QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
3.43K subscribers
8.42K photos
848 videos
64 files
2.58K links
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali.

https://www.youtube.com/channel/UCufhCRyZfh0aKM4YdjzBdng
https://www.instagram.com/qurilish_kommunal_inspeksiyasi/
Murojaat @Qurilish_inspeksiyasi_bot
Download Telegram
#TOSHKENT_SHAHRI

🚨Toshkent shahrida yana bir sifatsiz qurilish inspeksiya xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

Xususan, Bektemir tumani hududida buyurtmachi “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” tomonidan qurilayotgan maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi qurilishida, inspeksiya xodimlari tomonidan navbatdagi o‘tkazilgan monitoring natijasida obyekt qurilishiga sifatsiz temir beton plitalar olib kelinganligi hamda foydalanilganligi aniqlandi.

Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan qurilish mas’ullariga elektron yozma ko‘rsatmalar berilib, sifatsiz temir beton plitalar inspeksiya xodimlari tomonidan buzdirildi hamda ishlab chiqarilgan korxonasiga qaytarildi.

Sifatsiz qurilish materiallarini ishlab chiqargan korxonaga nisbatan taqdimnomalar kiritildi hamda obyektda qurilish montaj ishlari vaqtinchalik to‘xtatildi.

Telegram|Youtube|Instagram
#REYD

🚨Toshkent viloyati Zangiota tumanida o'tkazilgan reyd tadbirlari davomida, ko'p qavatli uyda yashovchi mulkdorlar tomonidan o'zboshimchalik bilan ko'p qavatli uyning bir necha joyidan chuqur kavlangan holda yerto'laga eshik ochilganligi aniqlandi


Mazkur holatlar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorlarga belgilangan tartibda jarima chorasi qo‘llanildi hamda o'zboshimchalik bilan qilingan ishlarni dastlabki holatiga qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.


Agarda inspeksiya xodimlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalar belgilangan muddatda bajarilmasa, ushbu ishlarni majburiy tartibda bartaraf etish choralari ko'riladi.

#TOSHKENT_VILOYATI

Telegram|Youtube|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

📣 Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari diqqatiga!

📌 Sizni 19-mart kuni soat 10:00da boʻlib oʻtadigan ochiq muloqotga taklif qilamiz.

Bu yerda elektron reyting, tender jarayonlari va “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” platformasi singari dolzarb mavzular yuzasidan savollaringizga javob topasiz.

📌Manzil: Toshkent shahri Abay koʻchasi 6A-uy
📞 Murojaat uchun telefonlar: 71 210-11-04 (12-73, 12-71, 12-70)

❗️Tadbirga avtomobilsiz kelish tavsiya etiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Sirdaryoda reyd tadbirlari davomida ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanib olgan 7 ta holat aniqlandi.

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda viloyat Suv ta’minoti xodimlari hamkorligida Mirzaobod va Guliston tumanlarida ichimlik suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish hamda suvdan maqsadsiz foydalanishning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 7 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan huquqbuzarlarga "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksning tegishli moddalari asosida jarima choralari qo‘llanildi. Shu bilan birga, ichimlik suviga qonuniy tartibda qayta ulangunga qadar noqonuniy ulanishlar tarmoqdan uzib qo‘yildi.


Inspeksiya xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

#SIRDARYO

Telegram|Youtube|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlar bilan muntazam muloqotlar o‘tkazilib, qurilish obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda foydalanishga ruxsat berish tartibi tushuntirib o'tilmoqda.

#ANDIJON

Telegram|Youtube|Instagram