Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologik kanali
346 subscribers
3.9K photos
182 videos
4 files
731 links
Download Telegram
#psychologist_time
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Nurota tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 5-sinf o'quvchilarini 5-sinfga ,yangi maktabga adaptatsiya jarayonlarini aniqlash uchun "Moslashuvchanlik "testi olindi.
❇️ O'quvchilarga kayfiyat beruvchi trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Maqsad: Maktabga moslashuvi qiyin kechayotgan o'quvchilarni korreksiya qilish. Xarakter hususiyatlarini ijobiy va sal'biy tomonlarini mavjudligini bilib olish.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o'qituvchisi Bozorov Jahongir tomonidan o'tkazilgan "Suyuqlikning zichligini aniqlash" mavzusidagi amaliy mashg'ulotdan lavhalar.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM
Joriy yilning 28 sentyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari, MMIBDO' S.Salimov hamda ta'lim muassasasi psixologi O.Bozorova tomonidan 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan ta'lim tizimida uzoq yillar faoliyat olib borgan, yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda fidoiylik ko'rsatgan ustozlar Rohila Safoyeva hamda Zuhro Faxriddinovalarning holidan xabar olinib, ularga bayram sovg'alari topshirildi.
Faxriy ustozlar tomonidan yurtimiz ta'lim tizimidagi ijobiy o'zgarishlar, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi maktablarning faoliyati to'g'risida iliq fikrlar bildirildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM
Joriy yilning 28 sentyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Nurota tuman axborot kutubxona markazi hamda tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi bilan hamkorlikda 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan G'afur G'ulom hayoti va ijodi hamda adibning "Shum bola" asariga bag'ishlangan Zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.
O'yinda Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-A va 6-B sinf o'quvchilari o'zaro bellashdilar.
15 ta savoldan iborat bellashuv yakunida 6-A sinf o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritdilar.
G'olib va sovrindorlarga tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Challenge
#Nurota_tuman_IM
Joriy yilning 29 sentyabr sanasida erta tongdan Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari ta'lim muassasasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun o'ziga xos bayram chellenji tashkil etishdi.
Maktab darvozasi oldida gullar va tabriklar bilan qarshi olingan pedagog xodimlarimizning bayramona kayfiyatiga yanada kayfiyat qo'shilganligi shubhasiz.
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etadi.
https://t.iss.one/Nurota_IM