OTFIV_Navoiy viloyati boshqarmasi
1.1K subscribers
6.79K photos
668 videos
45 files
1.91K links
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi rasmiy kanaliga xush kelibsiz!

🌐 Veb-sayt: @OTFIV_Navoiy


📲Murojat uchun: +998-79-220-64-45
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

25-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, ichki nazorat bo‘limlari va hududiy bo‘linmalar ishtirokida korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov tizimda shaffoflikni kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ichki nazoratni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov va Senat qo‘mitasi raisi Abdulhakim Eshmurodov tizimdagi xatarlar, ularni bartaraf etish va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan fikr bildirdi.

Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/72525

#Yigʻilish #Korrupsiyaga_qarshi_kurash #chora_tadbirlar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Texnikum

📣 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi

🔰 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinfini bitirgan o‘quvchilarini 519 ta texnikumning birida o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.

Bitiruvchilar davlat granti asosida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

✔️Bundan tashqari, ular 14 ta texnikumda tashkil etiladigan xalqaro ta’lim dasturiga grant asosida o‘qish uchun ham 10-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin.

➡️Ta’lim shakli: kunduzgi

▪️Platformaga:
tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

Shoshiling! Imkoniyatni boy bermang!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
5yil_stajga_ega_fuqarolarga_tavsiya_beradigan_tashkilotlar.pdf
8.8 MB
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega fuqarolarga tavsiyanoma berish huquqiga ega vazirlik, idoralar va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati

Eslatma: Mazkur tavsiyanomaga ega abituriyentlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining masofaviy yoki kechki ta’lim shakllariga suhbat natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadilar.

Mazkur toifadagi talabgorlar 2025-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

#Qabul2025 #Tavsiyanoma #Vazirlik_idoralar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#qabul2025 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz

Joriy yil xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)

Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:

Unga ko‘ra:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Transport vazirining tegishli buyrug‘i bilan Alijonov Utkirjon Mahamadaliyevich Toshkent davlat transport universiteti oliy va kasbiy ta’lim tizimi integratsiyasi bo‘yicha prorektori etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar U.Alijonov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelgan.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#diqqat_tanlov

⚡️ "Bilimdon o‘qituvchi" tanlovi boshlandi!

O‘qituvchilar uchun bilim va faollik oshirish maqsadida yutuqli tanlovga start berildi. G‘oliblar Pedagogik mahorat testidan o‘tish orqali aniqlanadi, referal yig‘ish va test ishlash orqali sovrindor bo‘ling!

🎁 Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🔹 1-o‘rin – Planshet (zamonaviy o‘qituvchi ish quroli)

🔹 2-o‘rin – 10 ta top kitoblar to‘plami!

🔹 3-o‘rin – Milliy sertifikat to‘lovini qoplab beramiz!

🔹 4–6-o‘rin – AirPods quloqchinlari

🔹 7–10-o‘rin – Qimmatbaho blaknot va ruchka to‘plami

🤩 Eng ko‘p referal to‘plagan 20 nafar ishtirokchi:

🔸 1-o‘rin – 400 000 so‘m

🔸 2-o‘rin – 300 000 so‘m

🔸 3-o‘rin – 200 000 so‘m

🔸 4–10-o‘rinlar – 100 000 so‘m

🔸 11–20-o‘rinlar – “Kreativ pedagog” kursida bepul o‘qish imkoniyati!

🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi!

Tanlovda ishtirok etish 👇

Sizning taklif havolangiz:
https://t.iss.one/PedKonkursbot?start=1906827
#diqqat_tanlov

Hujjatlar qabuli Avgust oyining 1-sanasida yakunlanadigan tanlovlar⬇️


📥 Elektrotexnika sohasidagi innovatsion loyihalar tanlovi
Muddat: 01.08.2025

📥 Davlat maqsadli dasturi tanlovi
Muddat: 01.08.2025

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Davlat_granti_kvotasi_ulushining_chegarasi_2025.pdf
11 MB
Davlat granti kvotasi ulushining chegarasi (foizgacha)

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti (ilova).

#Qabul2025 #Grant_chegarasi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Bojxona_2foizli_grant_kvota_2025.pdf
10.1 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota


Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Jami: 710 ta qo‘shimcha kvota.

❗️ Diqqat! Ushbu kvota tanlovda birinchi tanlangan taʼlim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi. Shu bois, ushbu tavsiyanomaga ega abituriyentlar birinchi taʼlim yo‘nalishiga albatta kunduzgi ta’lim shaklini tanlashi lozim.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi

Aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish, ularni bartaraf etish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 2025-yil 29-iyul kuni soat 16:00da Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi.

Professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar sohaga doir muammo va takliflari yuzasidan qilgan murojaatlariga javob olishlari mumkin.

#Eʼlon #Sayyor_qabul #Vazir #Murojaatlar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Ta’lim standartlari va dasturlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mamanazarov Abdusamat Abdusaitovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bungacha A.Mamanazarov Taʼlim sifatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi2025

Navoiy davlat universiteti bitiruvchilariga diplom topshirildi

Navoiy viloyati Ma‘naviyat va ma‘rifat markazida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Navoiy davlat universiteti magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat bosqichini tamomlagan bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori vazifasini bajaruvchi M.Kalonov, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy boshqarmasi mas‘ul rahbari N.Isoqov bitiruvchilarga tabrik so‘zlarini yo‘llab, ularga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar. Shundan so‘ng bitiruvchilarga tantanali diplomlar topshirildi.

Tadbir davomida San‘at va sport fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining musiqiy chiqishlari ijro etildi.

Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025 o‘quv yilida universitetni 5 288 nafar talaba tamomladi, shundan 101 nafari magistr, 5 187 nafari bakalavr diplomini qo‘lga kiritdi. 
Tadbir doirasida bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi kungacha 5 ming nafarga yaqin bitiruvchi ish bilan ta’minlandi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2025 #Dayjest

2025/2026-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish bo‘yicha muhim xabarlar dayjesti


my.uzbmb.uz platformasida OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha videoyo‘riqnoma;

O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti

🔹 BAKALAVR:

KUNDUZGI;

KECHKI;

MASOFAVIY;

Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.

🔸 MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash;

Maktab ta’limi;

San’at sohasi.

🔹 IMTIYOZLI KVOTALAR:

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun;

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun;

5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun;

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun.

🔸 MAGISTRATURA:

KUNDUZGI;

KECHKI;

MASOFAVIY;

Magistratura turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.

Davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

Yangi tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati;

Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram