Nurafshon shahar hokimligi
1.86K subscribers
33.6K photos
3.2K videos
45 files
10.1K links
Download Telegram
«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga tikuv mashinalari, overloklar topshirildi

Jamiyatimizda xotin-qizlar manfaatlari himoya qilinishi uchun “Ayollar daftari” yuritilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalda joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimi boshqa hech bir mamlakatda uchramaydigan noyob mexanizm bo‘lib, bu orqali yurtimiz xotin-qizlarini qiynab kelayotgan muammolar hal etilishiga erishilmoqda.

Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va Bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 252-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Ayollar daftari" birinchi bosqich toifasiga kiruvchi 17 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari va overloklar topshirildi.
#Bilasizmi

🔰 Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. SHunga ko'ra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush o'rtog'ining roziligi talab etiladi.

📁 Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:

🔹nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;

🔹meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo'yicha olingan;

🔹nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo'lsa;

🔹er-xotin o'rtasidagi mulkni bo'lish to'g'risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo'lsa.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Anons

Viloyatning xalq deputatlari, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari, tadbirkorlar,
agroklasterlar rahbarlari va fermerlarning viloyat aholisiga
MUROJAATI


👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Live
#yoshlar_oyligi

Ayni vaqtda Nurafshon shahridagi "Nurafshon arena" o’yingohida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning engil atletika turlari bo’yicha musobaqaning viloyat bosqichi bo’lib otmoqda.

Musobaqalar jamoaviy tarzda (16-21; 22-26; 27-30 yosh toifasida) o’tkazilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyati hokimi iyun oyida pul ajratish bilan bogʻliq qator farmoyishlarni imzoladi:

viloyat hududidagi profilaktik inspektorlar xizmat uylarini taʼmirlash uchun 3 mlrd, 199 mln. soʻm;

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosini qurish uchun 2 mlrd.soʻm;

Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimining faoliyatini samarali tashkil etish, saqlash va moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 213 mln soʻm;

viloyat markazlariga oʻrnatilgan kuzatuv kameralari orqali taqdim etilgan internet xizmatlari uchun 157,8 mln. soʻm;

Piskent tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlarini 15 turdagi tibbiy jihozlar bilan taʼminlash xarajatlari uchun 1 mlrd. 372,5 mln. soʻm;

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Yoshlar_oyligi

"Yurakdan-yurakga" shiori ostida madaniy-musiqiy xayriya tadbiri bo'lib o'tdi.

Nurafshon shahar hokimligi, shahar Yoshlar ishlari bo'limi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, shahar Madaniyat bo'limi bilan hamkorlikda "Yoshlar oyligi" doirasida shahardagi ijtimoiy faol hamda uyishmagan yoshlar ishtirokida "Yurakdan-yurakga" shiori ostida xayriya tadbiri bo'lib o'tdi.

Bayram tadbirida “Turon” maktab teatri tanlovining respublika bosqichida “Eng kreativ jamoa” nominatsiyasi bilan taqdirlangan Nurafshon shahar "Nihol" jamoasi o'z sahna ko'rinishlari bilan ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Shundan so'ng shahar Madaniyat bo'limi qoshidagi raqs ananbili tomonidan turli raqs, jonli ijroda qo'shiq va sahna ko'rinishlar namoyish etildi.

Tadbir so'ngida faol “Turon” maktab teatri tanlovining respublika bosqichi ishtirokchilari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|You tube