Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologik kanali
346 subscribers
4.18K photos
227 videos
4 files
782 links
Download Telegram
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Bayroq_32

Joriy yilning 15 noyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxonasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan 8-sinf o'quvchilari o'rtasida "Bayrog'imiz bilimdonlari" shiori ostida viktorina tashkil etildi.
Musobaqa yakuniy jadvaliga ko'ra 8-A sinf o'quvchilari 7 ballni, 8-B sinf o'quvchilari 6 ballni hamda 8-C sinf o'quvchilari 5 ballni qo'lga kiritdilar.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Bozorova Odina tomonidan 11-sinf oʻquvchilariga "Moʻjizaviy kuch" mavzusida oʻquv trening mashgʻulotlari oʻtkszildi. Mazkur mashhgʻulotda oʻquvchilarga
Meditatsiya
Muammolardan eʼtiborni uzish.
Orzularni maqsadga aylantirish.
Qurbaqa hikoyasi
Yillik, kunlik, oylik maqsadlar
Orzular kollajini yaratish
Maqsadga shukrona yozish uslublari
Maqsadi daftari
Oʻzim erishgan maqsadlarim
Kabi texnikalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi, shuningdek interfaol oʻyinlardan foydalandi. Oʻquvchilar maqsad qoʻyishni oʻrgandilar.
Maqsad: Maqsad oʻquvchilarni orzularini maqsadga aylantirishda va maqsadlari yoʻlida motivatsiya berishdan iborat
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Bayroq_32

Joriy yilning 17 noyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faollar zalida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i - g'urur va iftixor timsoli" mavzusida ochiq ma'naviyat soati tashkil etildi.
Ta'lim muassasasining tarix fani o'qituvchisi S.Soliyeva davlatimiz bayrog'ining qabul qilinishi tarixi, "O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i to'g'risida"gi Qonun mazmun-mohiyati to'g'risida ma'lumotlar berib, o'quvchilar tomonidan yo'llangan savollarga atroflicha javoblar qaytardi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Joriy yilning 17 noyabr sanasida Nurota tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi va Nurota tuan ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida, o'quvchilarni qutqaruvchilik kasbiga qiziqtirish, ularni tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i o'rinbosari kapitan S.Sohibov o'quvchilarga qutqaruvchilik kasbi, tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi faoliyati jarayonida ishlatiladigan moslamalar hamda ularni ishlaatishda rioya etilishi lozim bo'lgan texnika xavfsizligi qoidalari to'g'risida tushunchalar berib o'tdi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Bayroq_32

Joriy yilning 18 noyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faollar zalida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Hilpira bayrogʻim" mavzusida ochiq ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni 9 "b" sinf oʻquvchilari va sinf rahbari Nuriddinova Mohiniso tashkil etdi.

https://t.iss.one/Nurota_IM