OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati
2.37K subscribers
24.3K photos
1.43K videos
3 files
3.53K links
Oltinko‘l tumanida ro‘y berayotgan jamiyat, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat, sport, texnologiyalarga oid eng so‘nggi xabarlar.

2021/©
Download Telegram
Давлатимиз раҳбари Андижон шаҳридаги 2-сонли ихтисослаштирилган мактаб-интернатини ҳамда бунёд этилаётган Универсал спорт мажмуасини бориб кўрди.

Глава государства посетил специализированную школу-интернат №2 и строящийся Универсальный спортивный комплекс в городе Андижане.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #talim #sport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Sport_yangiliklari

⚽️ DXX kubogi. Oltinko'llik mini-futbolchilar finalda

Kuni kecha sportning mini-futbol turi bo'yicha DXX kubogi uchun bellashuvlarning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda tumanimizning Toptiq jamoasi Shahrixonlik tengdoshlarini mag'lubiyatga uchratib, final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

Endi tumanimiz mini-futbolchilari final bahslarida baliqchilik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadilar.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
#Sport

⚽️ Xotira turniri g'oliblari aniqlandi

Avval habar berganimizdek, bugun Oltinko’l tuman hokimligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar bo’limi, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bo‘limiga biriktirilgan mahallardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida, xizmat vaqtida xalok bo‘lgan (marxum)  kichik serjant Baxodirov Muxammadnosir Maxammadshokirovich xotirasiga bag‘ishlab xotira turniri o‘tkazildi.

Mini futbol bo’yicha qiziqarli va murosasiz o’tkazilgan sport musobaqasida tumanning to’rtta mahalla jamoalari kuch sinashdilar.

Natijalarga ko’ra faxrli 1-o’rinni Erkin mahallasi yoshlari, 2-o’rinni Qo’shko’prik mahallasi egallagan bo’lsa 3-o’rin Xo’ja mahallasi yoshlariga nasib qildi.

G’oliblar kubok va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
#Sport

⚽️ Oltinko’l-AQXAI 4:0
•••••••••

Bugun Oltinko’l Markaziy o’yingohida futbol bo’yicha Ikkinchi liganing 2-tur o’yini bo’lib o’tdi.

Unda tumanimiz sharafini himoya qilib kelayotgan Oltinko'l futbol jamoasi Andijon qishloq xo'jalik agror instituti futbol jamoasini 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Oltinko'l jamoasining legioner o'yinchisi Njafor Celestine xetirik qayd etgan bo'lsa, jamoa hujumchisi Doston Kimsanboyev yagona va chiroyli gol muallifiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, ikkinchi liganing 1-tur o'yinida Oltinko'l jamoasi Bo'ston jamoasini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
#Sport

"Andijon viloyati IIB boshlig‘i kubogi" musobaqasining tuman bosqichiga start berildi!
••••••••••

Bugun Oltinko’l tumani sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6099-sonli Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha 18-30 yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalardan iborat jamoalar "Andijon viloyati IIB boshlig‘i kubogi" musobaqasida g‘oliblik uchun bahsga kirishdilar.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Yashavor Oltinko’l og’loni
⚽️⚽️⚽️

Ayni daqiqalarda Olimpiada 2024 doirasida futbol musobaqalarining 3-tur o’yini bo’lmoqda.

Dominikan jamoasi
O'zbekiston terma jamoasi bilan xozircha 1:1 hisobini qayd etmoqda.

Uchrashuvdagi yagona golni Oltinko’l o’gloni istedodli futbolchi Alisher Odilov Dominikan jamoasi darvozasiga joylab qo’ydi.

Yashavor Alisher! Biz sen bilan faxrlanamiz!!!

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
#Sport

Bugun futbol bo’yicha ikkinchi liga 5-tur uchrashuvida "Oltinko'l" yana g'alaba qozondi
••••••••••

Bugun ikkinchi liga "A" guruhi 5-tur uchrashuvlariga start berildi. Mezbonlikda to'p surgan “Oq oltin” futbol jamoasiga qarshi “Oltinko’l” futbolchilari maydonga tushdilar.

Murosasiz bahslar natijasi 0:2 hisobida oltinko'lliklar foydasiga hal bo'ldi.

Gollarni birinchi bo'lib 45 daqiqada Nnajiofor Celestine kiritgan bo'lsa, 83 daqiqada Javlonbek Xamdamov hisobni 0:2 ko'rinishiga olib keldi.

Ma'lumot o'rnida, ikkinchi liganing "A" guruhi keyingi uchrashuvida Oltinko'l futbol jamoasi Andijon davlat universiteti qarshi maydonga tushadi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
#sport

Yosh futbolchilarimiz peshqadam
••••••••••

Oltinkoʻl tumanida Andijon viloyati sport maktablari oʻrtasida futbol musobaqasi final bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqa viloyatimizning Paxtabod, Izboskan, Xo’jaobod, Baliqchi, Shahrixon, Bo’ston hamda Oltinko’l tumanlarining
2010-2011 yillarda tug’ilgan yoshlari o’rtasida o’tkazildi.

Qizg’in va murasiz o’tgan turnirda Oltinkoʻl sport maktabi futbol murabbiysi O’tkirbek Mamatqulov shogirdlari finalda Shahrixonlik tengdoshlarini 3-2 hisobida yengib, musobaqa g’olibligini qo’lga kiritdilar.

Musobaqa qatnashchilari tashkilotchilar tomonidan estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
#Sport

Oltinko’l “A-guruhi”da eng yuqori o’rinda
••••••••••

Futbol bo’yicha Andijon viloyati Ikkinchi liga 5-tur uchrashuvlaridan so'ng turnir jadvali yuqoridagi ko'rinishga keldi.

Bahslar natijasiga ko’ra A-guruhida Oltinko’l futbol jamoasi eng yuqori, birinchi o’rinda bormoqda.

Jamoamizga omad tilaymiz!

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Toptiq mahallasi jamoasi respublika bosqichiga yo’l oldi
••••••••••

Xabaringiz bor, Oltinko’l tumani Toptiq mahallasi yoshlari sportning mini futbol turi bo’yicha DXX-kubogi Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan.

Bugun erta tongdan musobaqalarning respublika bosqichi ishtirokchilarini tumanimiz hokimi hamda sektor rahbarlari Andijon vokzaliga kuzatib qo’ydilar.

Ularni keng jamoatchilik vakillari,Oltinko’l, Andijon va Izboskan tumanining faollari, tuman hokimlari hamda sektor rahbarlari kutib oldilar.

Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari K.Komilov Andijon tumanining Poloson (katta futbol, o‘g‘il bolalar) jamoasiga, Oltinko‘l tumanining Oltinko‘l (mini futbol, o‘g‘il bolalar) jamoasiga hamda Izboskan tumanining Gurkirov lochinlari (mini futbol, qiz bolalar) jamoalariga omadlar tiladi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
#sport

Xush xabar! Oltinko'llik futbolchi Alisher Odilov faoliyatini xorijda davom ettirishi mumkin

••••••••••

Oltinko'l tumanida tug'ilib o'sgan, futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi hamda “Olimpik” jamoasi hujumchisi Alisher Odilov legionerga aylanishi mumkin. Bu haqda Championat nashri xabar bermoqda.

Futbolchi “Olimpik” bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan edi. Alisher Odilovning vakillari Hojimat Erkinov to‘p tepadigan BAAning “Al-Vahda” klubi bilan faol tarzda muzokaralar olib borgan, ammo oxirgi pallada vaziyat umuman o‘zgarib ketgani ma’lum qilindi.

Championat sayti futbolchining o‘zi bilan bog‘langanida, Odilov Rossiyaga uchib ketishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, agar hammasi ko‘ngildagidek bo‘lsa “Ximki” jamoasi bilan shartnoma imzolashi mumkinligini aytgan.

Ma’lumot uchun, “Ximki” joriy mavsum Rossiya chempionatida 5 o‘yindan keyin 5 ochko bilan turnir jadvalining 10-pog‘onasida bormoqda.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
#Sport

Xotin-qizlar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sport sinovlari bo‘lib o‘tdi
•••••••••••

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5148-son hamda Vazirlar mahkamasining 2022 yil 15-yanvardagi "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi 23-son qarorlariga muvofiq Oltinko‘l tumanida xotin-qizlar o‘rtasida sport sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda faol ishtirok etgan xotin qizlar sportning turli turlari bo'yicha o'zaro kuch sinadilar.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
#Sport

Ikkinchi liga 9-tur uchrashuvida “qo’shnilar” o'zaro murosa yo'lini tanladilar

•••••••••••

Bugun Oltinko’l Markaziy o’yingohida futbol bo’yicha ikkinchi liga 9-tur “A” guruhi bosqichida Oltinko’l futbol jamoasi Baliqchi jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv teng kurashlarda kechdi va natija qaydnomasiga 1-1 hisobi yozib qo'yildi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
#Sport

⚽️ Ikkinchi liga “A” guruhi 10-tur o’yini Oltinko'l-Bo'ston 3:0
••••••••••

Bugun Oltinko’l Markaziy o’yingohida futbol bo’yicha Ikkinchi liganing 10-tur o’yini bo’lib o’tdi. "A" guruhidan o'rin olgan Oltinko'l hamda Bo'ston jamoalari o'zaro bahslashish maqsadida maydonga tushdilar.

Natija esa 3:0, mezbonlar foydasiga.

Gollar: Mashxur Qoraboyev, Doston Kimsanboyev, Mashxur Qoraboyev

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram |
#Sport

Voleybolchi yigitlarimiz respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi
••••••••••


Andijonda uyushmagan yoshlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Qiziqarli va murosasiz bahslarda Oltinko'l tumanining Katta Oqtepa jamoasi g'olib bo'lib respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Oltinkolpress.uz |Telegram | Facebook | Instagram |