Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.8K photos
3.21K videos
45 files
10.1K links
Download Telegram
#jarayon
#obodonlashtirish

Nurafshon shahrida ehtiyojmand fuqarolarning xonadoni ta’mirlab berilmoqda

❇️Nurafshon shahrida shahar hokimi tashabbusi bilan 71201 harbiy qism hamkorligida mahallalardagi ehtiyojmand oilalar, "Ayollar daftari"da turuvchi oilalar xonadoni, yolg‘iz qariya nuroniylar xonadonlari ta’mirlanmoqda.

Jumladan, "Chig‘iriq" mahalla fuqarolari yig‘inida istiqomat qiluvchi Sh.Shabunova xonadonida hashar tashkil qilindi. Xonadon atroflari tozalanib, pardozlash ishlari olib borildi. Xonadon atrofi g‘isht bilan o‘ralib, tomorqa yerlari chopildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahar
#vatanparvarlik_tadbiri

🔰Joriy yilning 17-sentyabr kuni Milliy gvardiya Toshkent viloyati boshqarmasiga biriktirilgan maktablarning harbiy vatanparvarlik sinflariga qabul qilingan o’quvchilar, ularning ota-onalari ishtirokida, Nurafshon shahrida barpo etilgan “Prezident maktabi” da o’tkazilgan o’quvchilarning “Tantanali va’da berish” marosimi bo’lib o’tdi.

♻️Tadbirda Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo’yicha boshqarmasi, Nurafshon shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo’linmasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi ishtirok etdi.

♻️ Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlandi. O’quvchi yoshlar o’zgacha kayfiyat bilan tadbirda o’z ota-onalari bilan vatanparvalik ruhidagi kuy-qo’shiqlar, ko’rgazmali chiqishlar guvohiga aylanishdi. Tadbir davomida har bir yoshlar, ona yurti uchun tantanali va’da berish marosimini to’liq bajarishdi.

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt