QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
3.38K subscribers
8.48K photos
857 videos
64 files
2.6K links
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali.

https://www.youtube.com/channel/UCufhCRyZfh0aKM4YdjzBdng
https://www.instagram.com/qurilish_kommunal_inspeksiyasi/
Murojaat @Qurilish_inspeksiyasi_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Yangiyo'lda ko'p qavatli uyning birida temir beton plita teshilib, yerto'laga o'zboshimchalik bilan yo'l ochilganligi aniqlandi.

🎥Batafsil videoda.

#TOSHKENT_VILOYATI

Telegram|Youtube|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Sergeli tumanida koʻp qavatli uyning poydevor qismiga zarar yetkazgan fuqaroga chora koʻrildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tafsilotlari.

#TOSHKENT_SHAHRI

Telegram|Youtube|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨Kompaniyalar tomonidan ishlar tashkil etilgan faqatgina qog'ozda


Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan boshqaruv servis kompaniyalarining tungi dispetcherlik faoliyatini o'rganish maqsadida reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.

📍Bu galgi tungi reydimizning manzili poytaxtimizning Chilonzor tumani.

#TOSHKENT_SHAHRI

Telegram|Youtube|Instagram|
#REYD

🚨Suvdan noqonuniy foydalanganlar maʼmuriy jarimaga tortildi


Xorazm viloyati Urganch shahrida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlaridan foydalanish qoidalariga rioya etish holatlari o‘rganildi. Tekshiruv davomida "Temiryo'lchi" mahallasida ikki nafar fuqaro ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanib, undan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan huquqbuzarlarga "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning tegishli moddalari asosida jarima choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga ichimlik suviga qonuniy tartibda qayta ulangunga qadar tarmoqdan uzib qo‘yildi.


Inspeksiya xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

#XORAZM

Telegram|Youtube|Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan
reyd tadbirlari davomida, ko‘p qavatli uylarning atrofida o'zboshimchalik bilan qurilmalar qurib olish hamda binoning tayanch konstruksiyasiga shikast yetkazish holatlari aniqlandi.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨Fuqaro o‘z uyining yonida noqonuniy ravishda oqova suvlarni chiqarish uchun inshoot qurishga uringani aniqlandi. Ushbu o‘zboshimchalik nafaqat shaharsozlik me’yorlariga zid, balki sanitariya talablariga ham mutlaqo mos kelmaydi.

🎥 Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tafsilotlari.

#FARGONA

Telegram|Youtube|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan
reyd tadbirlari davomida ko‘p qavatli uyning pastki qismidan mulkdor o‘zboshimchalik bilan noqonuniy eshik ochganligi aniqlandi.

Ushbu harakat bino konstruksiyasiga jiddiy zarar yetkazib, uning mustahkamligi va xavfsizligiga tahdid soladi.

🎥Batafsil videoda.

#TOSHKENT_VILOYATI

Telegram|Youtube|Instagram
#REYD

🚨Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Nurafshon shahri "Taraqqiyot" mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida mulkdor tomonidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.


Xususan, ushbu uyda yashovchi uyning mulkdori birinchi qavatdagi xonadonining ichki devorlarini o‘zboshimchalik bilan buzib, qayta o‘zgartirish kiritgan. Bu esa bino konstruksiyasining mustahkamligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur holat yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga belgilangan tartibda jarima chorasi qo‘llanildi hamda o'zboshimchalik bilan qilingan ishlarni dastlabki holatiga qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi. Agar ko‘rsatmalar belgilangan muddatda bajarilmasa, ushbu ishlar majburiy tartibda amalga oshiriladi.


#TOSHKENT_VILOYATI

Telegram|Youtube|Instagram
#REYD

🚨 Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Yangi Namangan tumani Furqat mahallasi hududida “Shabnam betakror qurilish” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini o‘z ichiga olgan ko‘p qavatli turar joy binosida monitoring ishlari o‘tkazildi.


O'rganish jarayonida binoning orayopma temir beton plitalaridagi oraliq choklar beton qorishmasi bilan to‘ldirilmagani, bino qavatlaridagi parda devorlar loyiha talabi asosida bajarilmagani, oraliq g‘isht terish ishlarida gorizontal, vertikal choklar sementli qorishma bilan to‘ldirilmagani va choklarning masofaviy o‘lchamlari saqlanmagani aniqlandi.

Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan inspeksiya mas'ullari tomonidan joyida sifatsiz hamda loyiha talablari asosida bajarilmagan ishlar buzdirildi hamda obyektda qurilish-montaj ishlari vaqtinchalik to'xtatildi.

#NAMANGAN
#REYD

🚨 O‘zboshimchalik javobgarlikka sabab bo‘ladi!


Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ko‘p qavatli turar joylarning saqlanishi va ulardan foydalanish holatlarini o‘rganish maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Monitoring davomida Qumqo‘rg‘on tumani "Yangi shahar" mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanish hududlari mulkdorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingani hamda noqonuniy qurilmalar barpo etilgani aniqlandi.


Mazkur holatlar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan qoidabuzar mulkdorlarga 15 kun muddat ichida holatni bartaraf etish bo'yicha bajarilishi shart bo‘lgan majburiy ko‘rsatmalar berildi hamda ushbu yozma ko'rsatmalarning ijrosi inspeksiya xodimlarining nazoratiga olindi.


#SURXONDARYO

Telegram|Youtube|Instagram
#REYD

🚨Toshkent viloyati Zangiota tumanida o'tkazilgan
reyd tadbirlari davomida, ko'p qavatli uyda yashovchi mulkdorlar tomonidan o'zboshimchalik bilan ko'p qavatli uyning bir necha joyidan chuqur kavlangan holda yerto'laga eshik ochilganligi aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorlarga belgilangan tartibda jarima chorasi qo‘llanildi hamda o'zboshimchalik bilan qilingan ishlarni dastlabki holatiga qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.


Agarda inspeksiya xodimlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalar belgilangan muddatda bajarilmasa, ushbu ishlarni majburiy tartibda bartaraf etish choralari ko'riladi.

#TOSHKENT_VILOYATI

Telegram|Youtube|Instagram
#REYD

🚨 Sirdaryoda
reyd tadbirlari davomida ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanib olgan 7 ta holat aniqlandi.

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda viloyat Suv ta’minoti xodimlari hamkorligida Mirzaobod va Guliston tumanlarida ichimlik suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish hamda suvdan maqsadsiz foydalanishning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 7 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan huquqbuzarlarga "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning tegishli moddalari asosida jarima choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga, ichimlik suviga qonuniy tartibda qayta ulangunga qadar noqonuniy ulanishlar tarmoqdan uzib qo‘yildi.


Inspeksiya xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

#SIRDARYO

Telegram|Youtube|Instagram
#REYD

🚨Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, “Farg‘ona suv qurilish invest” DM buyurtmachiligidagi Quvasoy shahri "Nayman" mahallasi hududida aholi tomorqa yerlarini sug‘orish sharoitlarini yaxshilash uchun barpo etilayotgan sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish obyekti o‘rganildi.

Natijada obyektda texnik, mualliflik va ichki nazorat bo‘yicha mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilmaganligi oqibatida obyektning PK0+00 dan PK0+50 gacha bo‘lgan qismida beton ariqlar uchun quyilgan quyma beton ishlari sifatsiz bajarilgani aniqlandi.


Mazkur holat yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan sifat talablariga javob bermaydigan ishlar joyida buzdirildi hamda qurilish mas’ullariga elektron tartibda yozma ko‘rsatmalar berildi.

Inspeksiya xodimlari tomonidan viloyat bo'ylab nazorat ishlari davom etmoqda.

#FARGONA

Telegram|Youtube|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan ko'p qavatli uyning konsturksiyasini buzgan mulkdorga qonuniy tartibda chora ko'rildi.


Berilgan yozma ko'rsatmalarga asosan qoidabuzarlik bartaraf etildi.

#TOSHKENT_SHAHRI

Telegram|Youtube|Instagram
#REYD

🚨
Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ko‘p qavatli turar joylarning saqlanishi va ulardan foydalanish holatlarini o‘rganish maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Monitoring davomida Mirzacho‘l tumani “Do‘stlik” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanish hududlari mulkdorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingani hamda noqonuniy qurilmalar barpo etilgani aniqlandi.


Mazkur holatlar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan qoidabuzar mulkdorlarga 15 kun muddat ichida holatni bartaraf etish bo'yicha bajarilishi shart bo‘lgan majburiy ko‘rsatmalar berildi hamda ushbu yozma ko'rsatmalarning ijrosi inspeksiya xodimlarining nazoratiga olindi.


#JIZZAX

Telegram|Youtube|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨Ko‘p qavatli xonadon konstruksiyasiga zarar yetkazgan shaxslarga qonuniy chora ko'rildi.

#FARGONA

Telegram|Youtube|Instagram
#REYD

🚨 Navbahor tumanida suvdan noqonuniy foydalanganlar ma’muriy jarimaga tortildi.


Navoiy viloyati Navbahor tumanida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda xizmatlardan foydalanish qoidalariga rioya etish holatlari o‘rganildi.

Tadbir davomida "Bunyodkor" hamda "Xashman" mahallalarida ichimlik suviga noqonuniy ulanish bilan bog'liq 2 ta holat aniqlandi. Ushbu vaziyat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 163/1-qismiga asosan inspeksiya xodimlari tomonidan ma’muriy jarimalar rasmiylashtirildi hamda huquqbuzarlar ichimlik suvi tarmog'iga qonuniy tartibda qaytda ulangunga qadar uzib qo'yildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

#NAVOIY

Telegram|Youtube|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan ko'p qavatli uyning konsturksiyasini buzgan mulkdorga qonuniy tartibda chora ko'rildi.

#TOSHKENT_SHAHRI

Telegram|Youtube|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Inspeksiya xodimlari tomonidan yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi to‘xtatildi. Sifatsiz ishlar esa joyida buzdirildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan poytaxtning Bektemir tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari tafsilotlari.

#TOSHKENT_SHAHRI

Telegram|Youtube|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Samarqand shahrida ichimlik suvidan noqonuniy foydalangan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilib, tarmoqdan uzildi.

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab reyd tadbirlari davom etmoqda. Ushbu tadbirlar ichimlik va oqova suvi tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanish holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Navbatdagi reyd tadbiri “Samarqand suv ta’minoti” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida o‘tkazildi. Tadbir davomida bir necha fuqarolar tomonidan ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar aniqlandi.

#SAMARQAND

Telegram|Youtube|Instagram