Nurafshon shahri hokimligi
5.4K subscribers
39K photos
3.54K videos
51 files
11.4K links
Download Telegram
#Yashil_makon2024
#Hashar

Nurafshon shahar Degantepa mahalla fuqarolari yig'inida hashar tashkil qilindi.

🌱Shahar hokimining birinchi o'rinbosari Q.Alkarov boshchiligida hashar tashkil qilinib, "Yashil makon" umummillliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko'chatlarini sug'orish uchun tomchilatib sug'orish texnikasi joriy qilindi.

🌿Degantepa mahallasiga kiruvchi markaziy ko'cha bo'ylab uzumzor barpo qilish maqsadida, uzumso'rilarga boshlang'ich tayyorgalik ko'rish ishlari olib borildi.
Hududlar obodonlashtirilib, begona o'tlardan tozalandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Obod_Nurafshon
#Nazorat

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov shahardagi Davlat dasturi asosida rekonstruksiya qilingan 11-sonli Davlat Maktabgacha Ta'lim tashkilotida bo'ldi.

📌Shahar hokimi I.Klichxanov maktabgacha taʼlim tashkilotini atrofini qisqa muddatda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish hamda aholiga qulaylik yaratish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#ob_havo

☀️🌥🌧Bugun Toshkent viloyatida qanday ob-havo kuzatiladi?

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 22-aprel kuni Toshkent viloyatida havo bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Harorat kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.  

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bilasizmi

🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:


🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so'mdan) 800 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 621 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 621 000 so'm.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Hokim_qarori

Nurafshon shahrida "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari", "Temir daftar" larda turuvchi Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo'lga qo'yish va rivojlantirish uchun imtiyozli kredit mablag'lari ajratiladi.

Bu haqda Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov
tegishli qarorni imzoladi.

Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasbga o'qitish va bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish uchun "Tiklanish va taraqqiyot" jamg'armasi hisobidan ikki yillik imtiyozli davr bilan besh yil muddatga yillik 14 foiz stavkasida "Xalq banki" hamda "Biznesni rivojlantirish banki" ga kredit resurslari ajratilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati


🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Diqqat
#Bildirish

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga shuni ma’lum qiladi

Nurafshon shahar Navro‘z mahalla fuqarolari yig'ini Shifokorlar ko‘chasidagi D-159 mm bo‘lgan o'rta bosim yer usti gaz quvurini ko‘chirish ishlari olib borilishi munosabati bilan:
📌 Navro'z MFY ning Shifokorlar, Sug'diyona, Toshkent yo'li ko'chalari;
📌Qumariq MFY ning Chorvador(Zarafshon), Shabnam ko'chalari;
📌Dehqonobod MFYning Dehqonobod, Paxtakor, Baxt ko'chalari;
📌Degantepa MFY ning Zarhayot
ko'chalari aholi va  ulgurji  iste’molchilarida 2024-yil  23-aprel   kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Aholi istemolchilari soni 1022 ta
Ulgurji istemolchilari soni 14 ta

Murojaat uchun telelefon:
☎️ (99)004-81-04.

"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti bo‘limi yuzaga  kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Tibbiy ko'rik

🏥Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika hodimlari tomonidan "Oppoq" MFY aholisi uchun tibbiy ko'rik tashkil etildi.

🩺Tibbiy ko'rikga tor soha mutaxassislari terapevt,kardiolog,endokrinolog,ginekolog,UZI labarator instrumental tekshiruvlar jalb etilib,aholi tibbiy ko'rik hamda skrinning tekshiruvlaridan o'tkazildi.

🔹Shuningdek aholiga sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollik haqida tushuntirish targ'ibot ishlari olib borildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt