Nurafshon shahri hokimligi
2.27K subscribers
37.4K photos
3.42K videos
47 files
11K links
Download Telegram
#qurilish
#23_MTM
#QumariqMFY

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov investitsiya dasturi doirasida qurilayotgan 23-sonli maktabgacha talim tashkilotining qurilish ishlari bilan tanishdi.

"Qumariq" MFY hududida PQ-404 sonli qaror asosida 2024-yil investitsiya dasturi doirasida yangi 120 o'rinli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shahar hokimi I.Klichxanov qurilish jarayonlari bilan tanishib, qurilish jarayonlarida sifatga e'tibor berib, jarayonlarni jadallashtirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida “3 dekabr – Xalqaro Nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Nurafshon shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

"3-dekabr – Xalqaro Nogironlar kuni" munosabati bilan Nurafshon shahridagi “O‘zbegim” to‘yxonasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga Nurafshon shahar hokimligi, tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida nogironligi bo‘lgan fuqarolarimiz uchun bayram dasturxoni atrofida konsert dasturi namoyish etildi. Taniqli xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мева-сабзавот етиштириш, қайта ишлаш ва экспортини кўпайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное мерам по увеличению производства, переработки и экспорта плодоовощной продукции.

#Mirziyoyev #videoselektor #mevasabzavot #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X