Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologik kanali
369 subscribers
5.35K photos
394 videos
4 files
1.11K links
Download Telegram
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi Bobojonov Husan tomonidan 7-"s" sinf o'quvchilari bilan " My Family song " mavzusida ochiq dars soati o'tkazildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Joriy yilning 3-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ta'lim muassasasi psixologi O.Bozorova tomonidan "Yosh psixologlar" shiori ostida trening tashkil etildi.
Trening doirasida o'quvchilar o'zlarini psixolog kasbida sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldilar va o'zlari tayyorlagan psixologik metodlar asosida tengdoshlari bilan psixologik trening mashg'ulotlar o'tkazdilar.
Mazkur treningda ishtirok etgan 8-B sinf o'quvchilari tengdoshlari Abdullayeva E'zoza va Fayzioxunova Mohinur tomonidan tayyorlangan "Kayfiyat ritmini ko'tar" mavzusidagi trening mashg'ulotlarida faol qatnashdilar.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda tuman qo’riqlash bo’limi o’rtasidagi hamkorlik natijasida ta’lim muassasasida o’quvchi-yoshlar orasida kamondan o’q otish sport turini ommalashtirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida master-klass mashg’ulotlari o’tkazib kelinmoqda.
Ana shunday mashg’ulotlardan biri joriy yilning 4 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 5-11-sinf o’quvchilari uchun tashkil etildi. Tuman qo’riqlash bo’limi xodimlari tomonidan kamondan o’q otish sport turi bo’yicha saboqlar berildi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Joriy yilning 4-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ta'lim muassasasi psixologi O.Bozorova tomonidan tashkil etilgan "Yosh psixologlar" shiori ostida o'tkazilayotgan trening mashg'ulotlari davom etmoqda ...
Trening doirasida o'quvchilar o'zlarini psixolog kasbida sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldilar va o'zlari tayyorlagan psixologik metodlar asosida tengdoshlari bilan psixologik trening mashg'ulotlar o'tkazdilar.
Mazkur treningda ishtirok etgan 5-B sinf o'quvchilari tengdoshlari Obloqulova Dilnura va Tursunqulova Sevinch tomonidan quyidagi trening mashg'ulotlar o'tkazildi.
- Zukko bo'ling
- mushtumni och
- chaqqon ranglar
- kimligimni top.
Trening davomida o'quvchilar yuqori kayfiyatda faol ishtirok etishdi.


https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Zakovat

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Zakovat ligasi 5-tur o'yinlari natijalari.
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Zakovat

Zakovat intellektual o'yini Nurota tuman IM ligasi 5-turidan so'ng musobaqa jadvali (jamoalar o'rinlarga qarab joylashtirilmagan).
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Zakovat

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Zakovat ligasi 6-tur o'yinlari natijalari.
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Zakovat

Zakovat intellektual o'yini Nurota tuman IM ligasi 6-turidan so'ng musobaqa jadvali (jamoalar o'rinlarga qarab joylashtirilmagan). 8-A sinf katta farq bilan oldinga o'tib oldi.