHQADARYO

Telegram
|Youtube|Instagram|Web|
👍311👏1
#JARAYON

🚨Inspeksiya rahbari boshchiligidagi ishchi guruh
Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarining sifati, loyiha talablariga muvofiqligi hamda xodimlarning xavfsizlik me’yorlariga rioya etilishi yuzasidan ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Dastlab, Shahrisabz tumani "Miraki" turistik zonasida qurilayotgan oilaviy turar-joylar, mehmonxona va restoran binolarining holati o‘rganildi. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi hududning turistik salohiyatini oshirish, ichki va tashqi dam oluvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirishdan iborat.

Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish Inspeksiyasi xodimlari tomonidan obyektlarda davlat nazorati o'rnatilgan bo'lib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha qurilishning ma'sullariga yozma ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi ta'minlangan.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍4🔥1👏1
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
Photo
#JARAYON

📌
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar vakillari uchun seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida qurilish sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, yangi me’yoriy talablar haqida batafsil tushunchalar berildi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:

Qurilish jarayonlarida raqamlashtirish tizimlarini joriy etish – nazorat va monitoring jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida takomillashtirilgan holda qaytadan ishga tushirilgan "Qurilishda davlat nazorati" axborot tizimi haqida ma’lumot berildi. Ushbu tizim orqali loyihalashdan tortib, obyektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan jarayon shaffof va nazorat ostida olib borilishi ta’kidlandi.

Obyektlarning qurilish sifatini oshirish – qurilish materiallarining sifati, texnik reglamentlarga rioya qilish, xavfsizlik choralari va sifat nazoratini kuchaytirish masalalari keng muhokama qilindi.

Qurilish obyektlari pasportlariga QR-kod o‘rnatish – aholining qurilish jarayonlari ustidan nazoratini oshirish, shaffoflikni ta’minlash va har bir obyekt bo‘yicha ochiq ma’lumotlarni taqdim etish mexanizmlari tushuntirildi.


Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va yangi tizimlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishishdi. Qurilish sifatini oshirish, sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda huquqiy tartib-intizomni mustahkamlash yo‘nalishida bunday tadbirlarning muhimligi alohida ta’kidlandi.


#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
👍2👏1
#JARAYON

🚨
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari uchun takomillashtirilgan “Qurilishda davlat nazorati” elektron tizimi bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar Zoom platformasi orqali o‘tkazilib, unda Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish respublika markazi, shuningdek, respublika inspeksiya mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminar davomida ishtirokchilarga "Qurilishda davlat nazorati" elektron tizimi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Ushbu tizimning joriy etilishi sohada nazoratning samaradorligini oshirish, shaffoflikni ta'minlash va qurilish jarayonlarida ochiqlikni kuchaytirish uchun katta ahamiyat kasb etmoqda.


Mutaxassislar tizimning qanday ishlashi, uning foydalari va qurilish sohasidagi boshqa yangi yondashuvlar haqida fikr almashdilar.


#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|
👍21👏1
#JARAYON

🚨
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari O'.Panjiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi shahridagi III-IV toifa obyektlarining qurilish jarayonlarini ko'zdan kechirdi.

Ushbu jarayon doirasida inspeksiya xodimlari tomonidan qurilish ishlari sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi ko'zdan kechirilmoqda. Shu bilan birga qurilish materiallarining sifati, texnik reglamentlarga rioya etilishi ham o'rganilmoqda.

Nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilib uning ijrosi nazoratga olinmoqda.


Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram|Web|
11👍1
#JARAYON

🚨
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda inspeksiyaning markaziy apparat xodimlari hamkorligida ichimlik suvidan oqilona foydalanish, isrofgarchilikning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Tadbir doirasida “Suvni birgalikda asraylik” mavzusida turli hududlarda keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Navbatdagi targ‘ibot tadbiri Qarshi xalqaro universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, ichimlik suvi resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish muhimligi haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida mutaxassislar suv ta’minoti va iste’mol madaniyati, isrofgarchilikning salbiy oqibatlari, shuningdek, suv resurslarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash borasida muhim ma’lumotlar taqdim etdilar.

#QASHQADARYO

Telegram
|Youtube|Instagram|
👍911
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

SUVDAN OQILONA FOYDALANISH - DAVR TALABI.

Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ichimlik suviga noqonuniy ulanish holatlarini oldini olish maqsadida doimiy ravishda targ'ibot hamda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram
11👍1
#JARAYON

🚨 Qashqadaryo viloyati prokuraturasi hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamkorligida inspeksiya binosida "Qurilish va kommunal sohada nazorat ishlarini – korrupsiyadan holi sohaga aylantirish" mavzusida navbatdagi yig'ilish bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda hududiy inspeksiyaning xodimlari ishtirok etib, sohaga oid korrupsion xavf-xatarlar, ularning oldini olish choralari hamda shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha muhim masalalarni atroflicha muhokama qilishdi. Yig'ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyalari, qonunchilikdagi muhim jihatlar va xodimlarning shaxsiy mas’uliyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan taklif va chora-tadbirlar ishlab chiqilib, qonunbuzarliklarning yuzaga kelish ehtimolini bartaraf etish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

#QASHQADARYO

Telegram|Youtube|Instagram
👍2👏21