OTFIV | Qashqadaryo
791 subscribers
3.1K photos
353 videos
55 files
1.29K links
Oliy ta`lim fan va innovatsiyalar hududiy boshqarmasi.
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik ko`chasi
tel:+998 75 221 17 68
Download Telegram
Topshiriqlar ijrosi amalda.

Viloyat hokimi M.Azimov 2024-yilning dekabr oyida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari bilan uchrashuvda mas’ullarga ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarni dual ta’limga keng qamrab olish va byudjetdan tashqari mablag‘ topish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yilning 6 oyida 28 ta ta’lim muassasasi tomonidan 13,4 mlrd. so‘m byudjetdan tashqari mablag‘ ishlab topildi.

Misol uchun, Shahrisabz tuman 1-son politexnikumida 10 sotix yer maydoniga issiqxona barpo etilib, 2 500 tup bodring va 900 tup bulg'or qalampiri yetishtirildi va 15 sotix yer maydaonida 500 kg kartoshka urug‘lari ekildi. Hisob kitoblarga ko‘ra texnikum ushbu tashabbus orqali 100 mln. so‘m daromad topadi.

Bu kabi ijobiy tashabbuslar viloyatimizning barcha texnikumlarida joriy etilmoqda.
👍3
Forwarded from Qashqadaryo innovation
Dehqonobod tumanida kavrak asosida ziravorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida joylashgan “FERULA TRADING” MCHJ tomonidan kavrak (Ferula) o‘simligidan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ziravorlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Ushbu tashabbus Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida moliyalashtirildi.

Loyiha natijasida Dehqonobod tumanida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilib, mahalliy xomashyo – kavrak o‘simligidan ekologik toza va bozorbop ziravorlar tayyorlanmoqda. Bu esa mahalliy resurslardan oqilona foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda iqtisodiy faoliyatni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

“FERULA TRADING” MCHJ tomonidan mazkur innovatsion loyiha orqali nafaqat mamlakat ichki bozorida, balki xalqaro savdo maydonida ham o‘z o‘rnini mustahkamlash imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Eksport hajmlarining oshishi hisobiga korxona daromadlari ko‘payib, iqtisodiy barqarorlikka erishilmoqda.

Loyihaning muhim jihatlaridan biri – ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan uskunalar yordamida mahsulot sifatining keskin yaxshilanishi va energiya resurslarining tejalishidir. Yangi texnologiyalar turli xil ziravor turlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib, iste’molchilarga keng tanlovni taqdim etmoqda. Bu esa korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlabgina qolmay, mahalliy brend sifatida tanilishiga zamin yaratmoqda.
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янги Ўзбекистон бунёдкори - мамлакат 8 йилда

Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 68 ёшни қаршилади.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
👍1
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.2 MB
#Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2025

Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr_kvota_kechki_2025.pdf
12.3 MB
#Kvota #Bakalavr #Kechki #Qabul2025

Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Bakalavr_kvota_masofaviy_2025.pdf
11 MB
#Kvota #Bakalavr #Masofaviy #Qabul2025

Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Maqsadli_qabul_maktab_kvota_2025.pdf
10.7 MB
#MaqsadliKvota #Bakalavr #MaktabTaʼlimi #Qabul2025

Maktab ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Maqsadli_qabul_tibbiyot_kvota_2025.pdf
11.8 MB
#MaqsadliKvota #Bakalavr #SogʻliqniSaqlash #Qabul2025

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Maqsadli_qabul_san'at_kvota_2025.pdf
9.3 MB
#MaqsadliKvota #Bakalavr #Sanʼat #Qabul2025

San’at sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sanʼat sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan teatrlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va teatrlar kesimida) tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
5yil_ish_staji_xotin_qizlar_kvota_2025.pdf
9.9 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

⚡️Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha
qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Nogironligi_bor_fuqarolar_uchun2_foizli_grant_2025.pdf
10.3 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 %li qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 907 ta qo‘shimcha davlat granti kvotasi ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi
ta’lim shakli uchun – 2 968 ta;
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 575 ta;
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 364 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Magistratura_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.4 MB
#Qabul2025
#magistratura_kunduzgi

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 20 210 ta.

Davlat granti: 9 922 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 725 ta, rus tili – 1 197 ta,

Kontrakt: 10 288 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 538 ta, rus tili – 1 750 ta.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Texnikum

📣 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi

🔰 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinfini bitirgan o‘quvchilarini 519 ta texnikumning birida o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.

Bitiruvchilar davlat granti asosida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

✔️Bundan tashqari, ular 14 ta texnikumda tashkil etiladigan xalqaro ta’lim dasturiga grant asosida o‘qish uchun ham 10-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin.

➡️Ta’lim shakli: kunduzgi

▪️Platformaga:
tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

Shoshiling! Imkoniyatni boy bermang!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qabul2025 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz

Joriy yil xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)

Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:

Unga ko‘ra:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Ta’lim standartlari va dasturlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram