Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologik kanali
344 subscribers
4.04K photos
206 videos
4 files
753 links
Download Telegram
#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

🌐Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/July-2024-test-results-presidential-schools-admissions/


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2023-yil 16-avgustdagi 248-son buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Joriy yilning 29-avgust sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga biriktirilgan tumandagi 42, 6 va 34-umumta'lim maktablarida o'quv seminarlari tashkil etildi va maktablarda qo'lanilayotgan o'qitish va baholash tizimlari to'g'risida mazkur maktablarning pedagog xodimlariga atroflicha tushunchalar berildi. https://t.iss.one/Nurota_IM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar, aziz yurtdoshlar!
 
Ona Vatanimiz istiqlolining 33 yilligi – mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida ozod diyorimizda har bir yil hamma sohada ulkan yutuqlar, tub o‘zgarishlar, xayrli natijalar bilan tarixga muhrlanayotgani bizni behad quvontiradi.

Ijtimoiy davlat deya atalgan Yangi O‘zbekistonimizdagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad inson qadrini ulug‘lash, har bir yurtdoshimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish, mamlakatimizni jahonning eng ilg‘or davlatlari safiga olib chiqishdan iborat.

Bu o‘zgarishlar albatta ertangi kun egalarining bugungi taʼlim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liq.

Shunday ekan, kelajagimiz bunyodkorlarining har tomonlama barkamol voyaga yetishlari yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan qadrli yurtdoshlarimizga kuch-quvvat, sihat-salomatlik, ulkan zafarlar tilayman.

Osmonimiz hamisha bugungidek musaffo, yurtimiz tinch, xonadonlarimiz yanada fayz-u barakaga to‘lsin.

Barcha yutuqlarimizning poydevori, hayotbaxsh manbai sanalgan istiqlolimiz boqiy bo‘lsin!

Yana bir bor bayram muborak, azizlar!

Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Forwarded from Hilola Umarova
#bizning_jamoa

Istiqlolning 33 yilligi muborak! Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin 🇺🇿♾️
#iqtibos

“Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Bir_boʻlsak_yagona_xalqmiz
#Birlashsak_Vatanmiz

🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barchani Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli ishlaringizda ulkan yutuqlar tilaymiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HURMATLI VATANDOSHLAR!

Sizlarni eng ulugʻ, eng aziz bayram — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz qanday yutuq va natijalarga erishgan boʻlsa, bularning barchasi mustaqillik sharofatidir.

U tufayli oʻzligimizni angladik, Oʻzbekiston ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qildi. Xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarning gʻayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda.

Bugun mamlakatimiz mustaqillikka erishganiga 33 yil toʻldi. Shu munosabat bilan, Sizlarni jonajon Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayrami bilan chin qalbimdan bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman.

Yurtimiz hamisha tinch va farovon, osmonimiz musaffo boʻlsin! Mustaqillik bayrami barchangizga muborak boʻlsin!

Hurmat bilan Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktab ma'muriyati
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!


Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.

Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.

Aziz o‘quvchilar!

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Birinchi_Qongiroq

Joriy yilning 4 sentyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Bilimlar kuni" hamda "Birinchi qo'ng'iroq" bayramlariga bag'ishlangan tadbir ko'tarinki ruhda tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan mazkur tadbirda ishtirok etgan ta'lim muassasasi direktori S.Raximov, tuman IIB xodimi A.Gʻafforov, Nurota tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i V.Qobilovlar ishtirok etib, o'zlarining dil tilaklarini yo'lladilar.
Tadbirdan so'ng maktab direktori S.Raximov va maktab OʻIBDOʻ M.Haydarova "Bir boʻlsak-yagona xalqimiz, Birlashsak-Vatanmiz" mavzusida mustaqillik darsi oʻtib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mustaqillikning fuqarolarimiz taqdirdagi roli haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

https://t.iss.one/Nurota_IM