Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologik kanali
346 subscribers
3.9K photos
182 videos
4 files
731 links
Download Telegram
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

📆 Joriy yilning 11 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Ajdodlar jasorati unutilmaydi" shiori ostida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.

6 ta jamoa ishtirok etgan mazkur bahslarda o'quvchilar 2-jahon urushi, mazkur dahshatli urushning yurtimizga ta'siri, buyuk jadid bobolarmizning hayoti va ijodiga oid mantiqiy savollarga javob topishga harakat qildilar.

https://t.iss.one/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;

faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.

📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ChSB_4

🏫 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchilari 4-ChSB imtihonlarini onlayn tarzda topshirmoqdalar.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ChSB_4

🏫 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o'quvchilari 4-ChSB imtihonlarini onlayn tarzda topshirmoqdalar.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#ChSB_4
#3_kun
🏫 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o'quvchilari 4-ChSB imtihonlarini onlayn tarzda topshirmoqdalar.

https://t.iss.one/Nurota_IM