Nurafshon shahar hokimligi
1.83K subscribers
32.4K photos
3.16K videos
42 files
9.73K links
Download Telegram
"Nurafshonshahargaz" GTB xodimlari tomonidan "Birlik" MFY barcha ko‘chalarini gaz bilan ta’minlovchi yer osti gaz quvurini ta’mirlab, yer usti arka qilindi. Bunda aholi xonadonlarini bir me’yorda tabiiy gaz bosimi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
NURAFSHON SHAHAR DEPUTATLARI BILAN TANISHING

Gulamov Murod Baxtiyorovich 1973-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent hududiy filiali Iqtisod va moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.Adolat sotsial-demokratik partiyasi

Nurafshon shahar 5-saylov okrugi Obod turmush MFY  saylov uchastkasidan saylangan


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Siz qonunni bilasizmi ?" mavzusida viktorina tadbiri o‘tkazildi.

Nurafshon shahridagi 48-sonli umumta'lim maktabida "Konstitutsiya" haftaligi doirasida maktabning 8-sinf o'quvchilari o'rtsida "Siz qonunni bilasizmi ?" mavzusida savol-javob viktorina tadbiri o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Нурафшон шаҳар МваФРБ да 8 декабрь - Ўзбекистон Республикаси Конституцияси кунига бағишланган тадбирда ёшларга ID карталар топширилди.

Тадбирда вилоят ИИБ бошлиғи ўринбосари Шерзод Тилавов ва шаҳар ИИБ МваФРБ бошлиғи Шерзод Собировлар 16 ёшга тўлган фуқароларга ID карталар ва Конституция китобининг янги нашрини топширдилар.

Ёш
ларни ҳаётларидаги унутилмас кун билан табриклаб, эзгу тилаклар билдирдилар.
Паспорт бериш жараёнида ёшларга ушбу ҳужжат билан боғлиқ кўплаб ҳуқуқлардан фойдаланиш баробарида уни кўз қорачиғидек асраб-авайлаш, мамлакатимизда ўрнатилган паспорт қоидаларига қатъий риоя этиш зарурлиги ҳақида тушунчалар берилди.

Фуқаролик паспорти инсоннинг шахсини тасдиқловчи асосий ҳужжат бўлибгина қолмай, ғурур-ифтихор рамзи ҳамдир. Негаки, муайян давлатнинг фуқаролик паспортига эга бўлган одам ўша давлатнинг ҳимоясида бўлади.

Жумладан, халқаро андозалар даражасидаги биометрик паспорт юртдошларимизнинг нафақат мамлакатимиз, балки унинг ташқарисида ҳам давлатимиз ҳимоясида бўлишини кафолатлайди.

ТелеграмInstagram  | Youtube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TV_Namoyishlar

⚡️ Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan “odam savdosi” jinoyati issiq izidan fosh etildi


©️ “Oʻzbekiston 24” telekanali “Vaziyat 24” koʻrsatuvi.
#taʼziya

Nurafshon shahri hokimligi va Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi Nurafshon shahri jamoatchiligi faoli, jamoasi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), mehnat faxriysi
Saodat Sulaymonovaning
vafoti munosabati bilan marhumaning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Oʻtganlarning oxirati obod boʻlsin!
🇺🇿8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi oʻn ikkinchi chaqiriq bilan respublika Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan. Shu kundan eʼtiboran, Oʻzbekistonda 8-dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatilgan.

Har bir xalqning Konstitutsiyasi uning o‘ziga xos madaniyati, shart-sharoiti va qadriyatlarini aks ettiradi. Qolaversa Konstitutsiya har bir fuqaroning umumjahon huquqlarini belgilovchi va himoya qiluvchi asosiy hujjat sanaladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt